Turmarshrut
Qurvonaliyev Mansurbek
Tur davomiyligi – 10kun/9tun
Turistlar soni – 10 nafar
Toshkent - Namangan - Toshkent
1-kun. Toshkentga kelish, joylashish, kechgi Toshkentni ko'rish
Toshkent tarixi.Milodiy VIII asr oʻrtalarida islomiy taʼsir boshlangunga qadar, Toshkentga sugʻd va turkiy madaniyat taʼsir koʻrsatgan. 1219-yilda Chingizxon Toshkentni vayron qilganidan soʻng, shahar qayta tiklandi va Buyuk Ipak yoʻlidan foyda koʻrdi. 1630 yildan 1729 yilgacha Toshkent shahri Qozoq xonligining rasmiy poytaxti bo'lgan. XVIII—XIX asrlardan boshlab ushbu shahar Qoʻqon xonligi tomonidan zabt etilgunga qadar, mustaqil shahar-davlatga aylangan edi. 1865-yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi hamda Turkiston general-gubernatorligi markazi boʻldi. Sovet davrida bu shahar butun Sovet Ittifoqining majburiy deportatsiyasi tufayli katta oʻsish va demografik oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. 1966-yilda boʻlgan Toshkent zilzilasi tufayli Toshkentning katta qismi vayron boʻlgan edi, biroq u namunali Sovet shahri oʻlaroq qayta qurilgan. Oʻsha paytda Toshkent Sovet Ittifoqining Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan keyin turadigan toʻrtinchi yirik shahar boʻlgan.
Joylashtirish
Hilton mehmonxonasi
Tashkent City hududida barpo etilgan mehmonxona binosi 21 qavatga ega. Bu xalqaro ishbilarmonlik markazida faoliyat yuritadigan oltita mehmonxonaning birinchisi.
Mehmonxonadagi 258 ta xonalari standart, lyuks hamda fransuz, ingliz, arab va mumtoz uslubda barpo etilgan 8 ta prezident xonalaridan iborat. Prezident lyuks xonalarining maydoni 250 kv. m bo‘lib, mehmon kutish zali, tushlik zonasi va oshxonani o‘z ichiga oladi.
Hilton Tashkent City`da tadbirlar o‘tkazish uchun beshta ko‘p tarmoqli anjumanlar zali hamda yozgi ayvonga chiqishli banket zali mavjud. Ularning umumiy maydoni 2450 kv. m ni tashkil etadi. Barcha anjumanlar zallari birinchi va ikkinchi qavatlarda joylashgan bo‘lib, tabiiy yoritish imkoniyatlariga ega.
Kechgi sayr
Majic city. Park hududida 11 ta tematik ko‘cha va ona yurtimiz faxri bo‘lgan Registon maydonchasi joylashgan bo‘lib, ularning har biri tashrif buyuruvchilarni hayratga solishi aniq. Masalan, Amsterdam ko‘chasi qadimiy “suzuvchi” binolarga o‘xshash uylar bilan to‘la. Barselona ko‘chasidagi binolar esa Antonio Gaudi uslubida barpo etilgan bo‘lib, ular tabiiy allyuziyalar bilan to‘ldirilgan.
Shuningdek, Magic City'da O‘zbekistondagi eng katta musiqaviy favvora ham joy olgan.
Yana bir e’tiborga sazovor ob’ekt – bu Magic City qoq markazida joylashgan qasr bo‘lib, uni qurishda The Magic jamoasi Bavariya shahridagi Noyshvanshtayn me’moriy yodgorligidan ilhomlangan. Parkning bu qismi malikalar haqidagi multfilmlarni xush ko‘ruvchi jajji qizaloqlarga yoqishi aniq.
Bundan tashqari, tarixiy Kolizey shaklida yaratilgan katta amfiteatr ham hech kimni befarq qoldirmaydi.
Asosiysi esa, parkda chiroyli fotosuratlar olishingiz mumkin.
Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi — Toshkent shahrining markazida qurilayotgan zamonaviy shaharcha. Navoiy shoh koʻchasi, Islom Karimov koʻchasi, Furqat koʻchasi va Olmazor koʻchasi oraligʻidagi 80 gektar maydonda qurilmoqda. Yaqin orada Alisher Navoiy, Xalqlar doʻstligi, Paxtakor, Oʻzbekiston metro bekatlari joylashgan. Shaharchada ishbilarmonlik markazlari, ofislar, turar joylar, parklar va boshqa ijtimoiy obyektlar joylashadi. Qurilish xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar ajratgan pullar hisobiga qurilmoqda va bir qismi qurilib, foydalanishga topshirilgan.
Toshkent city
2 - kun. Namanganga uchish, joylashish, shahar bilan tanishish
Namangan viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 11-martda tashkil etilgan (1960-yil 25-yanvarda Andijon va Fargʻona viloyatlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1967-yil 18-dekabrda kayta tashkil etildi). Namangan viloyati respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining shimoli-gʻarbiy qismida, Tyanshan togʻ tizmasi tarmoklari – Qurama va Chatqol togʻlarining yon bagʻrida joylashgan. Shimoliy va shimoli-sharkdan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, jan.-sharqsan Andijon, janubidan Fargʻona, shimoliy va shimoli-gʻarbdan Toshkent viloyati va Tojikistonning Sugʻd viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 7,44 ming km². Aholisi 2867,5 ming kishi (2021). Namangan viloyatida 11 qishloq tumani, 8 shahar, 11 shaharcha, 99 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi – Namangan shahri.
Joylashtirish
Grand Sherdor boitique hotel - Namangan shahri markazida joylashgan zamonaviy mehmonxona.Yevropa me’morchiligi va zamonaviy sharqona interyerlari yoqimli uy muhiti bilan uyg‘unlashgani Grand Sherdor mehmonxonasini mehmonlar uchun noyob va qulay maskanga aylantiradi. Mehmonxonaning 51 ta xonasida sizga kerak bo'lgan hamma narsa, jumladan, bepul Wi-Fi internet va milliy taomlardan nonushta mavjud.
Ushbu mehmonxona shahar markazida joylashganligi bilan hamda mehmonxonaning tepasida ochiq maydon joylashgan bo'lib, u joydan Namanganning ajoyib manzarasi va tabiatidan bahramand bo'lish mumkinligi bilan ahralib turadi.
Namangan bilan qisqacha tanishuv
3-4-5-6-7-8- kunlar Namangan bo'ylab ekskursiyalar
Axsikent yodgorligi
Axsikent yodgorligi -qаdimiy shаhаr хаrоbаsi. Nаmаngаn vilоyati To’rаqo’rg’оn tumаnidаgi Shаhаnd qishlоg’i hududidа, Sirdаryoning o’ng sоhilidа jоylаshgаn.
SHahar Ark, ichki va tashqi shahardan iborat bo‘lgan. Bu erda o‘z davrida shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari rivojlangan. 1620 yillarga kelib zilzila oqibatida ulkan shahar vayron bo‘lgan.
Bugungi kunda xarobalarning 60 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan bo‘lib, Farg‘ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir. Arxeologlar tomonidan temirchilar ustaxonasi, X-XIII asrlarga oid hammom qoldiqlari, askarlar xonalari, jome’ masjidi, mudofaa devorlari, yer osti irrigatsiya tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib o‘rganilgan.
"CHORTOQ" SANATORIYSI - balneologik kurort; Namangan shahridan 25 km masofada Chortoqsoy sohilida, Chatqol togʻining jan. qiyaligidagi togʻ adirlarida, dengiz sathidan 650 m balandlikda joylashgan. Chortoq mineral suvi tufayli bunyod etilgan.
1949-yil 31 avg .da Chortokda 30 oʻrinli balneologik shifoxona tashkil etildi; yil sayin u kengaya borib, 1959-yil oʻrinlar soni 250 taga yetdi. 1961-yil 1-martdan shifoxona "CH."s.ga aylantirildi. Sanatoriy hududi turli meva va manzarali daraxtlar bilan koʻkalamzorlashtirilgan. Maydoni 37 ga, iqlimi yumshoq, kontinental, yozi quruq, issiq, qishi yumshoq. Yanv.dagi oʻrtacha harorat — 1,4°, iyulda 23°, nisbiy namlik 52%. Davolash omili — minerallari kam, ichiladigan, sulfatxloridli, natriyli mineral tuzlar va termal, gipertermal (42° dan yuqori vannalar uchun), yodli, xloridli, kaltsiynatriyli minerallari koʻp (20—50 g/l) suvlar hisoblanadi.
Chortoq sanatoritasi
Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohi
Maʼlumki, Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi Chortoq tuman markazidan 35 km uzoqlikdagi Baliqli koʻl qishlogʻida joylashgan. Ziyoratgohda islom olamining tabarruk avliyolaridan biri Sulton Uvays Qaraniyning maqbaralari mavjud.
Muhtaram Prezidentimiz 2017-yil 7-iyul kuni Uvays Qaraniy ziyoratgohiga tashrif buyurganlaridan soʻng, ziyoratgohning 6 gektar maydonida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, 1500 tupdan ortiq manzarali daraxtlar va gul koʻchatlari ekildi.
Sulton Uvays Qaraniy maqbarasi toʻliq qayta qurildi.
1400 oʻringa moʻljanlangan masjid va tahoratxona, maqbara yonida ayvon, zamonaviy mehmonxona, milliy muzey va kutubxona, 3 ta favvora, dam olish ayvonlari va xizmat koʻrsatish shoxobchalari qurildi.
Bibi Naima ona ziyoratgohi
Mazkur ziyoratgoh Chortoq tuman sobiq Bobur shirkat xo’jaligi xududida joylashgan. Bibi Naima ona Sulton Uvays Karaniyning onalari bo’lib, qabrlari «baliqli mozor» ziyoratgohidan uncha uzoq bo’lmagan joyda joylashgan. Bibi Naima ona ziyoratgohiga XII - XIII asrlarda maqbara tiklanib, shundan beri bu joyga ziyoratchilar kelib turishadi.
Bu yerda tiniq suvli hovuz joylashgan bo‘lib uning suvining tiniqligidan tubidagi qum donalarini ham ko‘rish mumkin. Hovuz shaklida yirik qo‘l ko‘rinishini payqash mumkin deyishadi. Hovuz, Avliyo Sulton Uvays qaroniyning onasi - Bibi Naima Ona maqbarasining quyi qismida joylashgan.
Chust hunarmandchilik markazi
Chust tumani — Namangan viloyatidagi tuman. 1926-yil 29- sentabrda tashkil etilgan. Sharqdan Toʻraqoʻrgʻon, shimoli-sharqdan Kosonsoy, janub va gʻarbdan Pop, janubi-sharqdan Mingbuloq tumanlari, shimoldan Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,92 ming km². Aholisi 198,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Chust), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Axcha, Boymoq, Varziq, Karkidon, Karnon, Olmos, Ogʻasaroy, Shoyon, Shoʻrkent, Gʻova, Hisorak) bor. Markazi — Chust shahri.
Chust pichoqchiligi
Pichoqlar anchadan buyon Chust shahrining brendi xisoblanib kelinadi. Mazkur qadimiy ustachilik bu yerda avloddan avlodga o‘tib kelmoqda.
An’anaviy pichoqlar “bahor lolasi” va “paxta guli” qadimiy naqshlari bilan bezatib kelinmoqda. Chust pichoqlari uzining betakror ko‘rinishga ega bo‘lib, foydalanishda juda qulayligi bilan ajralib keladi.
Chust milliy pichog‘lari ko‘xna va qadimiy bo‘lib, chust pichog‘lari qo‘l mexnati bilan tayyorlanganligi sababli dunyoning barcha mamlakatlarida xaridorgir maxsulot xisoblanadi. Pichog‘larning asosan qadimiy shakillaridan bizgacha yetib kelgani bu: qozoqcha, qayqi, tolbargi, payvandli, qo‘shxovuz, va yana bir kancha turlari mavjud.
Chust do'ppichiligi
Do‘ppi — yengil bosh kiyimi. Qadimdan eron va turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Turkiston xalqlari orasida (ayniqsa O‘zbekiston va Tojikiston hududida) milliy kiyim turiga aylangan.
O‘zbekistonda Chust, Andijon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari mashhur. Chust do‘ppisi to‘q yashil shoyi yoki satindan karjli qilib tayyorlanadi: tepasining har bir karjida 4-kalampirnusxa yoki bodom shakli, kizagining har bir karjida 4-tadan mehrob (yarim doyra) shakli kashta bilan sidirg‘a qoplab oq (ip yoki ipak) ipda tikiladi. Tayyor do‘ppining tepasi kizagidan murabba shaklida bo‘rtib chiqadi (boshqa do‘ppilarning tepasi yarim doyra shaklida bo‘ladi). Shakli ko‘p jihatdan chuyet do‘ppisiga o‘xshash bo‘lgan marg‘ilon do‘ppisi gullari (nisbatan ingichka va uzun qalampir shakli)ning sidirg‘a qoplanmasligi bilan farklanadi.
Is'hoqxon Ibrat majmuasi
Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 2-noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda Ishoqxon Ibrat haqida alohida to‘xtalib, u kishiga atab zamonaviy bog‘ yaratish, yodgorlik majmuasi va “Ibrat maktabi”ni tashkil qilish tashabbusini bayon etgan edi.
XIX asrda To‘raqo‘rg‘on zaminida tug‘ilib o‘sgan Ibrat domla arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini yaxshi bilgan, dedi Prezidentimiz.
Is’hoqxon Ibrat – maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbuotchilaridan bo’lib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi To’raqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan.
Prezidentimiz taklifi jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib, To‘raqo‘rg‘onda Ishoqxon Ibratga bag‘ishlangan so‘lim bog‘, yodgorlik majmuasi va “Ibrat maktabi” tashkil etilmoqda.
Axtam Sahoba ziyoratgohi
Yangiqo’rg’on tumanidagi tabarruk ziyoratgohlardan biri hisoblanib, Oqtom qishlog’ida joylashgan. Qishloqning nomlanishi tarixi ham shu ulug’ zot nomi bilan bog’liq. Axtam sahobaning to’rt o’g’illari bo’lgan, deyishaji. Oqtom qabristonidagi muborak uch qabrning o’rtasida ota, ikki yonlarida esa ikki o’g’illari joy olishgan ekan.
Devonabuva maqbarasi
Devona buva maqbarasi - Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr). Maqbara murabba tarxli (18,8x18,8 m), shahar tashqarisida joylashgan. Atrofi sinchli devor bilan uralgan. Ziyoratxonahazira, goʻrxona va ayvondan iborat. Shim. va Gʻarb tomondan sinchli devor bilan uralgan ayvon jan.ga qaragan. Haziraga ayvon orqali kiriladi. Kiraverishda ikki tomonga supa ishlangan.
Ziyoratxona (10,6x8,6 m) peshtoqgumbazli, toʻrt tomonida eshik oʻrni boʻlib, kiraverishdagi yogʻoch panjaradan xona ichidagi sagʻana koʻrinib turadi. Sagʻana pishiq gʻishtdan qurilgan. Ziyoratxonaning gumbazi yulduzsimon asosgaoʻrnatilgan. Poygumbazidagi tuynuklar orqali xonaga yorugʻlik tushadi. Xona ichi ganch suvoq qilingan. Peshtoqi namoyonlarga ajratilgan, qanosi ganchkori naqshlar bilan bezatilgan. Eshigi yogʻoch oʻymakorligida ishlangan.
Xozirgacha o’rganilmagan Devonabobo maqbarasi o’zining me’moriy qiyofasi bilan serviqor va o’ziga xosdir.
9- kun. Afsonalar vodiysida aylanish
"Ikki yil oldin mana shu bogʻ loyihasi bilan tanishib, unga "Afsonalar vodiysi" deb nom berishni taklif qilgandim. Nomiga munosib boʻlibdi. Mamlakatimizda bu kabi zamonaviy dam olish maskanlarini hali koʻplab barpo etamiz", - dedi Mirziyoyev.
Bogʻ hududi 155 gektar. Mazkur dam olish maskanida 123 million dollarga teng loyiha amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbari 2018 yil may oyida viloyatga tashrifi chogʻida "Afsonalar vodiysi" madaniyat va istirohat bogʻi loyihasi bilan tanishgan va uni eng zamonaviy talablar asosida barpo etish zarurligini taʼkidlagandi
Ayni paytda 16 turdagi attraktsionli tematik park, 2400 oʻrinli amfiteatr, 7 xil suv attraktsionlari va 16 ta basseynli akvapark, 2 ta zamonaviy sharshara va musiqali favvora, 3 ta restoran, 1800 oʻrinli 2 ta avtoturargoh tashkil etilgan. 2022 yil mart oyiga qadar milliy hunarmandlar markazi, masjid, 400 oʻrinli mehmonxona, 110 ta villani ishga tushirish rejalashtirilgan.
10- kun. Toshkentga qaytish va jo'nab ketish
Kalkulatsiya
Joylashtirish
Toshkent (bir kishi uchun) - 150$
Namangan (bir kishi uchun) - 60$
Ovqatlantirish
Bir kishi uchun (kuniga) - 50$
Gid xizmati
Bir kishi uchun (kuniga) - 25$
Transport
To'liq tur uchun - 100$
Firma xizmati
15%
Umumiy hisob
Joylashtirish
2×150$ + 7×60$ = 720$
Ovqatlantirish
10×50$ = 500$
Tadbirlar uchun
10×5$ = 50$
Keng manoda
100$
Jami hisob (firma to'lovi bilan)
1045$+156,75$ = 1201,74$
Gid xizmati
7×25$ = 175$
Hammasi
720$+50$+100$+175$ = 1045$
1045-100%
X = 15×1045/100 = 156,75$
Firma uchun
10turist uchun jami hisob
1201,75$×10 = 12017,5$
Eslatma: Aviabilet narxi turpaketga kiritilmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |