Farg’ona Davlat Universiteti Tabiiy Fanlar Fakulteti
Biologiya yo’nalishi 19-58 guruh talabasi Ergasheva Muqaddasxonning O’zbekiston tarixi fanidan
Mustaqil ishi.
MAVZU: O’rta Osiyo allomalarining jahon sivilizatsiyasga
qo’shgan hissasi.
Reja:
1.IX-XII asrlarda O’rta Osiyoda me’morchilik, naqqoshlik, musiqa va adabiyotning rivojlanishi.
2.Ilm-fan taraqqiyoti: Al- Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn-Sino va boshqalarning jahon faniga qo’shgan hissasi.
3. Diniy bilimlarning rivojlanishi. Tasavvuf: Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband tariqatlari.
1.Me’morchilik.
O‘rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va Islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu sohasiga ham kuchli ta’sir qildi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O‘zgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko‘plab saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va karvonsaroylar qurildi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Namozgoh masjidi, Minorai Kalon hamda Vobkent va Jarqo‘rg‘ondagi minoralar va ko‘pgina boshqa binolar o‘sha davr me’morchiligining namunalaridandir. Bu yodgorliklar
o‘ziga xos me’morchilikning rivoj topganligidan dalolat beradi.
Bu davrda yo‘nilgan tosh, pishiq g‘isht va suvga chidamli
qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv omborlari bandlar, ko‘priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Bunday
inshootlarning o‘lchamlari matematika nuqtayi nazaridan g‘oyat puxta ishlangan. Masalan, X asrda Nurota tizmalaridagi Pastog‘ darasi to‘silib barpo etilgan Xonbandi nomli suv omboriga 1,5 mln metr kub suv to‘plangan. To‘g‘on granit toshi va suvga
chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. nBu suv omborini qurishda suvning vertical va gorizontal bosim kuchi va bu hududlarda tez-tez sodir bo‘ladigan zilzilalarning
silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar.
Bu, shubhasiz, XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to‘g‘risida yaratilgan kashfiyotdan qariyb 7 asr muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma’lum ekanligidan dalolat beradi.
X asrdan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch va qo‘shsinchli binolarning tagsinchlaridan tortib ustunlari-yu sarrovlari va to‘sinlarigacha yog‘ochlarni biriktirish uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g‘isht yoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish hozirgacha saqlanib keladi. Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan turarjoy qoldiqlaridan ma’lum bo‘lishicha, X–XI asrlarda ham paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o‘rinni egallagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |