Naqqoshlik, o‘ymakorlik va xattotlik. IX–XII asr boshlarida me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o‘ymakorlik
san’ati ham ancha rivoj topadi. Imoratning peshtoqi, eshigi
va devorining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan
qoplanar edi. Bu davrda xattotlik xalq san’atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo‘lyozma kitoblarning nusxalari faqat qo‘lda ko‘chirilishi tufayli xattotlik san’ati ancha rivoj topdi. Turli uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |