Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy
149
library.ziyonet.uz/
boʻlishi va Farhodning soʻngaklarini shu yerga keltirib, ularni quchoqlab jon berishini bayon
etadi.
1. Bu va keyingi baytlarda shoir Sheruya otasi joniga qasd qilib, uni qatl etdigina emas, balki
davron undan Farhod qonini istadi, kimki birovga zulm oʻtkazsa, albatta unga jazo yetishadi.
Modomiki, shunday ekan, shoir yaxshilik urugʻini ekish darkor, degan fikrni ilgari suradi.
2. Baytning mazmuni: unnng (ya’ni Farhodning) hajrida men (ya’ni Shirin) bemormen,
bedilmen. Bamisoli chala soʻyilgan bir qushdirmen.
3. Baytning mazmuni: ular (ya’ni Shirin va Shopur) birmuncha vaqt shunday motam tutdilarki,
feruza (rangli) osmon qurum bosgandek qoraya boshladi (ya’ni kech tushib qoldi).
4. Bu va keyingi baytlarning mazmuni: (Shirin) ikki-uch yuz kishini qoʻshib (Shopurni) oʻz
maqsadiga koʻra yoʻlga soldi, ularga koʻplab, xush isli tutatqi, olovda xoʻshboʻy chiqaradigan
yogʻoch, mushku atrlar berdi. Ular togʻ ichidan koʻhkan, ya’ni Farhodni topib, Shirin kajavasiga
solib keltirishlari lozim.
5. Bu va keyingi uch bayt mazmuni: (Shirin) koʻrsaki, (Farhod) uyquda, u ham shunday uyquni
havas qildi. Uning yuziga yuzini, taniga tanini qoʻydi, oʻz sevgilisi bilan hamogʻush boʻldi.
Shunda dilidan bir olovli oh chiqardi-yu, koʻzi Farhodniki kabi uyquga toldi. Bu shunday uyqu
ediki, unga hech kim qonmagan, qiyomatgacha uygʻonmas uyqu edi. Bu baytlarda shoir istiora
(sarvi cholok – Shirin, bedil – Farhod) va ruju’ (uyqu – ne uyqu...) san’atlarini qoʻllaydi.
LII
Bob sarlavhasida Shirinning Farhod ishqida jon bergani, buni eshitib Mehinbonu ham hayotdan
koʻz yumgani, Chin mulkidan kelgan Bahrom Sheruyaning mollarini ziyon-zaxmat koʻrganlarga
bergani va Armanga odil podshoh tayin qilib, oʻzi barcha lashkarlarni qaytarib, saltanatdan yuz
oʻgirgani bayon etiladi.
1. Avvalgi baytlarda Navoiy Farhodning doʻsti Bahromni maqtaydi. Bu baytda esa shoir agar u
osmondagi Bahrom (Mars)ga dushmanlik koʻrsatsa, osmondagi Bahrom Bahromi Choʻbindek
boʻlib qoladi, deydi. Bu yerda Navoiy soʻz oʻyini ishlatib, ham sayyorani, ham qadimgi Eron
podshohlaridan Hurmuzning lashkarboshisi Bahromi Choʻbinga ishora qiladi.
2. Bu va keyingi baytning mazmuni: xon Farhodga amakivachcha boʻlgani uchun ham uning
tashvishinn chekar edi. Bahrom kelib, xalq orasida (Farhod haqida) ma’lum boʻlgan gaplarni
xonga shunday arz qildi.
3. Shu baytdan boshlab 26 baytda shoir Bahromning Farhod mozori ustida qilgan nolalarini
bayon etadi. Nido san’ati asosiga qurilgan bu hayajonli monolog gʻoyat samimiy, ta’sirli va
xalqona chiqqan.
4. Bu yerda «Lo» «ku» yuklamasi oʻrnida ishlatilgan: «ayla dinglo‖ degani aylading-ku
ma’nosini anglatadi.
LIII
Bob sarlavhasidan uni Sulton Husayn Boyqaroning oʻgʻli Shoh Gʻarib Mirzo madxi va unga
Navoiy bir necha nasihatlar bagʻishlagani anglashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |