Gaz konlaridan olingan gaz yonilg‘ilari tarkibida ko‘pincha uglevodorodlarning ancha og‘ir fraksiyalari mavjud bo‘ladi, ular gaz bosimi ortganda va harorati pasayganda oson suyuqlanadi. Gaz kondensatlari deb atalmish ushbu fraksiyalar gazdan olinadigan standart suyuq yonilg‘ilar o‘rnida, mazkur yonilg‘ilar kamyob bo‘lganda yoki iqtisodiy muloxazalarga ko‘ra ishlatilishi mumkin. O’rta Osiyo gaz konlaridan olinadigan 1m3 gazning tarkibidan 15-170 sm3 suyuq gaz kondensatlari olinadi. Albatta, gaz kondensatlarinilarni deyarli qayta o‘zgartirmagan holda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Gaz kondensatlarini qo‘llash dvigatelning texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlarini suyuq yonilg‘ilarga nisbatan pasaytirmasligi lozim. Gaz kondensatlarining muhim tomoni ishlab chiqarishning arzonligi, saqlaganda xossalarining o‘zgarmasligi, xususiyatlari va tarkibining doimiyligidadir. O’rta Osiyo mazkur yonilg‘ilarni yeng ko‘p yetkazib beradigan mintaqa bo‘lib, nafaqat o‘z talablarini, balki Ural, Qozoiston va Markaziy hududlarni ham ta’minlaydi. Turli konlardan olinadigan gaz kondensatlarining tarkibida uchqun bilan yondiriladigan IYoD talablariga javob beradigan yengil gaz kondensatlari va dizellarda qo‘llash mumkin bo‘lgan og‘ir gaz kondensatlari mavjud bo‘ladi. O’rta Osiyo regioniga mansub bo‘lgan bu ikki turkum gaz kondensatlarining ba’zi bir xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Har ikki turkum uchun umumiy jihatlar shuki, gaz kondensatlari tarkibida cheksiz birikmalar mavjud emas va ular aromatik, naften hamda parafinli uglevodorodlardan tarkib topgan. Yengil gazkondensatlari Muborak, Gazli, Uchqir va boshqa konlardan olinadi. Ular benzinlarga nisbatan past haroratda alangalana boshlaydi, bu o‘z navbatida ichki yonuv dvigatellarini IYoD taminlash tizimida bo‘r tiqinlari paydo bo‘lishiga moyillikni kuchaytiradi.
Biroq maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy ichki yonuv dvigatel (IYoD)larning ta’minlash tizimida bo‘r tiqinlari hosil bo‘ladigan harorat mashinalarning O’rta Osiyo sharoitlarida ishlaganida yuzaga keluvchi odatdagi qiymatdan biroz yuqori bo‘lar yekan. Gaz kondensatlari uncha yuqori bo‘lmagan antidetonatsion xususiyatlarga yega bo‘lib, ularning oktan soni 54-58 oralig‘ida bo‘ladi. Biroq, TES qo‘shish hisobiga gaz kondensatlarining oktan sonini o‘rta sifatli benzinlarnikiga tenglashtirish mumkin. Gaz kondensatlarini yuqori oktanli benzinlar bilan aralashtirib, ularning detonatsiyaga chidamliligini zamonaviy IYoDlar talab qilinadigan darajagacha oshirish mumkin. Bu olda gaz kondensatlaridan foydalanish sof benzinga bo‘lgan talabni 50-60 % kamaytiradi. Gazokondensatning fizik-kimyoviy xossalari
Ko‘rsatkichlar
|
Gaz kondensatlari
|
GOST 302-82
bo‘yicha yozgi (Yo) dizel yonilg‘isi
|
I
|
II
|
III
|
Setan soni
|
43
|
53
|
52
|
kamida 45
|
Fraksiya tarkibi,°S: boshlangich aynash harorati
|
103
|
111
|
140
|
-
|
50 %qaynash harorati
|
151
|
201
|
208
|
280 dan past
|
Oxirgi qaynash harorat
|
292
|
350
|
345
|
360 dan past
|
20°S dagi kinematik
qovushoqligi, mm2/s
|
1.2
|
1.7
|
2.1
|
3,0...6,0
|
Oltingugurt miqdori, % : umumiy
|
0,02
|
0,02
|
0,02
|
ko‘pi bilan 0,2 %
|
merkaptanli
|
0.0001
|
0.0001
|
0.0001
|
ko‘pi bilan
|
Gaz kondensatlarining qovushoqligi benzinlarnikiga yaqin bo‘lganligi uchun IYoD taminlash tizimini konstruktiv jihatdan o‘zgartirish talab qilinadi. Maxsus tajribalar yengil gaz kondensatlarining yetarli darajada barqaror yekanligini hamda ularni saqlash paytida isroflar (bug‘lanish tufayli) yuqori emasligini ko‘rsatdi. Jadvalda gaz kondensatlarining ba’zi xossalari keltirilgan. Og‘ir gaz kondensatlari Respublikamizning qator gaz konlaridan olinadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ularda dizel yonilg‘isiga qaraganda yengil fraksiyalari ko‘proq yekan. Bu jihat dizelning ishga tushish xususiyatlarini yaxshilashi va o‘z- o‘zidan alangalanishigacha bo‘lgan davrda yonish kamerasida bug‘lanishni jadallashtirishga olib kelishi kerak. Shu bilan birga, smolali qoldiqlar, ishlatilgan gazlarda tutun hosil qiladigan og‘ir fraksiyalar miqdori mazkur gaz kondensatlarida standart yonilg‘iga qaraganda sezilarli darajada kam bo‘ladi va u dizel xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina gaz kondensatlarining setan soni 40-65 oralig‘ida, ya’ni dizel yonilg‘isinikiga teng yoki biroz yuqori bo‘ladi. Bu jihat odatdagidek rostlashlarda IYoD ancha ravon ishlashini taminlaydi. Gaz kondensatlarining zichligi va qovushoqligi, odatda, dizel yonilg‘isinikidan kam bo‘ladi, bu esa dizel yonilg‘isiga mo‘ljallangan yonilg‘i tizimidagi tsikl davomida beriladigan yonilg‘i miqdorining biroz kamayishiga va purkash bosimining pasayishiga olib kelishi mumkin. Agar dizel ko‘rsatkichlari andoza yonilg‘ilarda ishlagandagi ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada yomonlashadigan bo‘lsa, gaz kondensatlarining qovushoqligini maxsus quyulashtirgichlar, masalan, poliizobutilen yoki dizel yonilg‘isi qo‘shib oshirish mumkin. Natijada standart yonilg‘iga bo‘lgan talab 40-50 % kamayadi. Qator gaz konlaridan olinadigan gaz kondensatlari tarkibida yeng zararli modda - oltingugurt bo‘ladi. Ba’zi hollarda ularning miqdori 3 % gacha yetadi va bu gaz kondensatlarini (IYoD) lari uchun yonilg‘i sifatida ishlatishni cheklab qo‘yadi. Gaz kondensatlari tarkibidagi oltingugurtni kamaytirish uchun maxsus texnologiya qo‘llash talab yetiladi, bu esa gaz kondensatlari ishlab chiqarishni qimmatlashtiradi. Biroq, O’rta Osiyo regionida ishlab chiqariladigan gaz kondensatlarining tannarxi IYoD larida qo‘llaniladigan standart yonilg‘ilarnikidan bir necha marta arzonga tushadi. Chunki gaz kondensatlaridan gaz konlari yainidagi tumanlarda foydalaniladi, shuning
uchun tashib keltirishga sarflanadigan xarajatlar standart yonilg‘ilarnikiga nisbatan kam bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |