Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy
130
library.ziyonet.uz/
Bu bob sarlavhasidan Farhodning ajdaho
vodiysiga borgani, uni tor-mor qilib, ajdaho gʻoridan
Afridun xazinasini topgani va barcha boylikni otasi va qoʻshiniga sovgʻa qilgann ma’lum
boʻladi.
1. Bu va keyingi bayt mazmuni: Qaraganda uning (ya’ni ajdahoning) ikki koʻzi xuddi neftning
oʻtli bulogʻidek edi. Burun
teshiklari vahshat tandiriga, balki neft' moʻrisiga oʻxshardi. Shoir bu
yerda mubolagʻa san’atini qoʻllab, ajdahoning dahshatli qiyofasini tasvirlamoqda.
2. Bu va keyingi bayt mazmuni: Farhod chaqqonlik bilan osmon kamalagidek yoyiga nayzadek
oʻtkir oʻqni joyladi va ajdar ogʻziga shunday otdiki, hatto gurdi anjum – yulduzlar pahlavoni
Mirrix hayratlanib uning qoʻlini oʻpdi.
3. Bu va keyikgi ikki bayg mazmuni: bu gʻor
osmon kabi yumaloq, agar uning markaz nuqtasini
aniq topa olsang, u yerda qora tosh koʻmilgan, toshning vazni ming botmondan ogʻirdir.
Qiliching uchi
bilan atrofini ochib, qoʻllaring bilan uni oʻrnidan qoʻzgʻat.
4. Zulfiqor – hazrat Alining ikki damli, gʻoyat keskir afsonaviy qilichi. Shoir bu yerda
Farhodning ajdaho gʻori ichida topgan xazinasidagi bir qilichni Zulfiqorga oʻxshatmoqda.
5. Bayt mazmuni: uning (ya’ni qilichning) yonida qubbasi falak quyoshidek porloq boʻlgan bir
qalqon bor edi.
Keyingn baytlarda shoir qalqon qubbasida Sulaymon oʻz uzugidagi kabi ismi a’zam oʻydirgani,
qilichda ham bir ism yozilgan boʻlib, qilichning oʻtkirligi oʻshandan ekanligi
va qilich
gunohsizlarga zarba yetkazmasligi, yomonlarni, yovuzlarni esa ayovsiz ikkiga boʻlib tashlashi
haqida fikr yuritadi.
XXIII
Bu bob sarlavhasi Farhodning Ahraman nomli dev yashaydigan oʻrmonga ot surgani va uni
oʻldirib, Sulaymon uzugini qoʻlga kiritganidan darak beradi.
1. Rustam – Firdavsiy «Shohnoma‖sidagi bosh qahramonlardan. U Zolning oʻgʻlidir.
Rustamning dunyoga kelishi va unga ism qoʻyilishi haqida Firdavsiy shunday hikoya qiladi:
Zolning xotini Rudoba ogʻir homila koʻtaradi. Oy-kuni yaqinlashganida
dard boshlanishi bilan
hushidan ketadi. Sarosimaga tushgan Zol afsonaviy qush Simurgʻ vositasida jarroh topib keladi.
Jarroh onaning yonini kesib, bolani oladi. Hushiga kelgan Rudoba farzandini koʻrib xursand
boʻladi va oh tortib (ya’ni azobu dardlardan xalos boʻldim ma’nosida) «Rustam‖ – deydi.
Onaning ogʻzidan birinchi chiqqan ana shu soʻzni bolaga ism qilib qoʻyadilar. Oʻzining
bahodirligi, adolatparvarligi va toʻgʻriligi bilan Sharq adabiyotida an’anaviy obrazga hamda
mardlik ramziga aylanib ketgan. Bu yerda Navoiy Farhodning Ahramanni oʻldirganini
Rustamning Mozandaronda Arjang devni tor-mor qilganiga oʻxshatmoqda (Bu haqda qarang:
Firdavsiy. Shohnoma. 1 kitob.
Oltinchi sarguzasht, Sh. Shomuhamedov tarjimasi, 353– 357-b.).
2. Mozandaron – Erondagi tarixiy viloyat. IX–XII asrlar manbalarida Tabariston nomi bilan
yuritilgan.
3. Baytning mazmuni: Rustamdek qasr tomon yurdi. Eshikda raxshini mahkam bogʻladi.
Baytdagi raxsh soʻzi Rustamning afsonaviy otining nomiga ishora boʻlib,
bu yerda shoir istiora
san’atidan istifoda etadi.
4. Bu baytda Navoiy Ahramanni oʻldirgach, uning qasriga kirib borishi, qasr ichida toza, hali