Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy
128
library.ziyonet.uz/
1. Oyinai Iskandariy – Iskandar oynasi. Afsonaga koʻra, Iskandar
tomonidan temirga sayqal
berib yaratilgan oyina. Goʻyo unda Jamshidning jomidagidek, shu asnoda boʻlayotgan narsalarni
koʻrsa boʻlar ekan. Iskandar (356–323) eramizdan avval yashagan makedoniyalik Filippning
oʻgʻli. Juda yoshligidanoq
harbiy salohiyat paydo qilib, Eron, Arabiston, Hindiston va boshqa
mamlakatlarni ishgʻol qilgan. Badiiy adabiyotda Iskandarga bagʻishlangan asarlar juda koʻp.
Jumladan, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy va Navoiylarning maxsus
dostonlari shular
jumlasidandir. Ularda Iskandar qudratli hukmdor, ideal shoh timsoliga aylangan.
2. Badiiy adabiyotda «Iskandar oynasi» tushunchasi koʻp ishlatiladi. Bu bob sarlavhasida shoir
Xoqonning Farhodni oʻz xazinasiga olib kirgani, uning esa oltinu javohirlarga nazar solmay
Iskandar oynasi bilan qiziqqani va oynada ajoyib narsalar koʻringani haqida yozadi. Bu
baytda
Navoiy inson tafakkuriga yuksak baho beradi. Farhod tilidan aytilgan misralarda inson nimaniki
bunyod etishga qodir boʻlsa, unga fikrlash zamirida erishadi, degan falsafiy tushuncha
ifodalanadi.
3. Aflotun – Platon – asl nomi Aristotel' (mil. av. 428/ /427. Afina – 348/347) – qadimgi yunon
faylasufi, antik falsafadagi ob’ektiv-idealistik oqimning asoschisi. 407 yillarda Sokrat (Suqrot)
bilan
tanishib, uning eng yaqin shogirdi boʻlib qolgan. Afinada mashhur faylasuflar maktabi –
«Platon akademiyasi»ni yaratgan. Xamsanavis shoirlar Ivkandar atrofidagi olim, mutafakkirlar
orasida Aflotunga ayricha oʻrin ajratgan-lar, uni donishmandlar rahbari sifatida ta’riflaganlar. Bu
yerda Navoiy Iskandar oyinasini har biri Aflotunga teng keladigan 400
nafar dono olimlar
yaratgan, deydi.
4. Bayt mazmuni: Xoqonning hikmati boʻlgan bu koʻzguda ajib bir tilsim yashiringandir.
5. Bu va keyingi baytlarda koʻzguda yashiringan tilsimni ochish uchun uch manzilni oʻtish
lozim: birinchisida ajdaho, ikkinchisida Ahraman, uchinchisida yanada mushkulroq sir bor.
Ularni yengib oʻtilsa, toʻrtinchi manzil keladi, unda togʻ va ichida gʻor bor. Gʻorda Suqrot
yashaydi. Agar u tirik boʻlsa, barcha mushkullarni ochib beradi, agar olamdan oʻtgan boʻlsa
uning ruhiga sigʻinilsa, maqsad hosil boʻladi, degan mazmun bayon etiladi.
6. Buqrot – Gippokrat (mil. av. 460–375)–mashhur yunon hakimi,
ilmiy tibbiyotning
asoschilaridan biri. Uning «Kitob al-fusun» («Aforizmlar») nomli kitobi juda mashhur.
«Gippokrat qasamyodi» – shifokor burchi va xulq-atvorining qisqacha ta’rifi shu olim qalamiga
mansub deb hisoblanadi. Bu yerda Navoiy Suqrot hakimni bilimdon, donishmandlikda
zamonasining Buqroti desa boʻladi, – deya ta’riflamoqda.
XX
Bu bob sorlavhasida Farhodning Yunon mamlakatiga borishga azm etgani,
Xoqon Mulkoro bilan
kengashib, Farhodni olib Yunonga qoʻshin tortmoqqa qaror qilgani bayon etiladi.
1. Baytning mazmuni: Bugun shoh (ya’ni Xoqon) zamonning eng aqlli kishisidir, uning porloq
koʻngli davlat mash’alidir.
2. Dastur – bu oʻrinda «vazir», ma’nosida ishlatilgan.
3. Baytning mazmuni: qoʻshin toʻplakadigan vaqtni va joyni tayin qilib,
tavochi har garafga bu
haqda jar soldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: