Farhod va Shirin (II- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/152
Sana01.08.2021
Hajmi0,99 Mb.
#135342
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152
Bog'liq
farhod va shirin ii- qism

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
144 
library.ziyonet.uz/ 
 
boʻri haqida soʻzlab Yusufi Kan’onni yodga oladi. Rivoyatga koʻra, Yusufnnng ogʻalari uni 
chohga tashlab, koʻylagini qonga belab, Yusufni boʻri yedi, – deb otalariga eltadilar. Navoiy bu 
yerda ihom san’atidan foydalanadi. Zeroki, yuqoridagi mazmun asosiy maqsad esa-da, baytda 
birinchi idrok etiladigan ma’no Farhodning Yusufdek goʻzal chiroyi bor Shirinni yodlashidir. 
 
4. Navoiyning bu baytdan boshlanadigan nido san’ati asosida Farhod qalbi hayajonlari va ruhiy 
iztiroblarini ifoda etuvchi uning subhga, quyoshga murojaati nihoyat yuksak darajada boʻlib, 
ideal oshiqning ta’sirli va samimiy ichki tuygʻularidir. Bunday xususiyatlar Navoiy ijodiy 
metodining, asosan, romantik xarakterda ekanligini koʻrsatadi, uning ijodini jahon adabiyotidagi 
eng buyuk romantiklar ijodi bilan tutashtiradi (Hayitmetov A. Navoiy ijodi metodi masalalari. 
107-bet). 
XLIII 
Bob sarlavhasida Farhodning qora kunga qolganligi, hajr shomida qiynalganligi bayon etiladi. 
 
1. Bu va keyingi baytda shoir istiora san’ati asosida Farhodning ayanchli ahvolini, chekayotgan 
azoblarini tasvirlab, uni gʻam-anduh dengizining nahangi, balo va dard togʻining yoʻlbarsi, junun 
vodiysining Majnuni, Majnunigina emas, bu vodiyning dev-shamoli – quyuni deb ataydi. 
 
2. Bu va keyingi bayt mazmuni: har kuni agar kishi ming baloni tortsa ham, u balolar tun 
balosidek qattiq tuyilmaydi. Unga (ya’ni Farhodga) bu hajr kunlarida har bir shom qorongʻuligi 
mashaqqat zulfidan (sirtmoq) tashlar edi. 
 
3. Muazzin xalqi – azon aytuvchi (soʻfi)ning boʻgʻzi demakdir. 
 
4. Baytning mazmuni: bu isitma orasnda u (ya’ni Farhod) oʻz labidagi uchuqdan bahra olar
uchuq zardobidan ogʻziga har damda zahar tomib turar edi. 
 
5. Shu baytdan boshlab, Farhrd zolim falakka xitob qilib, taqdirdan noliydi. Bu oʻrinda «sipehr» 
faqat ilohiy ma’nodagi «taqdir», «falak» tushunchasini emas, balki undan keng ma’noni, jamiyat 
va mavjud muhit tushunchalarini, undagi zulmni tugʻdiruvchi tartib va qoidalarni ham anglatadi 
(Hayitmetov A.Navoiy ijodiy metodi masalalari, 109bet). 
 
6. Tiyr – Atorud (Merkuriy) sayyorasi, yulduzi shunday deb ham ataladi. 
 
7. Bu baytda shoir Zuhra yulduziga xitoban: bir pastgnna musiqang torini tuz; men oʻlarga 
yetdim. Hazin (yigʻloqi) kuyingni boshla, deydi. 
 
8. Saodat axtari – baxt yulduzi demakdir. Bu yerda Shirin koʻzda tutiladi. 
 
9. Baytning mazmuni: u (ya’ni Farhod) tongga qadar yerga yumalab, har mojaro ustiga yuz 
mojaro qildi. 
 
10. Bu va avvalgi baytning mazmuni: modomiki, gʻam tuni uni oʻldirgan ekan, tongning olovli 
quyoshi haqida soʻzlashdan ne foyda. Makkor falakning odati shu emishki, u avval zaharlab
soʻngra zaharga qarshi dori beradi. 
XLIV 
Bu bob sarlavhasida Farhodning zanjirsiz zindon atroflarida yurganini eshitgan Xusrav uning 
qoʻriqchilarini jazolamoqchi boʻlgani, Farhodning hayot ekanligidan xabar topgan Shirin unga 



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish