- NaOH, KOH, LiOH, RbOH, CsOH. Suvda juda yaxshi eriydi. Asoslar uchun hos bo'lgan barchja reaksiyalarni beradi. Lakmusni ko'k rangga, fenolftaleinni pushti rangga kiritadi.
- Natriy gidroksid NaOH. Amaliyotda natriy gidroksidni kaustik soda deb ham ataladi. Laboratoriya sharoitida NaOH ni olish uchun natriy metaliga, natriy oksid yoki peroksidga suv ta'sir ettirib olish mumkin.
- 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2; Na2O + H2O = 2NaOH;
- Sanoat miqyosida NaOH ni olish uchun osh tuzi eritmasini elektroliz qilinadi.
- Kaliy gidroksidni olish uchun ham laboratoriya sharoitida kaliy metali va kaliy oksiddan, sanoatda esa kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi.
- Natriy va kaliy gidroksidlari amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lib, sanoatning turli sohalarida qo'llaniladi.
- Kaliy gidroksid turli kaliyli tuzlar olishda, suyuq sovun olish uchun ishqoriy akkumulyatorlar tayyorlashda ishlatiladi.
- Natriy peroksid (Na2O2) natriy metalining yonishi natijasida hosil bo'lgan modda bo'lib, karbonat angidridni yutish xossasiga ega. Uning ana shu xossasidan suv osti kemalarining honalarida yig'ilib qolgan karbonat angidridni bog'lash maqsadida foydalaniladi.
-
- Vodorod peroksid olish uchun ham natriy peroksiddan foydalaniladi. Buning uchun sovuq sulfat kislotaga natriy peroksid ta'sir ettiriladi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |