Farhod va Shirin



Download 332,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.06.2021
Hajmi332,64 Kb.
#73055
1   2   3
Bog'liq
11-mavzu. “Farhod va Shirin”ni sharhlab o‘qitish (1)

Dars  vositalari:  Zaruriy  adabiyotlar,  internet  ma’lumotlari,  ko‘rgazmali 

vositalar. 

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: keys usuli, muammoli ta’lim, diologik 

yondoshuv va boshqalar. 

Adabiyotlar: A 1; A2; A3; A5; A7; A8; A7; A9;Q11; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5 Q6; 

Q7; Q8 

12-mavzu. “Layli va Majnun”ni sharhlab o‘qitish 

 

 



Reja: 

1.  Hamd  va  na’tdagi  bayon  vositalarining  doston  mundarijasi  bilan 




uyg‘unligi.  

2.  Dostondagi tun ta’rifi bobining g‘oyaviy talqini.  

3.  Layli va Majnun –ishq mazhari. Majnun “munojotnomasi” sharhi.  

4.  Dostondagi “Ishq ta’rifi” bobining sharhi.  



 

Alisher  Navoiy  "Xamsa"sidagi  uchinchi  doston  "Layli  va  Majnun"dir.  Bu 

doston 1484 yilda hazaji musaddas (maf`ulu mafoilun faulun) bahrida yozilgan. 

  Alisher  Navoiygacha  bo’lgan  davrda  hamda  uning  zamonasida  "Layli  va 

Majnun" mavzusiga murojaat qilib, dostonlar yozgan shoirlar ko’p edi. 

  Aslida  bu  mavzu  arab  xalqi  orasida  maydonga  kelib,  keyinchalik  islom 

sivilizatsiyasi tarqalgan o’lkalarda eng mashhur qissalardan biri bo’lib qoldi. 

  Olimlarning tekshirishlari shundan dalolat beradiki, avvalida arablarning bani 

Omir qabilasiga mansub qays va uning sevgisi haqidagi qissa maydonga kelib, bu 

qissa  ibn  qutayba,  al-Johiz,  Abulfaraj  kabi  olimlarning  "Kitobush-she`r  va  sh-

shuaro",  "Kitob  ul-og’oni"  nomli  asarlarida  hamda  umaviylar  davridagi  shoirlar 

she`rlarida tilga olingan. Keyinchalik esa u islom madaniyati tarqalgan g’ayri arab 

o’lkalarda  to’laqonli  badiiy  asarlarning  yaratilishiga  sabab  bo’lgan.  Ana  shunday 

shoirlardan mashhuri Nizomiy Ganjaviydir. Undan keyin Xusrav Dehlaviy, Ashraf, 

Abdurahmon  Jomiy,  Shayxim  Suhayliylar  ham  bu  mavzuda  go’zal  asarlar 

yozganlar. Alisher Navoiy o’zining "Layli va Majnun"ini yozayotganda eslatilgan 

va boshqa asarlardan xabardor edi.  

Alisher  Navoiy  o’zigacha  yozilgan  "Xamsa"larning  fors  tilida  ekanligini 

uqtirib,  o’z  "Xamsa"sini  o’zbek  tiliga  yozishga  kirishgani.  Demakki,  "Xamsa" 

tarkibiga kiruvchi "Layli va Majnun" haqidagi qissani ham o’zbek tilida yozgani. 

   

Men turkcha boshlabon rivoyat, 



   

Qildim bu fasonani hikoyat. 

   

Kim shuhrati chun jahonga to’lg’ay, 



   

Turk elig’a dog’i bahra bo’lg’ay. 

 

(MAT, 9-tom, 311-bet.) 



  Alisher Navoiy "Layli va Majnun" dostonida shu mavzuda o’zigacha yozilgan 

asarlarga, bir tomondan, o’xshaydigan (mavzu, voqea, timsollar), ikkinchi tomondan 




va eng muhimi, o’xshamaydigan (voqea, timollar talqinida) asar yaratish borasida 

ko’p  o’ylagani  va,  nihoyat,  bu  masalaning  yechimini  topgani  haqida  shunday 

yozadi: 

   


Kim, Ganjada ganjlar yoshurg’on, 

   


Har ganjigakim yasadi qo’rg’on. 

   


Yo hindnajodi hinduvizod- 

   


Kim, qasrlarini qildi obod. 

   


Har qal`a uchun kerakdurur shahr

   


Ham qasrg’a bog’u sabzadin bahr. 

   


Bo’lsa manga fursat ul qadar chog’ 

   


Kim , shahr ila tarh solibon bog’. 

   


Bog’ini riyozi xurram etsam, 

   


Shahrini savodi a`zam etsam.   

(MAT, 9-tom, 34-bet) 

  Bunday  mulohazaning  bayon  etilishiga  sabab  shuki,  bu  doston  haqida  juda 

ko’p olimlar fikr yuritdilar, uni har bir davr talabi asosida tahlil qilishga urindilar. 

Ammo  ular  Alisher  Navoiy  e`tiroflaridan  kelib  chiqib  bu  asarga  yondashmasdan, 

balki o’z tushuncha va maqsadlari asosida ish tutdilar. 

  Respublikamiz mustaqillikka erishgach, umuman merosga, jumladan Alisher 

Navoiyning "Layli va Majnun"iga ham istiqlol g’oyasi talablari asosida yondashish, 

uni  tahlil  qilishga  urinishlar  ko’zga  tashlanmoqda.  Masalan,  adabiyotshunos 

Najmiddin Komilovning "Tasavvuf" deb nomlangan birinchi kitobining (Toshkent, 

"yozuvchi",  1996)  "Ishq  otashining  samandari"  bobi  Alisher  Navoiy  "Layli  va 

Majnun"iga  bag’ishlangan.  Unda  dostondagi  ishqni  "ishqi  haqiqiy"  tarzida 

tushinishgа  moyillik  ko’proqdir.  T.G’afurjonova  esa  "Layli  va  Majnun"  nashri 

so’ngidagi  izohlarda  (MAT,  9-tom,  318-bet)  dostonda  "tasavvufga  doir  talqinlar 

bo’lsa-da,…  majoziy  ishq  qismati,  ijtimoiy  adolatsizlik  tasviri…  hayotiy 

tasvirlangan"  tarzida  mulohaza  yuritadi.  Aslini  olganda  ikki  muallif  ham  haq. 

Chunki  Alisher  Navoiy  dostonning  eslatganimiz  "Ishq  ta`rifi"  bobida  haqiqiy  va 

majoziy  ishqlar  haqida  ham  so’z  yuritib,  Majnun  majoziy  ishqga  erishgan  va 

haqiqiysidan ham bahramand bo’lgan timsol ekanligini qayd etadi 



  Demak,  Majnun  obrazi  talqinida  Alisher  Navoiy  e`tirofidan  kelib  chiqib 

shug’ullansa, masala ancha oydinlashadi. 




Download 332,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish