Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy
129
library.ziyonet.uz/
Bu sarlavhada Farhodning maqsadlariga yoʻl topish uchun Xoqonning Yunonga qoʻshin surgani
va u yerda mamlakat donishmandlari bilan birgalikda Suhaylo hakim gʻoriga va barchalari
Suqrot gʻoriga yetishganlarini ma’lum qiladi.
1. Suhaylo – bu ism Suhayl nomli yorugʻ yulduz nomidan olingan (ast. Konopus). Oʻrta asr
munajjimlari bu yulduz yaxshi ta’sir koʻrsatadi, deb biladilar.
Bu yerda Yunondagi mashhur
donishmand hakimning nomi. U ham Suqrot kabi gʻorda yashaydi.
2. Jomosp – qadimgi Eronning afsonaviy donishmandi va munajjimi. Uni Luqmonning shogirdi
deb biladilar. Kelajak voqealaridan xabar qiluvchi «Jomospnoma» nomli kitobni shu
donishmandga nnsbat- beradilar. Navoiy Suqrot gʻoriga ketayotganlarga Suhaylo «Jomosp»dan
Farhodga yulduzi baland degan xushxabar yetkazganini bayon qiladi.
3. Baytning mazmuni: maqsadim
mamlakatlarni fath etish emas, balki tahlikali joylarni yengish
edi.
4. Baytning mazmuni: abadiy saodat hamrohlik qilib Atorid yoniga oy bilan quyosh keldilar. Bu
yerda Navoiy istiora san’atini ishlatadi. U Suhaylo hakimni Atorid, Farhodni oy,
Xoqonni esa
quyosh deb atamoqda.
5. Bu va keyingi baytlarda Suhaylo tilidan – Jomospning oʻlimidan keyin hakimlar uning
aytganlarini yozib qoldirishlaridan menga ayonki, ming yildan soʻng Chindan
Yunonga bir
Farhod degan yigit keladi. U ancha qiyinchiliklardan soʻng Iskandar tilsimini ochadi. Ammo
ungacha Farhod ajdarni oʻldirishi kerak, shunda bebaho xazina chiqadi. Soʻngra devni (ya’ni
Ahramanni) qatl etishi kerak, buni bajarganda Sulaymon paygʻambarning uzugini qoʻlga
kpritadi. Tilsimni ochganida Jamshid jomiga ega boʻladi. Bularnn Farhod Xoqonga bagʻishlasin,
unga esa Suqrotni koʻrishi va Iskandar oynasi kifoyadir, – deydi.
6. Sulaymon hotami – Sulaymon – Tavrot boʻyicha Solomon podshoh, islomda Sulaymon
paygʻambar.
Diniy rivoyatlarga qaraganda, unga xudoning muqaddas, yashirin va sirli ismi
ma’lum boʻlgan va bu soʻz (ismi a’zam) uning hotamiga – uzugiga naqshlangan – oʻyib yozilgan
ekan. Bu uzuk vositasida Sulaymon
faqat odamlarga emas, balki hayvonlar, hasharotlar, insu
jinslarga ham oʻz hukmini oʻtkaza olar ekan. Sharq adabiyotida uning Sabo (Navoiyda Saibo)
diyori malikasi Bilqis bilan oshiq-ma’shuqligi hamda sehrli uzugi qalamga olinadi.
Navoiy
oʻzining «Tarixi anbiyo va hukamo‖ asarida Sulaymon haqidagi rivoyatlarga keng oʻrin ajratadi
(q. Alisher Navoiy. Asarlar. 15-tom, 224–231-betlar).
7. Samandar – mayda bir jonivor. Afsonalarga koʻra, u olovda tugʻilib, olov ichida yashar emish.
Bu yerda Suhaylo hakim Farhodga ajdar bilan olishuv paytida oʻt-olovdan saqlanish uchun bir
idishda samandar yogʻini beradi. Undan badan va qoʻllarga surkalsa, oʻt ta’sir qilmasligi bayon
etilgan.
8. Bu va keyingn 5 baytning mazmuni: tilsimni qanday ochish haqidagi barcha aziz chin soʻzlar
bir kumush taxta ustiga yozilgan boʻlib, u dev boʻyniga osigʻlik turadi.
Undagi tilsimdan
Jamshid jomini topasan. Jom atrofidagi Iskandari Rumiy naqshlab ketgan yozuvlarni oʻqisang
Suqrot hakim haqidagi ma’lumotlarni bilib olasan.
9. Baytning mazmuni: Unga (ya’ni Farhodga) bu xil ishlarni tushuntirgach, Suhaylo jonini
Tangriga topshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: