Farg’ona viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari
kotibiyati to’g’risida
NIZOM
I.Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Farg’ona viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyatining vazifalari, funktsiyalari, vakolatini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Farg’ona viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyati "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida" 2016 yil
24 fevraldagi PQ-2497-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
3. Viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyati boshqaruv apparatlarining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi hamda bevosita hokimga bo’ysunadi.
4. Viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyati o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlariga, Hokimlik boshqaruv apparati to’g’risidagi nizomga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyati o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda viloyat hokim o’rinbosarlari kotibiyatlari, hokimliklar guruhlari va axborot-tahlil xizmati, tumanlar va shaharlar hokimliklari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.
II. Farg’ona viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyati va uning tarkibidagi Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhining vazifalari va funktsiyalari
6. Quyidagilar viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyatining asosiy vazifalari va faoliyatining yo’nalishlari hisoblanadi.
iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishga, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, faol investitsiya siyosatini olib borishga, innovatsion rivojlanish mexanizmini izchil joriy etishga yo’naltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, bandlikni, aholi daromadlari o’sishini va hayoti darajasi oshishini ta’minlash;
Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, shaharlar va tumanlar hokimliklarining, boshqa tashkilotlarning, birinchi navbatda, eksport tuzilmasida yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko’paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish bo’yicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish va ularni jahon hamda mintaqa bozorlariga kiritish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishning ko’paytirilishini rag’batlantirish va mahsulotlarning tarkibini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, yangi ishlab chiqarishlarni qurish va o’z vaqtida ishga tushirish hamda ishlayotgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalashni ta’minlash, shuningdek ularni amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish ishlarini faol bajarish;
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;
viloyat iqtisodiyotini rivojlantirishning o’rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashish;
ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o’rinlari tashkil etish hisobiga band bo’lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ishga joylashtirishni ta’minlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish;
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, xususiy mulkning manfaatlarini, tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tibbiy xizmat ko’rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar sog’lig’i muhofazasini ta’minlash, qishloq vrachlik punktlarining, diagnostika, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada islohotlarning strategik vazifalariga va ustuvor yo’nalishlariga muvofiq ilmiy va texnologik salohiyatni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanish;
Davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish samaradorligini oshirish;
iste’mol tovarlari, aholini iste’mol tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash bo’yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko’rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
chakana va ulgurji savdoni, pulli xizmatlar ko’rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko’rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek savdo va xizmatlar ko’rsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi:
biznesni yuritish, shu jumladan biznesni ro’yxatdan o’tkazish, er uchastkalari berish, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va shu kabilar bo’yicha xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari doirasida baholanadigan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda joriy etilishi monitoringini olib boradi va chuqur tahlil qiladi;
"yagona darcha" tamoyili bo’yicha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko’rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qiladi;
ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to’g’risidagi tahliliy materiallarni tayyorlaydi va keyinchalik ularni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi;
hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo’yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o’tkazish, shuningdek tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to’g’risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo’li bilan tadbirkorlik sub’ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etadi.
Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi to’g’risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hokim o’rinbosarining kotibiyati:
o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo’yicha hokim o’rinbosari ishlarini tashkil qiladi;
hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar bo’yicha xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari ko’rib chiqilishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to’g’risidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
hokim vaG’yoki uning o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;
Mazkur Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
III. Farg’ona viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyatining huquq va majburiyatlari
7. Farg’ona viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyatining quyidagi huquqlarga ega:
o’z vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha, ijro etuvchi hokimiyat, boshqarma, tashkilot, uyushmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb etgan holda belgilangan tartibda yig’ilish va kengashlarga chaqirish;
viloyat hokimligida ko’rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni viloyat hokimligining boshqa tarkibiy bo’limlaridan, davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, idora va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so’rash;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan masalalar bo’yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
o’ziga bevosita yoki o’ziga qarashli bo’linmalar orqali yuklangan vazifalar doirasida horijiy iqtisodiy idoralar va ilmiy institutlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
axborot-tahlil materiallarini tayyorlash va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining, shuningdek ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va institutlarining malakali mutaxassislarini jalb etish;
shu jumladan dasturlar va balanslarni ishlab chiqish metodologiyasini muvofiqlashtirish masalalari bo’yicha respublika iqtisodiyot organlari, tarmoq idoralari bilan o’zaro hamkorlik qilish;
viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyatiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda viloyatdagi davlat va xo’jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyat organlariga belgilangan tartibda tegishli topshiriqlar va tavsiyalar berish;
so’ralayotgan axborot va ma’lumotlarning taqdim etilmaganligi yoki o’z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun hokimliklarning tarkibiy bo’linmalari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining xodimlariga nisbatan intizomiy javobgarlikning tegishli choralarini ko’rish to’g’risida hokim ko’rib chiqishi uchun takliflar kiritish;
viloyatni, shaharlar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional o’zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish.
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko’rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish.
8. Farg’ona viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyati quyidagilarga majbur:
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari, shuningdek kotibiyatga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan amaliy nazoratni amalga oshirish;
viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyatiga yuklangan vazifalar hamda funktsiyalarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishi ta’minlash;
tegishli respublika dasturlari va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari bilan mustahkam o’zaro bog’liqlikda hududlarni rivojlantirishning qisqa muddatli, o’rtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlari ishlab chiqilishini belgilangan tartibda ta’minlash va ijrosini nazoartga olish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha prognozlar va dasturlar bajarilishi o’z vaqtidaligini va sifatini ta’minlash.
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, hokimning ko’rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o’z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlash;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini ta’minlash.
IY. Farg’ona viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik
masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyatining tuzilmasi
8. Farg’ona viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyatining tuzilmasiga hokim o’rinbosari, 1 nafar kotibiyat mudiri, 1 nafar bosh mutaxassis, 1 nafar etakchi mutaxassis, 1 nafar 1 toifali mutaxassis, shuningdek Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhiga 2 nafar mutaxassislar kiradi.
Mazkur kotibiyat hamda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi o’z faoliyatida hokimning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosariga bo’ysunadi.
Viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyatining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 24 fevraldagi "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida"gi PQ-2497-son qarori bilan belgilangan.
9. Viloyat hokimining o’rinbosari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
10. Viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyatining xodimlari viloyat hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hokim o’rinbosarining kotibiyati mudiri va mutaxassislari, shuningdek Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi mutaxassislari hokimning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari taqdimnomasi bo’yicha hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Viloyat xokiminig urinbosar S. Kuchkorov
Do'stlaringiz bilan baham: |