Farg’ona tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 40- son maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi



Download 166,88 Kb.
Sana09.07.2021
Hajmi166,88 Kb.
#113811
Bog'liq
“Vazifadosh ko’makchilar”




Farg’ona tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 40- son maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Zarifa Dadajonovaning

7-sinf uchun ona tili fanidan Vazifadosh ko’makchilar mavzusida bir soatlik



DARS ISHLANMASI

Fan: Ona tili

Sinfi: 7-sinf

Sana:_____________

Mavzu: Vazifadosh ko’makchilar.

  • Darsning maqsadi:

  • Ta’limiy dars: O`quvchilarga yangi mavzu bo`yicha nazariy ma`lumot berish.

  • Tarbiyaviy dars: o’quvchilarni bir –birini hurmat qilish va do’stona munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash.

  • Rivojlantiruvchi dars: O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobilyatini o`stirish,og`zaki va yozma nutqini oshirish

Dars turi: yangi bilim ,malaka va ko’nikmalarni shakllantirish.
Dars metodi: suhbat ,tushuntirish, ta’limiy o’yin so’z topish o’yini.
Dars jihozi: darslik, rasmli plakat, AKT, rag’bat kartochkalar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II.Uyga vazifani tekshirish.

Ko‘makchilardan foydalanib, «Maktabimiz
kutubxonasida» mavzusida yozilgan hikoyalarni tekshirish. O’quvchilardan ko‘makchilarning talaffuzi va imlosi haqida savol-javob o’tkazish.


III.Yangi mavzu bayoni.
1-topshiriq. Gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning mustaqil
so‘z va ko‘makchi vazifasida kelgan o‘rinlarini aniqlang.
1. Gap futbol o‘yini ustida ketardi.
2. Qoziq ustida qor turmas.
(Topishmoq)
3. Orqadan chuqur soy oqardi. (Shuhrat)
4. Muxbirimiz
telefon orqali xabar berdi. («Turkiston»dan)
2-topshiriq. Bu so‘zlarni qaysi o‘rinlarda haqida, to‘g‘risida, bilan
ko‘makchilari bilan almashtirish mumkinligini ayting.

Yodda tuting!

Vazifadosh ko‘makchilar: ost, yon, ust, old, orqa, ro‘para, qosh ot so‘z turkumidan, oldin, avval, keyin, so‘ng, tomon ravish so‘z turkumidan, bo‘ylab, qarab, ko‘ra, deya, deb, atab fe’l so‘z turkumidan hosil o‘lgan.
Bunday so‘zlar ko‘makchi vazifasida kelganda, o‘z ma’nosini yo‘qotadi, shuning uchun ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydi. O‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birgalikda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi.


164-mashq. Ich, orta, qarab, ust so‘zlarini qatnashtirib gaplar tuzing.
Bunda berilgan so‘zlar avval ko‘makchi vazifasida, keyin mustaqil so‘z vazifasida qo‘llansin. Ularning farqini tushuntiring.

165-mashq. Berilgan ko‘makchilarning sof yoki vazifadoshligini aniqlab, jadvalga joylashtiring.
Bilan, sari, kabi, tomon, uchun, ko‘ra, bo‘ylab, keyin, haqida, sababli, ichida, oldida, to‘g‘risida, qadar, qarab, qarshi, tufayli,sayin.

Sof ko‘makchilar

Vazifadosh ko‘makchilar







IV. Darsni mustahkamlash.
166-mashq. Faqat vazifadosh ko‘makchilar ishtirok etgan qatorni
aniqlang. Ularni qatnashtirib gaplar tuzing.
1) bilan, orqa, ko‘ra, o‘rtada;
2) sari, boshida, qadar, maqsadida;
3) ustida, ichida, qoshida, tomon;
4) sababli, oldida, uchun, qarab.

Savol va topshiriqlar

1. Qanday ko‘makchilar vazifadosh ko‘makchilar deyiladi?

2. Ular mustaqil so‘zlardan qanday farqlanadi?

3. Ularni farqlagan holda gaplar tuzing.



V.Uyga vazifa:
167-mashq. Sof va vazifadosh ko‘makchilar ishtirokida gaplar tuzing. Ularning farqini izohlang.

  • VI. O’quvchilarni baholash:

  • O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra va savollarga javob berganiga qarab rag’batlantiriladi va kundaliklariga baholari qo’yiladi.


Download 166,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish