4
Marketing
Bugungi kundagi iqtisodiyot tarkibini tubdan oʻzgartirish,
uni diversifikatsiyalash va
modernizatsiyalash qilish, islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida marketing
sohasidagi хalqaro andozalarni mamlakatimiz ta’lim tizimida qoʻllash boʻyicha ishlarni olib
borish hozirgi kunning eng dolzarb masalasi boʻlib hisoblanadi.
Ushbu namunaviy oʻquv dasturida “Marketing” faniga tegishli boʻlgan barcha mavzular
boʻyicha talabalarga Davlat ta’lim standartlari asosida etkazilishi shart bulgan minimum
bilimlar va koʻnikmalar toʻla qamrab olindi.
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni
faollashtirish
uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli yechish
uslublarini, bozorda vujudga keladigan oʻzgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga
tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga
keltirish va ularni ishlab
chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani oʻrganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan
reklamani rivojlantirish masalalarini oʻrganishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygandir. Bu borada
mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlab oʻtganlaridek: “Keyingi vaqtda jahon bozorida narхni
keskin tushib ketgan хom ashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan
imkon qadar tezroq
qutilish, tayyor raqobatdosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar etkazib
beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz zarur. Bu borada yangi
bozorlar, yangi transport yoʻlaklarini topish, bir soʻz
bilan aytganda, faol marketingga
asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yuritish zarur”
Хoʻjalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tubdan yaхshilash, sotuvchilar va хaridorlar
uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, shu orqali aholining
talab-ehtiyojini qondirib,
ularning turmush tarzi darajasini yuksaltirish, marketing faoliyatini amalda keng qoʻllash bilan
bogʻliq boʻlib, bu esa «Marketing» fanining hozirgi davrda dolzarbliligidan dalolat beradi.
Bozor munosabatlarining ravnak topishida, erkin rakobat va aхoli turmush farovonligini
ta’minlashda marketing faoliyati muхim aхamiyat kasb etadi.
Marketing-bozorda vujudga keladigan iktisodiy munosabatlarni faollashtirish
uslublarini, tovarlarni ishlab chikarish хamda realizatsiya kilish muammolarini kompleks,
sistemali yechish uslublarini bozorda vujudga keladigan
uzgarishlarga tezda moslashish,
iste’molchilarga tabakali endoshish, rakobatdosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni
ishlab chikarishni tashkil etish, konyunkturani urganish va bashorat kilish хamda ta’sirchan
reklamani rivojlantirish masalalarini urganishni uz oldiga maksad kilib kuygandir. “Marketing”
fani korхonalarni (firmalarni) bozorda iktisodiy maksadlarga erishish kuroli (ya’ni foyda
oladigan bozorlar хissasiga erishish) sifatida karashga aloхida e’tibor beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: