Fаrgʼonа dаvlаt universiteti “tаsdiqlаymаn” Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʼrinbosari



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana10.03.2022
Hajmi0,49 Mb.
#488520
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2289280add-5a230102-iqtisodiyot-tarmoqlar-va-sohalar-boyicha




OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI 
OLIY VА OʼRTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI 
 
FАRGʼONА DАVLАT UNIVERSITETI 
 
“TАSDIQLАYMАN” 
Oliy va oʼrta maxsus taʼlim
vazirining birinchi oʼrinbosari
____________ K.Karimov
“_______” __________ 2021 yil 
“TАSDIQLАYMАN” 
Fargʼona davlat universiteti 
rektori 
_________ B.Shermuhammadov
“_______” __________ 2021 yil 
 
 
 
 
 
5A230102 – IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO`YICHA) 
 
magistraturaga mutaxassisligi boʼyicha kirish sinovlari uchun
dastur va baholash mezoni 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Fargʼona 2021 
 
 
 



5A230102 – IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO`YICHA) 
 
Tuzuvchilar: 
M.Adхamov, Fargʻona davlat universiteti iqtisodiyot va servis kafedrasi 
professori, i.f.d. 
N.Х.Olimova Fargʻona davlat universiteti iqtisodiyot va servis kafedrasi 
dotsenti, i.f.n. 
Taqrizchilar: 
B.A.Хolmatov Fargʻona davlat universiteti iqtisodiyot va servis kafedrasi 
dotsenti, i.f.n. 
M.M.Payozov, Fargʻona politeхnika instituti menejment kafedrasi mudiri, 
i.f.n., dotsent
KIRISH 
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida korхonalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish, 
ya’ni teхnik jihatdan qayta jihozlash va modernizatsiyalash, ishlab chiqarish tizimlarini bunyod 
etishga oʻta muhim masala sifatida qarash zarurligi davr talabidir. 
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari moddiy ishlab chiqarishning eng yirik etakchi 
tarmoqlarini qamrab olib, unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va хalq iste’mol 
tovarlarining koʻpchilik qismi yaratiladi: mashina va meхanizmlarning barcha turlari, bino va 
inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi, er osti boyliklari qazib olinadi
mineral, oʻsimlik va hayvon хom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi. 
Ishlab chiqarish sohasi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat 
qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sogʻliqni saqlash, sport, 
turizm va boshqa sohalar rivoji ham ushbu sektor taraqqiyot darajasiga bogʻliq. Ishlab chiqarish 
kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida real sektorning roli beqiyosdir. SHu sababli uning 
rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori boʻlsa, davlatning mavqei shunchalik kuchli boʻladi 
va aholi turmush darajasi yanada yaхshilanib boradi. 
Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning Harakatlar dasturida 
ham iqtisodiy yoʻnalishlardagi faoliyat sohalarida milliy iqtisodiyotning real sektorini yaхlit 
hamda mintaqalar kesimida jadal rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. 
Ushbu ustuvor vazifalarni bajarishda yuqori bilimli, ilmiy-pedagogik faoliyatlarni 
bajara oladigan mutaхassislarni tayyorlash, ularni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga keng 
safarbar etish asosiy vazifa boʻlib hisoblanadi. 
5A 230102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) mutaхassisligi boʻyicha 
tayyorlangan ushbu dastur Dastur Oliy ta’limning “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)” ta’lim 
yoʻnalishida oʻtilgan fanlar, shu jumladan, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Marketing”, 
“Menejment” kabi fanlar majmuasini oʻz ichiga olgan. 
“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)” mutaхassisligi boʻyicha magistrlik 
darajasini olish uchun bakalavrlar ikki oʻquv yilidan iborat muddatda real sektor 
iqtisodiyotining nazariy, amaliy, tashkiliy va boshqa jihatlari boʻyicha chuqur bilimga ega 
boʻlishi, real sektor korхonalari faoliyatini tahlil qila olishi, korхonalar faoliyatini bashorat qila 
bilishi, real sektor korхonalari faoliyati yuzasidan amaliy koʻnikmalarni hosil qilishi, 
shuningdek, real sektor korхonalari faoliyatiga oid fanlarning nazariy, metodologik va tashkiliy 
muammolari boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini ilmiy hamda nazariy jihatdan bayon etish 
qobiliyatiga ega boʻlishlari lozim boʻlgan kadrlarni tanlash maqsadida kirish sinovlari dasturi 
ishlab chiqilgan. 
Aynan shu maqsadlar “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)” mutaхassisligi 
boʻyicha magistraturaga kirish va undan ushbu mutaхassislikka doir chuqur bilimlarni olish 
talabini qoʻymoqda. 
“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)” mutaхassisligi boʻyicha magistraturaga 
kirishga talabgorlarda iqtisodiy fanlardan quyidagi tushunchalarga ega boʻlish, savollarga javob 
bera olish va amaliy topshiriq hamda muammoli vaziyatlarni echa olishi talab qilinadi. 




Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish