Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani 67-umumiy o’rta ta’lim maktabi Matematika fani o’qituvchisi Mamatqulova Gulnoza Madaminovna
Matematika fanida Yosh mutaxassis o’qituvchilar uchun metodik tavsiyalar
Kirish Jannat makon yurtimiz mustaqil O’zbekistonimiz kelajagining poydevori bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalashda, unga bilim berishda muallimlarimizning o’rni albatta beqiyosdir “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma’rifatpar va bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o’ylaymaki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Chindan ham, o’qituvchi nainki sinfxonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, o’z o’quvchilariga haqiqatdan ham hayot maktabini beradigan mo’tabar zotdir”. Shunday ekan muallim dars o’tishning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’sir etishning turli usullari, har xil vositalardan foydalanibgina qolmay muallim har bir mavzuni ochishda unda yotgan g’oyani ilg’ab olishda matematik o’yinlar, sahna ko’rinishlari ham yordam beradi va o’quvchilar xotirasida saqlanadi.
Muallim ta’lim tarbiyaning turli vositalari yordamida o’quvchilarga avvaldan o’ylangan, pishitilgan va o’zianiq tasavvur etadigan rejaga ko’ra ta’sir ko’rsatadi va bu ta’sirning javobi sifatida mustaqil diyorimizga mos, erkin fikrlovchi barkamol shaxsni shakillantira oladi.
Qo’llanma yosh o’qituvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, uslubiy yordam beradi bundagi ba’zi bir kamchiliklar uchun fikr-mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qilaman.
Zamonaviy o’qituvchiga qo’yiladigan talablar "Kadrlar tayyorlash miliy dasturi" raqobatbardosh kadrdar tayyorlovchi o’qituvchiga qo’yiladigan zamon talablari majmuini belgilaydi.
Bir-biriga bog’liq bo’lgan talablarning majmui o’qituvchining umumlashtirilgan modelini tashkil etadi. Umumlashgan modelga muvofiq, asosiy talablar quyidagilardan iborat;
- Ta`lim berish mahorati;
- Tarbiyalay olish mahorati;
- O’quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta`minlovchi shaxsiyat fazilatlari; .
- Ta`lim oluvchining bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati.
Ta`lim berish mahorati o’qituvchiga qo’yiladigan talablar va o’quv-tarbiya jarayonini amalga oshirish shartlari bilan bog’liq bo’lgan quyidagi bosh omillar bilan aniqlanadi;
- qo’llab-quvvatlash va o’quv jarayoni muhiti;
- pedagogning psixologik-pedagogik tayyorgarligi;
- fanni chuqur bilishi, kasbiy omilkorlik va eruditsiya;
- kompyuter texnologiyalarini bilish;
- kasbiy axborot manbalari sifatida chet tillardan birortasini bilish;
- yangi uslubiy va bilim manbalari sifatida ilmiy- uslubiy ishlarni olib borish;
- uzluksiz ta`lim tizimining me`yoriy hujjatlarini bilish;
Tarbiyalay olish mahorati o’qituvchining yuksak madaniyat va ma`naviyat saviyasiga, shaxsiy axloqqa vatanparvarlik va burchiga asoslanadi, o’qituvchining o’quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta`minlovchi shaxsiyat fazilatlariga quyidagilar kiradi; talabchanlik va adolatlilik, halollik va hayrihoxlik, kirishimlilik va xazil mutoyiba xissi.
Ta`lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholash va nazorat qilish mahorati psixologik-pedagogik jixatdan pedagogning ta`lim berish va tarbiyalay olish mahorati bilan uzviy bog’liq. Pedagog ta`lim oluvchilarning bilimlarini ob`ektiv baholash mexanizmlarini bilishi va ularni mukammal ravishda reyting nazoratda qo’llay olishi, hamda standart testlarni ishlab chiqa olishi va qo’llay olish mahoratiga ega bulishi lozim.
"Ilg’or pedagogik texnologiyalar"da pedagog bilishi lozim: ilg’or pedagogik texnologiyalarning ilmiy-uslubiy asoslarini;
- ilg’or pedagogik texnologiyalarning tarixini;
O’quv jarayoniga yondoshish tamoyillari haqida tasavvurga ega bo’lshi;
pedagogik texnologiyalarni didaktik qonuniyatlarini;
O’qitiladigan fanga ta`luqli ilg’or pedagogik texnologiyalarni;
- didaktik jarayonni ma`lum vaqt chegarasida loyihalashni;
- o’quv jarayonining muvofiq, vaziyatlarini o’rganishga doir tushuntiruv-ko’rgazmaviy, texnologik va izlanuvchan usullarini;
- o’qitishning aktiv usullarini bilishi va qo’llay olishini;
- o’qitishgatexnologik va. izlanuvchan yondashuv usulini ishlab chiqishni;
- uy vazifalarini maqsadli, tahlil qilish, kerakli hajimda berish loyihalarning mantiqiy tuzilishini ishlab chiqishi;
- o’quv maqsadlari va vazifalarining kataloglarini ishlab chiqishni;
O’quv maqsadlari va vazifalari asosida test topshiriqlarini tuzish bo’yicha ko’nikmalarga ega bulishi shart.
Mukammal o’qituvchida bilishi lozim bo’lgan sifatlar:
I. Mutaxasis sifatida:
- pedagogika nazariyasini bilishi;
- pedagogik mahoratga ega bo’lishi;
- psixologiyani teran bilishi;
- ta`lim-tarbiya texnologiyasini bilishi;
- mehnatni to’g’ri taqsimlay olishi;
- ishiga muxabbatli va sadoqatli bo’lishi;
- pedagogik qobliyatli bo’lishi;
- umumiy bilimdonlik;
- sabr-toqatlilik;
- hissiyotlarini boshqara olishi;
- bolalarni sevishi va tushunishi;
- nutq, madaniyatiga ega bo’lishi;
- muloqot madaniyatini egallagan;
- o’ziga va o’zgalarga talabchan;
- taktikali bo’lishi;
- tashkilotchilik;
II. Ishchi sifatida:
- maqsadlilik;
- vaqtdan unumli foydalanish;
- malakasini doimiy oshirish;
- ish unumdorligi uchun kurashish;
- ijodkorlikka intilish;
- har tomonlama bilimdonlik;
- jamoa bilan kelishish;
- javobgarlik, mas`uliyat hissi;
- faollik;
- moslashish;
- ishni t o’g’ri taqsimlay olish;
- texnikani bilishi;
- texnologiyami bilishi;
- intizomlilik.
III. Inson sifati:
- yuksak axloqiy sifatlarga ega bo’lishi;
- shaxsiy xususiyat darajasi;
- o’rnak b o’la olish qobiliyati;
- jamiyat qonunlariga xurmat;
- milliy g’urur;
- g’oyaviylik;
- Vatanga, xalqqa muhabbat;
- sog’lik;
- dinga tug’ri munosabat;
- muloqotmadaniyati;
- ochiq, ko’ngillilik;
- o’z- o’zini tarbiyalay olish;
- talabchanlik;
- sabr-toqatlilik;
- jamoatchilik;
- siyosiy faollik;
- intizomlilik;
- insonparvarlik, bolalarni sevish kabi xislatlarga ega bo’lishi lozim.