Farg'ona vodiysining antropogen landshaftlarining assimetriyasi va geoekologik holati



Download 68,78 Kb.
bet1/2
Sana10.07.2022
Hajmi68,78 Kb.
#771298
  1   2
Bog'liq
Tilanova Muqaddas Abduqodirovna


FARG'ONA VODIYSINING ANTROPOGEN LANDSHAFTLARINING ASSIMETRIYASI VA GEOEKOLOGIK HOLATI
Tilanova Muqaddas Abduqodirovna
Namangan davlat universiteti Geografiya (o‘rganish obekti) talabasi


ANNOTATSIYA
Farg‘ona vodiysida ayniqsa landshaftlardan foydalanish jarayonini inson bilan tabiat orasidagi o‘zaro ta’sir va aloqadorliklarning tabiiyligini kuchli darajada o‟zgartirib yuborgan. Farg‘ona vodiysi iqtisodiyotini rivojlantirish sanoat korxonalari hamda intensiv (rivojlanayotgan( rivojlantirilayotgan qishloq xo‟jaligi tarmoqlariga bog‘liqdir.
Kalit so‘zlar: Landshaft, intensiv, Agroirrigatsion, “Boburnomada”, ekologik muammo, tuproq strukturasi.
ANNOTATION
In the Fergana Valley, in particular, the process of using landscapes has dramatically changed the nature of human-nature interactions and connections. The development of the economy of the Fergana Valley depends on industrial enterprises and intensive (developing (developing) agricultural sectors)
Keywords: Landscape, Intensive, Agroirrigation, “Boburnoma”, Environmental Problems, Soil Structure
АННОТАЦИЯ
В частности, в Ферганской долине процесс использования ландшафта резко изменил характер взаимодействий и связей человека и природы. Развитие экономики Ферганской долины зависит от промышленных предприятий и интенсивных (развивающихся (развивающихся) отраслей сельского хозяйства).
Ключевые слова: ландшафт, интенсив, агроорошение, бобурнома, экологические проблемы, структура почвы.
Farg‘ona vodiysida ayniqsa landshaftlardan foydalanish jarayonini inson bilan tabiat orasidagi o‘zaro ta’sir va aloqadorliklarning tabiiyligini kuchli darajada o‘zgartirib yuborgan. Farg‘ona vodiysi iqtisodiyotini rivojlantirish sanoat korxonalari hamda intensiv (rivojlanayotgan) rivojlantirilayotgan qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga bog‘liqdir. Chunki vodiy hududi qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlarni keng ko‘lamda rivojlantirish uchun qulay tabiiy geografik sharoitga va iqtisodiy saloxiyatga ega bo‘lgan. Landshaft majmualari esa qadimdan kishilar tomonidan o‘zgartirilib, ulardan keng ko‘lamda foydalanib kelinayotganligi Farg‘ona vodiysi iqtisodiyotini yuksalishida salmoqli ro‘l o‘ynamoqda.
Shuning uchun landshaftlardan oqilona foydalanishning geografik asoslarini o‘rganish, ularning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ro‘lini ochib berish, landshaftlar taraqqiyotini bashoratlash hamda landshaftlardagi ekologik muammolarning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish hozirgi kunning muhim dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Fapg‘ona vodiysining geomorfologik tuzilishiga muvofiq ravishda vodiy xududida chala cho‘l, cho‘l, adir va tog‘ landshaftlari, qulay tabiiy sharoitning kishilar tomonidan keng ko‘lamda o‘zlashtirilganligi esa madaniy landshaftlarning tarqalishiga olib kelgan, xozirgi vaqtda Farg‘ona vodiysida kishilarning xo‘jalik faoliyati bevosita yoki bilvosita ta‟sir etmagan landshaft tiplarining uchramasligi voxa landshaftlarini vujudga keltirish bilan bir qatorda landshaft komplekslarini vujudga muxofaza qilish muammolarini xam tug‘dirmoqda. Farg‘ona vodiysining barcha hududlarida insonning tabiatga ta‟siri juda kuchli, hatto eramizdan ilgari ham kishilar yerlarni o‘zlashtirish uchun kanal, arik qazishgan, suv chikarib turli madaniy ekinlar yetishtirganlar. Sug‘orish natijasida esa tuproqdar tarkibida yangi qo‘shilmalar, agroirrigatsion yotqiziqlar (A.Maqsudov, 1993-yil) qalinlashib borgan. Agroirrigatsion yotqiziqlarning qalinlashib borishi tabiiy tuproq o‘simliklarning keskin o‘zgarishiga, voxalarda tuprokning genetik va fizik, ximiyaviy hamda biologik jarayonlarning ta‟siri esa agroirrigatsion yotqiziqlarining qalinlashib borishiga olib keldi. Agroirrigatsion yotqiziqlar obikor dehqonchilik qilinayotgan hududlarning tuproqlari strukturasini yaxshilanib borishida muhim ro‘l o‘ynovchi omillardan biridir. Shu bilan birga dehqonchilik tarixini o‘rganishda, ayrim tabiiy landshaftlarni o‘zgarib borishida hamda ularning o‘rnida voha landshaftlarini vujudga kelishida katta ahamiyatga ega. Farg‘ona vodiysi tabiatini chuqur tekshirgan mutaxassislar yaqin o‘tmishda vodiy xududini xozirgiga nisbatan sersuv bo‘lganligi Chust, Namangan kabi aholi qo‘rrg‘onlari atroflarida o‘rmon o‘simliklari o‘sganligini ta’kidlaydilar.
"Boburnomada" Sirdaryoning chap soxilidagi vohalar to‘qayzor va changalzorlar bilan to‘plangan bo‘lib, yirtqich hayvonlar ko‘plab, ovlanishi qayd qilingan. Iqlimshunoslarning fikricha vodiy iqlimi o‘tmishda sernam, o‘rtacha yillik xarorat esa xozirgiga nisbatan. - 4,5 daraja past bo‘lgan. Hozirgi voha landshaftlari vujudga kelgan joylardan to‘rfsimon yotqiziqlar topilgan bo‘lib ularning orasida igna bargli daraxtlarning qoldiqlari mavjudligi aniqlangan. Farg‘ona vodiysida qadimda mavjud bo‘lgan buloqlar, sug‘orish inshootlari va aholi qo‘rg‘onlarining turli qabilalar o‘rtasidagi urushlar tufayli vayron etilishi, yo‘k qilib yuborilganligi haqida yozma ma‟lumotlar bor. O‘rganilgan materiklar vodiy iqlimining asta - sekin qurg‘oqchillashib borayotganligidan darak beradi. demak, Farg‘ona vodiysi voha landshaftlarining agroirrigatsion yotqiziqlarini bir qismi nam iqlim sharoitida vujudga kelgan ekan. 1930 yillardan boshlab Farg‘ona vodiysi xududlarida ko‘plab sug‘orish inshootlarini barpo etilishi sug‘oriladigan yerlar maydonini ortishiga (1200000 gektarga yaqin) xamda voxa landshaftlarini kengayishiga olib keladi. Bu ishlar oqibatida landshaftlarning dastlabki ko‘rinishlari umuman yo‘qolib madaniy landshaftlarga aylandi. Biroq har qanday o‘zgargan yoki o‘zgartirilgan landshaftlarning harakteri dastlabki tabiiy landshaft bilan bevosita bog‘liq. Inson xo‘jalik faoliyatining tabiatga ta’sir etishi butun landshaftning dinamik strukturasi, fukntsiyasini o‘zgartiradi va muvaffaqiyatini buzadi. Farg‘ona vodiysi voxa landshaftlarini muxofaza qilish eng katta muammolardan hisoblanadi. Chunki voxa tabiiy o‘simliklarini deyarli yo‘q qilinib yuborilganligi, dehqonchilikning uzoq yillar davomida ekstensiv rivojlanib kelinganligi, adirlarni turli hil kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanib kelinganligi, adirlarni qadimgidek tanlab emas, yoppasiga o‘zlashtirilganligi kabi xolatlar noxush ekologik xodisalarni keltirib chiqaradi. Voxa landshaftlariga bo‘lgan insonning ijobiy va salbiy ta’siri oqibatida yangi antropogen landshaft sinfi komplekslari paydo bo‘ldi.

Bu komplekslar vodiy xududini keng miqyosda o‘zlashtirish boshlanmasdan ilgari tabiiy komplekslardan tashkil topgan edi. Tabiiy komplekslarni Farg‘ona vodiysida turli joy tiplariga ajratish yo‘li bilan aniqlash va ularni tadqiq qilish imkonini beradi, hamda muhofaza kilib borishni taqozo etadi. (1-jadvalga qarang)

Download 68,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish