Farg‘ona gazni qayta ishlash zavodidagi quvvati 260 m3



Download 154,04 Kb.
bet3/6
Sana08.02.2022
Hajmi154,04 Kb.
#435234
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ISLOMOV sHOHRUH

Tayyor mahsulot tavsifi


Barcha uglevodorod gazlarini ularning kelib chiqishi bo‘yicha ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: birlamchi va ikkilamchi uglevodorod gazlari (UG). Birlamchi UG -bu gazlar o‘z navbatidayer ostidan, ya’ni qatlamdan olinadi. Ular qatlamda joylashishi bo‘yicha tabiiy va yo‘ldosh UG lariga bo‘linadi. Tabiiy UG - lari ikkiga bo‘linadi: Gaz konidan olinadigan (GK), tarkibi jihatidan yengil gazlar (metandan to butangacha) va gazokondensat konidan olingan (GKK), ya’ni kondan kondensatsiyalangan holda chiqadigan og‘ir gazlar (og‘ir uglevodorodlarning miqdori 5 dan 400% gacha). Yo‘ldosh UG
- lari bu gazlar gaz konidan gaz bilan birgalikda chiqadi, shuning uchun bu gazlarni yo‘ldosh uglevodorod gazlari deyiladi. Ikkilamchi UG - ular yengil uglevodorodlar xisoblanib, asosan gazni termokatalitik qayta ishlash jarayonlarida hosil bo‘ladilar. Odatda ularning tarkibi metandan to pentangacha bo‘lib, to‘yingan va to‘yinmagan UG lariga bo‘linadi. To‘yingan UG - bu gazlar gazni birlamchi qayta ishlash jarayonlarida va ortiqcha vodorod bosimida kechadigan katalitik (gidrokreking, gidrotozalash, izomerizatsiya, katalitik riforming) jarayonlarida hosil bo‘lib, tarkibi to‘yingan uglevodorodlardan tashkil topgan bo‘ladi. To‘yinmagan UG - bu gazlar vodorod gazi tanqisligi bilan kechadigan termodestruktiv (katalitik kreking, terming kreking, kokslash, piroliz) jarayonlarida hosil bo‘lib, tarkibini asosan olefin uglevodorodlari saqlagan to‘yinmagan uglevodorod gazlari tashkil etadilar. Tabiiy yoili gazlar metan qatori uglevodorotlari aralashmasini o‘zida namoyon yetadi. Ayrim konlardan chqiuvchi gazlarida nordon komponentlar (vodorod sulfid, uglerod ikki oksidi, azot, kislorod, kamchil gazlar –geliy va argon) bo‘ladi, shuningdek, barcha tabiiy gazlarni doimiy hamrohi suv bug‘laridir. Tabiiy gaz tarkibiga kiruvchi uglevodorodlarni shartli ravishda uch guruga bo‘lish mumkin: • I guruhga metan va etan kiradi, ular quruq gazlar hisoblanib, gazlarda ularning miqdori normal sharoitda 60 dan 95 % gacha bo‘ladi. • II guruhga propan, izobutan va n–butan kiradi. Bu uglevodorodlar normal sharoitda gaz ko‘rinishida, oshirilgan bosimlarda ular suyuq holatga o‘tadi. • III guruhga izopentan, n–pentan, geksan va biroz yuqori molekulali uglevodorodlar kiradi. Ular normal sharoitda suyuq holatda bo‘lib, benzin tarkibiga kiradi. Gazlarni qayta ishlashning mohiyati shundaki, ularni tarkibidan nordon komponentlar va namlikni yo‘qotish, so‘ngra bu gazlardan 1 va 2 guruh uglevodorodlarini ajratishdan iboratdir. Ma’lumki uglevodorod gazlari kelib chiishiga ko‘ra ularni uch guruhga bo‘lish mumkin: 1. Tabiiy gazlar, mustaqil hosil bo‘lgan bo‘lib tarkibida juda oz miqdorda suyuq uglevodorod saqlagan gazlar; 2. Yo‘ldosh gazlar, gaz bilan birgalikda chiquvchi gazlar; 3. Zavod gazlari, gazni qayta ishlashdagi destruktiv jarayonlarda hosil bo‘ladigan gazlar. Tabiiy gazlardan sanoat korxonalari va aholi turar joylarida yoqilg‘i sifatida keng foydalaniladi, bundan tashqari kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Bu mahsulotlar asosan vodorod, atsetilen, formaldegid, xloroform va boshalar. Yo‘ldosh gazlar kommunal ehtiyojlar va avtotransportlarda yoqilg‘i uchun qo‘llaniladi, shuningdek, piroliz jarayonlari uchun xom ashyo sifatida ham foydalaniladi. Neft xom ashyolarini qayta ishlashda har bir destruktiv jarayonlardan zavod gazlari hosil bo‘ladi. Zavod gazlari uglevodorod tarkibiga ko‘ra bir– biridan farqlanadi. Termik kreking gazlari tarkibida metan va boshqa miqdorda to‘yinmagan uglevodorodlarga boy bo‘ladi. Katalitik kreking gazlarida butanlar va butilenlar miqdori ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Tabiiy gazlarni qazib chiqarish va qayta ishlashda doimo gaz gidratlari hosil bo‘ladi. Gidrat hosil iluvchi komponentlar asosan tabiiy gaz tarkibidagi yengil uglevodorodlar – metan, yetan, propan, izobutan, shuningdek, azot, uglerod ikki oksidi va vodorod sulfid hisoblanadi. Tabiiy gaz gidratlari quyidagi formulaga egadir: SN2·6N2O; S2N6·8N2O; S3N8·17N2O; S4N10·17N2O; N2 S·6N2O; N2 ·6N2O; SO2 ·6N2O Gidratlar ko‘rinishi-oq kristall moddalar bo‘lib, hosil bo‘lish sharoitiga ko‘ra muz yoki zichlashtirilgan qorga o‘xshaydi. Uglevodorodli gaz gidratlarida suvli kristall panjara katta qismi suyuq propan va izobutan to‘la bo‘ladi, kichik qismida esa metan, etan, azot, vodorod sulfid va uglerod ikki oksidi bo‘ladi. Gaz gidratlari hosil bo‘lishi kuvurlar va jihozlarda tiqinlar tufayli ko‘ndalang kesim yuzasi kichrayishiga olib keladi. Neft va gaz sanoati korxonalarida gazlarni quritish va ingibirlashni turli sxema va usullaridan foydalaniladi. Gaz gidratlari hosil bo‘lishiga qarshi kurashda ingibirlash usuli (gaz oqimiga ingibitor kiritish) keng qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, bunda nam gaz oqimiga kiritilgan ingibitor suvda erkin eriydi va natijada suv bug‘lari bosimi hamda gidratlar hosil bo‘lish harorati pasaytiriladi. Ingibirlash hisobiga gidratlar hosil bo‘lish harorati pasaytirilishini Gamershmidt tenglamasi yordamida aniqlash mumkin:
Δt = 0,556 K/M · w/100 - w
bu yerda Δt- ma’lum bosimdagi gidratlar hosil bo‘lishni pasayish harorati, 0S; w- ingibitor massa ulushi,%; K-o‘zgarmas (metanol uchun K=2335; glikollar uchun K=4000); M- ingibitor molekulyar massasi. Gidratlar hosil bo‘lishiga qarshi ingibitorlar sifatida metanol va gazlarni quritishda glikollar keng qo‘llaniladi. Metanol (SN3ON) – metil spirti bo‘lib, gaz oqimiga kiritilganda suv bug‘larini yutadi va ularni past muzlash haroratidagi suvli spirt eritmasiga o‘tkazadi. Glikollar ham suv bug‘iga to‘yingandan keyin separatorlarda ajratiladi va so‘ngra qayta tiklanadi. Shuningdek, ingibitorlar sifatida kalsiy xlor (CaCl2) va litiy xlor eritmalari ham ko‘p qo‘llaniladi. Gidratlar hosil bo‘lishini oldini olishni yanada samarali usuli bu gazlarni quritishdir, bunda namlik miqdori keskin kamayadi. Sanoatda gaz va siqilgan uglevodorlarning quritishning keng tarqalgan usullari absorbsion va adsorbsion usullari bo‘lib, ular: suyuq yutuvchilar – glikollar (mono, di, tri etilenglikollar) qattiq yutuvchilar- (faollashtirilgan alyuminiy oksidi, silikagel, boksitlar) sintetik tseolitlar va boshqalarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Gaz sanoatida suyuq yutuvchilar yordamida gazlarni kuritish keng qo‘llaniladi.

Download 154,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish