KADRLAR TAYYoRLASH MILLIY DASTURI
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maksadi—ta’lim sohasini tubdan islox kilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Dunyoga yangi ko’z bilan qaraydigan, uddaburon, ishning ko’zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash, respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng muxim va mas’uliyatli vazifadir.
Muallimlik kasbining sharafliligi, nafaqat, uning o’qituvchi, turli bilimlarni o’rgatuvchi va mohir tarbiyachi bo’lganligi uchungina emas, balki uning o’zi tanlagan kasb–xunar yo’nalishidagi barcha mutaxassisliklar bo’yicha maxsus fanlarni va ularning poydevori bo’lgan fundamental fanlarni xamda o’qitish va tarbiya berishni, psixologiya va pedagogika asoslarini a’lo darajada egallagan bo’lishi shart. SHu bilan birga xaqiqiy muallim turli darajadagi bilimga, xoxish va irodaga xamda tarbiyaga ega bulgan talabalarni ajoyib san’atkor kabi o’ziga ergashtira olishi zarur. Bunday kasbiy pedagogik xususiyatga ega bo’lgan muallim o’ziga quyidagi majburiyatlarni olishi kerak.
Birinchidan, bo’lajak o’qituvchi, tarbiyachi bo’lajak pedagoglik faoliyati uchun o’zining imkoniyatlarini baholashi, o’zining kuchli va kuchsiz tomonlarini bilishi, kasbiy pedagogik tayyorgarlik davrida kanday kasbiy zaruriy sifatlarni shakllantirish kerakligini va kandaylarini mustakil pedagogik jarayonda shakllantirishi kerak?
Ikkinchidan, bo’lajak pedagog intellektual faoliyatining umumiy tomonlari (tafakkur, xotira, kabul kila olishi, ko’z oldiga keltirishi, e’tibor) ni xulk–atvor madaniyati va shu jumladan pedagogikaviy aloqasini egallagan bo’lishi shart.
Uchinchidan, pedagog uchun majburiy dastlabki shart–sharoit muvafaqqiyatli faoliyat asosi bo’lgan o’quvchini o’zining tengkuri deb karashi va uning xulk–atvori o’zaro aloqasidagi qonun–qoidalarni bilishi kerak. Pedagog, o’quvchi va tarbiyalanuvchini, uning barcha xususiyatlaridan qat’i nazar, bilishi va qabul qilshi shart.
To’rtinchidan, pedagog nafakat talabalar o’qish faoliyatining tashkilotchisi va o’qish jarayonini tashkil etuvchilarning o’zaro aloqasini ilxomlantiruvchi bo’lib xizmat qilish bilan birga ma’lum ma’noda bilim, tarbiya berish va demak, umumiy maksadlarga erishishda ularning tengdoshi sifatida qatnashishi zarur. Bu esa talabalar oldiga doimo o’zlarining tashkilotchilik, kommunikativ xususiyatlarini pedagogik–psixologik bilimlarni o’zlashtirish jarayonida rivojlantirib borishlarini va ulardan pedagogikaviy amaliyotlardan samarali foydalanishga intilishlarini yuzaga keltiradi. Pedagoglar uchun xam Gippokrat qasamini taallukli deb karalsa, uni kuyidagicha izoxlash mumkin. Talabadagi insoniylik va shaxslikni xurmat kilish, o’zingizga kanday munosabatda bo’lishlarini xoxlasangiz ularga xam shunday munosabatda buling;
1. Doimo o’zingizni rivojlanish va usishga, o’qishga undang, zeroki, kimki o’zi o’qimasa, boshkalarda o’qishga ishtiyoq tug’dira olmaydi.
2. Talabalarga bilimni shunday beringki, toki, ular o’zlashtirishni xoxlasin va o’zlashtirsin.
3. O’qitishning maksadi faqat talabaga ma’lum bilimlarni berishdan iborat bulmay, ularda mustakil va o’qituvchi yordamisiz yuqori chuqqilarni egallash malakalarini yaratishdan iborat.
Respublikadagi barcha ixtisosliklardan 86 yo’nalish uchun kasbiy pedagog bakalavrlar va pedagog magistrlarni tayyorlash amalga oshirilmokda, bu yunalishlarda tayyorlanayotgan pedagog bakalavrlar asosan akademik–litseylar va kasb–xunar kollejlari uchun muljallangan bo’lsa, shuncha mikdordagi pedagog magistrlar mos ravishdagi oliy o’quv yurtlari uchun pedagog o’qituvchilardan iborat bo’lmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |