mavzu: Xalq tabobati va rasmiy tibbiyotning tarixi
Reja:
Dorivor o‘simliklardan foydalanish tarixi.
Xalq tabobati va rasmiy tibbiyotning rivojlanishida xissa qo'shgan O'zbekiston olimlari
Tayanch iboralar: sharq tabobati, shifobaxsh,xalq tabobati,kasalliklar, Eradan avval, tibet, hakimlar, Avesto, Tib qonunlari
Markaziy Osiyoda asrlar davomida o‘ziga xos sharq xalq tabobati shakllangan, u ming yillar davomida shifobaxsh o‘simliklardan foydalanish tajribasiga asoslangan. Xalq tabobatining asosiy quroli – shifobaxsh o‘simliklar va ularning xom-ashyosi asosida tayyorlangan dorivor vositalar xisoblangan.
Ma'lumki, odam va hayvonlarda uchraydigan kasalliklarni davolash hamda shu kasalliklarning oldini olish maqsadida ishlatiladigan o‘simliklar dorivor o‘simliklar hisoblanadi. Eramizdan avvalgi davrlardayoq insonlarda shifobaxsh o‘simliklar va ular yordamida ko‘pgina kasalliklarni davolash usullari xaqida ma'lumotlar bo‘lgan va ular amaliyotda qo‘llanilgan. Eramizdan avvalgi 3500 yil avvalgi SHumer davlatida sopol taxtachalarga yozilgan va 1956 yilda olimlar o‘qishga muvaffaq bo‘lgan qadimgi yozuvlarda ham dorivor o‘simliklardan dorivor malhamlar tayyorlash usullari xaqida ma'lumotlar bo‘lgan.
Misr papiruslari (eramizdan avvaligi 3000 yil oldin), qadimgi xitoy tibbiyoti namunasi ―O‘tlar va ildizlar xaqida qonun (eramizdan avval 2800 yil oldin yozilgan va qo‘llanilgan) kabi qadimgi bizgacha etib kelgan manbalarda dorivor o‘simliklardan foydalanish va ular asosida shifobaxsh malhamlar tayyorlash usullari keltirilgan. Qadimgi grek xakimi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-377 yillar) davrida 200 ga yaqin shifobaxsh o‘simliklardan foydalanilgan, bu xaqida yozma ma'lumotlar bizgacha etib kelgan.
Qadimgi rim xakimi Galen (eramizning 130-200 yillari) xam dorivor o‘simliklar xaqida qo‘llanma yozgan. Buyuk matematik Pifagor ham dorivor o‘simliklar bilan qiziqqan. Aristotelning shogirdi Teofrast
―Botanikaning otasi hisoblanadi, uning ―O‘simliklar xaqida tadqiqotlar ilmiy asari hozirgi paytda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bir necha asrlardan so‘ng yozilgan ―evropa farmakognoziyasining otasi nomini olgan Dioskoridning ilmiy asarlarida 400 ga yaqin shifobaxsh o‘simliklar xaqida ma'lumotlar uchraydi. Uning ―Materia medica asarida qadimgi misr, shumer va vavilon tibbiyoti tajribalari umumlashtirilgan.
Xitoy, xind va tibet tibbiyoti ham o‘ziga xos qadimgi an'analarga tayanadi. Xitoydagi dorivor o‘simliklarga bag‘ishlangan ilk kitob (Ben Sao) eramizdan avvalgi 2600 yilda chop etilgan va unda 900 ga yaqin dorivor o‘simliklar xaqida ma'lumotlar keltirilgan. Bu kabi kitoblar Xitoy tarixida ko‘plab to‘ldirilgan va boyitilgan xolda ko‘p marotaba chop etilgan va tibbiyot amaliyotida keng qo‘llanilgan. Masalan 16 asrda Li SHi-chjen tomonidan chop etilgan kitobda 1892 ta dorivor o‘simliklar xaqida ma'lumotlar mavjud bo‘lgan.
Qadimda tabiblar uch turdagi davolash usulidan foydalanganlar: tig‘ orqali, shifobaxsh o‘tlar va so‘z bilan davolash usullari.
Zardushtiylarning ―Avesto kitobida 1000 ga yaqin shifobaxsh o‘simliklar va ularni inson organizmiga ta'siri xaqida ma'lumotlar mavjud. SHifobaxsh o‘simliklarni o‘rganish sohasiga Markaziy Osiyoning dunyo tan olgan olimlari – Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad al-Beruniy (973-1048y.) va Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) (980-1037y) katta hissa qo‘shdilar. Bu olimlar xozirgi farmakognoziya va farmakologiya fanlariga asos soldilar. Abu Rayxon Beruniyning ―Saydona nomli farmakognoziyaga bag‘ishlangan ilmiy asarida (1041-1048y.) 750 turdagi shifobaxsh o‘simliklar xaqida ma'lumotlar keltiriladi.
Abu Ali ibn Sinoning dunyoga tanilishiga uning tibbiyotga bag‘ishlangan mashhur ―Tib qonunlari ilmiy asari sababchi bo‘lgan. Ushbu hozirda ham o‘z axamiyatini yo‘qotmagan ilmiy asar o‘rta asrlardayoq ko‘pgina xorijiy evropa tillariga tarjima qilingan va Evropa xalqlari tomonidan keng foydalanilgan. Abu Ali ibn Sino asarlarida 900 ga yaqin shifobaxsh o‘simliklar, ularni tarqalishi va ular asosida dorivor malhamlar tayyorlash uslublari keltiriladi. Buyuk olim malhamlarni inson organizmiga ko‘rsatadigan ta'sirini oshirish uchun bir necha o‘simliklardan iborat murakkab dorivor vositalar qo‘llashni taklif etadi.
Olimning inson sivilizatsiyasi uchun qilgan xizmatlari buyuk sistematik olim Karl Linney (1707-1778 y) tomonidan e'tiborga olingan, tropik mintaqalarda tarqalgan o‘simlikning nomi uning nomi bilan ―Avitsenna deb atalgan.
Ispaniyada yashagan arab xakimi Ibn Boytar 1400 ga yaqin shifobaxsh o‘simliklar va ular bilan davolash usullari xaqida ma'lumotlar qoldirgan. 18 asrda yashagan Muhammad Xusayniy ―Buyuk farmakognoziya va ―Dorilar xazinasi asarlarini yozdi, ularda xam 2000 ga yaqin shifobaxsh o‘simliklar va ulardan foydalanish usullari keltirilgan. O‘rta asrlarda xalq tabobati rivojlandi, uning vakillari tabiblar deb atalgan. Tabiblar o‘z zamonasining o‘qimishli va tibbiyot amaliyoti tajribalariga ega insonlar bo‘lishgan.
O‘qimishli tabiblarni mahalliy xalq xakimlar deb atagan. Bu davrda Abbos al-Zahraviy, Abu Bakr ar-Roziy, Najibutdin Samarqandiy, Avaz tabib, Iloqiy, Kolonisiy, Qumriy, Xurosoniy, Xorazmiy, Maxmud Xakim YAypaniy, kabi xalqqa tanilgan xakimlar muvaffaqqiyatli tibbiyot amaliyoti bilan shug‘ullandilar va xalq tabobatini rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Tabiblar tomonidan qo‘llanilgan o‘simliklar asosida tayyorlangan dorivor vositalar va usullar yaxshi natijalar berganligi sababli ular keyinchalik tibbiyot botanikasi, farmakognoziya, farmakologiya kabi sohalarni rivojlanishiga ta'sir etdi.
Sobiq Ittifoqda dorishunoslik-farmakognoziya fanini ravnaq topishida A.F. Gammermanning (1888-1978y.) katta hissasi bor. Uning Farmakognoziya kursi kitobi dorishunoslar uchun qimmatli qo‘llanma xisoblangan va qayta-qayta nashr etilgan. P.S. Massagetov (1884-1972y.) ham butun umrini dorivor o‘simliklarni o‘rganishga bag‘ishlagan. A.I. Orexov (1881-1932y.) o‘simliklar tarkibidagi alkaloidlarni o‘rganish borasida katta xizmatlar qilgan.
Uning shogirdlari bo‘lmish akademiklar O.S. Sodiqov va S.YU. YUnusovlar xam Respublikamizda dorivor o‘simliklarni biokimyoviy o‘rganish maktabini yuzaga keltirdilar.
2. Respublikamizdagi dorivor o‘simliklarni o‘rganish 20 asrlarda keng miqyosda o‘tkazildi. Akademik S.YU. YUnusov va uning shogirdlari tomonidan Respublikamiz florasidagi alkaloidli o‘simliklarning biokimyoviy tarkibi o‘rganildi. Ushbu olimning say xarakatlari bilan 1956 yilda O‘simlik moddalari kimyosi instituti tashkil qilindi va uning olimlari Respublikamiz florasidagi o‘simliklarni biokimyoviy tarkibini o‘rganishga katta hissa qo‘shdilar.
O‘zbekiston florasidagi dorivor o‘simliklarni o‘rganishga farmatsevt olimlar, professorlar S.S. Sahobiddinov va X.X. Xolmatov va ularning shogirdlari xam katta hissa qo‘shdilar.
Hozirgi paytda kasalliklarni davolash uchun odatda dorivor o‘simliklardan dorixona, farmatsevtika zavodlari va fabrikalari, Galen laboratoriyalarida yoki uy sharoitlarida bir qator dori preparatlari tayyorlanadi yoki ulardan dori tayyorlash uchun sof holida kimyoviy birikmalar – o‘simliklarning biologik aktiv moddalari ajratib olinadi.
O‘simliklardan sof holda ajratib oligan kimyoviy birikmalar ba'zan tirik organizmga kuchli ta'sir qiluvchi zaharli biologik faol moddalar bo‘lishi mumkin. Ammo ayrim o‘simliklarning o‘zi ham zaharli bo‘lishi mumkin. Masalan: kuchala, parpi, isiriq, Turkiston adonisi (sariqgul), omonqora, afsonak, achchiqmiya (eshakmiya), qizilcha (efedra) va boshqalar zaxarli o‘simliklar hisoblanadilar.
Lekin shu bilan birga birqancha oziq-ovqat maqsadlarida keng foydalaniladigan o‘simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalansa bo‘ladi. Bunday o‘simliklarga quyidagilarni misolqilib keltirish mumkin: anor, o‘rik, behi, anjir, shotut va balxitut, jiyda, chilonjiyda, olxo‘ri, zirk, na'matak, kashnich,shivit, garmdori, zig‘ir, turli xil o‘simlik moylari, murch, xantal, zanjabil, dolchin, zarchava, qalampirmunchoq (gvozdika) va boshqalar.
O‘simliklarning ko‘pchiligi o‘zida zaharli bo‘lmagan biologik faol moddalar saqlovchi va turli kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan shifobaxsh o‘simliklardir. Qadim zamonlarda odam o‘zini yomon sezgan, kasallangan, yaralangan, shikastlangan hollarda dardigadavoni atrofidagi o‘simlik dunyosida axtargan va ularning birortasidan foydalangan va shu tariqa shifo topgan. Hozirgi paytda ham yovvoyi tabiatda biror hayvon kasallikka chalinsa, dardiga davoni aksariyat o‘simliklardan topadi.
Kasallikdan shifo topgan bo‘lgan hayvon keyinchalik (boshqa sog‘ hayvonlar ham) shu o‘simlikni qayta iste'mol qilmaydilar. Demak, ibtidoiy inson ham o‘z kasalligini ongsiz yoki ongli ravishda o‘simlik, yoki uning organlari (gullari, mevalari, po‘stlog‘i, ildizi) bilan davolay boshlagan. O‘simlik dunyosi insonni oziq-ovqat, dorivor vositalar, kiyim- kechak va qurilish materiallari bilan ta'minlagan, ya'ni inson o‘ziga kerakli barcha narsalarni tabiatdan olgan.
SHunday ekan, o‘simliklarni dorivor vosita sifatida inson tomonidan qo‘llanish tarixini o‘sha davrdan , ya'ni inson o‘zini birinchi marta o‘simlik bilan davolagan ilk davrlar davomida boshlangan deb hisoblash mumkin. Butun dunyo xalqlarining ming yillar davomida asosiy shifobaxsh vositalari dorivor o‘simliklar va ulardan olingan shifobaxsh ne'matlar asosida tayyorlangan.
Kimyo fanini rivojlanishi dori olishning sintetik, tabiatda uchramaydigan kimyoviy birikmalar, shu jumladan, dorivorlik xususiyatiga ega sun'iy moddalar ko‘plab sintez qilina boshlandi. Natijada ilmiy tibbiyotda dorivor o‘simliklarga bo‘lgan qiziqish va ulardan foydalanish bir oz e'tibordan chetda qoldi. Lekin, xalq orasida hamda an'anaviy tibbiyot yaxshi taraqqiy etgan davlatlarda, ayniqsa Janubi-SHarqiy Osiyo hamda Afrika davlatlarida dorivor o‘simliklar hamon asosiy davolovchi vositalar sifatida keng qo‘llaniladi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
Dorivor o‘simliklardan foydalanishning qadimgi manbalarini ko‘rsating?
Markaziy Osiyoda dorivor o‘simliklarni o‘rganishga hissa qo‘shgan olimlarni sanab bering?
Abu Ali ibn Sinonining dorivor o‘simliklardan foydalanish tajribalarini ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |