Gazni qayta ishlash zavodlaridagi asosiy jarayon bu – benzinsizlashtirish jarayoni hisoblanadi. qayta ishlanadigan gaz gazini hajmidan, bu gazdagi zarur komponentlarni ajratish darajasiga va boshqa omillarga ko‘ra benzinsizlashtirishni to‘rt usuli qo‘llaniladi : • Kompressorlash; • Past temperaturali kondensatsiya va rektifikatsiya; • Absorbsiyalash; • Adsorbsiyalash; Benzinsizlantirishni kompressorlash usulida gazni siqishga asoslangan bo‘lib, havoli va suvli sovutkichlarda sovitiladi. Bunda gaz tarkibidagi og‘ir uglevrdorodlar va suv bug‘lari kondensaciyalanadi, so‘ngra separatorlarda ajratiladi. Bu usul orqali gazdan zarur komponentlardan yetarli darajada ajratish imkonini ta’minlaydi va odatda boshqa benzinsizlashtirish usullari bilan birikkan olda o‘tkazish talab yetiladi. Past temperaturali kondensatsiyalash (PTK) jarayonida siqilgan gaz masus sovuqagent (propan, ammiak)lar ishtirokida to past (minusli) temperaturagacha sovitiladi.
Natijada gazning katta qismi kondensaciyalanadi. Uglevodorodli kondensat separatorda ajratiladi, so‘ngra rektifikatsion kolonna – deetanizatorga beriladi. Kolonna yuqorisidan metan va etan, pastidan yesa beqaror gazsimon benzin chiqariladi. Past temperaturali rektifikatsiyalash (PTR) jarayonini past temperaturali kondensatsiyalash (PTK) dan farqi, yani PTR jarayoni ancha past temperaturada boradi va rektifikatsion kolonnaga ikki fazali aralashma: sovitilgan va uglevodorodli kondensat kiritiladi. Kolonna yuqorisidan benzinsizlantirilgan gaz, pastidan yesa metansizlantirilgan kondensat chiariladi, kondensatdan yetan ikkinchi kolonna – deetanizatorda ajratiladi. Benzinsizlantirishni absorbsiyalash usuli suyuq gaz masulotlarida gaz komponentlarining turli eruvchanligiga asoslangan jarayon absorberlarda o‘tkaziladi. Absorber balandligi bo‘yicha ko‘ndalang
to‘silar– barbotajli tarelkalarga joylashtirilgan. Gaz oimini pastki tarelkadan yuorigacha ko‘tarilishida uning tarkibidagi og‘ir uglevodorolar asta–sekin absorbentga yutiladi va absorber yuqorisidan to‘yingan absorbent chiariladi. To‘yingan absorbent desorbsiyalash orqali desorber yuorisidan gazli benzin chiariladi, pastdan qayta tiklangan absorbent sovitilgan olda absorberga qaytariladi. Absorbsiya jarayoni temperaturasi ancha past bo‘lsa, absorbentlarni yutish obiliyati shuncha yuori bo‘ladi.
Benzinsizlantirishni adsorbsiyalash usuli C8+ yuqori uglevodorodlar miqdori 50 dan 100 g/m3 gacha bo‘lgan gaz gazlarini qayta ishlashda qo‘llaniladi. U adsorbentlar yuzasiga bug‘lar va gazlarni yutilishiga asoslangan. Adsorbent sifatida odatda aktivlangan ko‘mirdan foydalaniladi. Bunda adsorbent gazdagi og‘ir uglevodorodlar asta– sekinlik bilan to‘yinadi. Yutilgan uglevodorodlarni haydash va adsorbentni qayta tiklash uchun o‘ta qizdirilgan suv bui bilan ishlov beriladi. Adsorbentdan haydalgan suv va uglevodorod bug‘lari aralashmasi sovitiladi va kondensaciyalanadi hamda olingan beqaror benzin osongina suvdan ajratiladi. Adsorbsiyalash jarayonlari qo‘llanilishidagi kamchiligi ularning davriy ishlashidir. Fraksiyalarga ajralishi kerak bo‘lgan gaz (H2S dan tozalangan gaz) 1komprotsessor yordamida 4 atm. bosimgacha siqiladi, 2-sovutkichda sovitiladi, keyin gaz 3-separatorga yuboriladi, undan keyin u 17 – 18 atm. gacha siqish uchun 4-komprotsessorga uzatiladi. U 5-sovutkichdan o‘tib, 6-gaz separatorga keladi, unda gaz kondensatidan ajraladi. Keyin 30 – 350S ga ega gaz 7-absorberni pastki qismiga keladi. Absorberda R = 14 – 16 atm. da ushlab turiladi. Yuqori qismidan absorbent beriladi. Absorberni yuqori qismida temperatura T = 300S, pastki qismida esa 450S. Absorberdan SN4 va N2 iborat gaz yana 8-absorberga uzatiladi. To‘yingan absorbent 7absorberni pastki qismiga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib tushadi va u 9-desorberga uzatiladi. Desorberda R = 10 – 11 atm. desorberni pastki qismida T = 1100S, yuqori qismida esa temperatura 350S ga teng. Desorberni yuqori qismidan etan–etilen fraksiyasi 10-
tozalagichga yuboriladi. Bunda H2S gazi NaOH bilan tozalanadi. NaOH sirkulyatsiyasi 12-nasos yordamida amalga oshiriladi. Etan – etilen fraksiyasi 12kolonnada suv bilan yuvilgandan keyin kompressor yordamida siqilib qayta ishlashga yuboriladi. Desorberni pastki qismidan yengil uglevodorodlarga ajratilgan maxsulot 13-nasos bilan issiqlik almashtirgich 14 ga uzatiladi va u 15- propan kolonnasiga beriladi. Bu kolonnada propan – propilen uglevodorodlari S4 va undan yuqori uglevodorodlardan ajratiladi. Kolonnani pastki qismi temperaturasi T = 140 – 1800S, bosimi R = 16 – 17 atm. teng.
Kolonnani yuqori qismidan propan – propilen fraksiyasi 16sovutkich kondensatorga tushadi, bunda u 20 – 250S gacha sovitilib va 17yig‘gichga keladi. Kolonnani yuqori qism temperaturasi 400S temperaturada ushlab turish uchun propan – propilen fraksiyasini bir qismi 8-nasos yordamida kolonnaga yuboriladi. Pastki qismidan esa chiqayotgan maxsulot butan – butilen, pentan fraksiyalarini olish uchun ajratiladi. Absorbsiya va rektifikatsiya sun’iy sovutkich ishlatmasdan propan – propilen fraksiyasini 80 – 850S bo‘lib – 90 – 95 %, pentan – 98 % dan yuqori miqdorda olish mumkin. Etan–etilen fraksiyasidagi etilenga talab katta bo‘lgani uchun ularni ajratishga e’tibor berilmoqda. Uglevodorod qismlarida ajratiladigan gaz 35 – 45 atm. bosim ostida 1-issiqlik almashgichdan o‘tib, 2-metan kolonnasiga keladi. Bunda SN4 va N2 boshqa uglevodorodlardan ajraladi. SN4 va N2 fraksiyasi kolonnani yuqori qismidan chiqib, etan – ammiakli sovutkich 3 sistemasidan o‘tib, 1-issiqlik almashgichga keladi. Kolonnani yuqori qismidagi temperatura va bosim: T=98-1000S, pastki qismi R=38–42 atm. Kondensat etan–etilen va boshqa uglevodorodlar kolonnani pastki qismidan chiqib, 4-etan kolonnasiga o‘tadi. Bu kolonnada bosim R = 25 – 30 atm. Temperatura yuqori qismida T =
- 5(-10 0S), pastki qismi 86 – 950S.
Kolonnani yuqori qismidan chiqqan etan – etilen fraksiyasi 5- kondensatorda suyuqlanib yig‘gich 6 ga keladi. Uning bir qismi 7-nasos
yordamida kolonnani to‘yintirish (sovuq oqim hosil qilish) uchun olinadi, qolgan qismi etilen kolonnani to‘yintirish uchun olinadi, qolgani 8- etilen kolonnasiga yuboriladi. Kolonna 8 ni yuqori qismidan etilen, pastki qismidan etan olinadi. S3 va undan yuqori uglevodorodlar etan kolonnasini pastki qismidan 10-propan kolonnasiga beriladi. Bu kolonnani yuqori qismidan propan – propilen fraksiyasi olinadi. S4 va undan yuqori uglevodorodlar kolonnani pastki qismidan olinib 14-butan kolonnasiga uzatiladi.