Reja:
Yer osti va ustidagi suvlarning sifatlari.
Yer osti va er ustidagi suvlarining xususiyatlari
Aholi ichadigan va xujalikda ishlatiladigan suv sifati
Markaziy suv ta’minotida ishlatiladigan er osti va er ustidagi suvlar O‘z xususiyatlariga ko‘ra har xildir. Ochiq havzalarning suvlari baktreiyalarning, loyqaning ko‘pligi, gullaganligi va tuzi kamligi bilan ajralib tursa, er osti suvlari rangsizligi, tiniqligi, bakteriyalarning yo‘qligi, tarkibida tuz miqdori ko‘pligi va bundan tashqari temir, ftor, erigan gazlar borligi bilan ajalib turadi.
Suvning fizik xususiyatlariga uning harorati, loyqaligi, rangi, mazzasi, xidi kiradi, ximiyaviy xususiyatiga suvdagi ximiyaviy moddalarning kam yoki ko‘pligi kiradi.
Suvningharorati har xil bo‘ladi. Daryo, kanal,anhor,ariq suvlarining harorati havo haroratiga bog‘liq bo‘lib, 0—300 atrofida O‘zgarsa. Er osti suvlarda O‘zgarish kam (5—150) bo‘ladi.
Loyqalik hamma er betidagi suvlarga xos xususiyatdir. Daryolarda qum va tuproq zarrachalari qirg‘oq va O‘zanlarningyuvilishidan hosil bo‘ladi. Suvning loyqaligi yil davomida juda O‘zgarib turadi.
Suv loyqaligini tiniqlik degan tushuncha orqali ham belgilash mumkin. Suvning loyqaligini o‘lchash uchun malum miqdordagi suv qog‘oz filtrdan o‘tkazilib, 1050 da quritilganidan keyin tarozida tortilib o‘lchanadi, tinio‘ligini o‘lchash uchun suv standart shaklda tayyorlangan shisha silindrga solinadi, silindr tagiga standart bo‘yicha yozilgan qalinligi 1 mm lik harflar o‘qiladi. YUqoridan qaralganda shu harflar aniq ko‘ringuncha suvni ko‘paytirib kamaytirib boriladi. Harflarni suv ostidan o‘qish mumkin bo‘lgan va millimetrda o‘lchangan qalinlik shu suvning tinio‘ligini bildiradi.
Suvning rangi deyilganda suvdagi gumin moddalarning suv rangini O‘zgartirish tushuniladi. Suvning rangi platin-kobalg‘tshkalasi bo‘yicha raduslarda o‘lchanadi.
Suvning mazasi va xidi har xildir. Uning mazasi achchiqroq, sho‘r, nordon va shirin bo‘lishi mumkin.
Suvning xidi hosil bo‘lishiga qarab tabiiy va Sun’iy bo‘lishi mumkin.
Tabiiy xid (chirigan xid, loy xidi, vodorod sul’fid gazi va boshqalar) tirik va jonsiz organizmlardan, qirg‘oo‘larning yuvilishidan, o‘simliklardan paydo bo‘ladi.
Sun’iy xid (xlorli, fenolli, neftli, xlorfenolli va boshqalar) suvlarga tozalanmagan chiqindi suvlar tushishidan hosil bo‘ladi.
Suvning xidi va mazasi unga qo‘shiladigan toza suv miqdoriga qarab anio‘lanadi. Suv mazasi va xidi shartli besh balli shkala bo‘yicha o‘lchanadi:
juda kuchsiz,
kuchsiz,
sezilarli,
aniq,
kuchli.
Er osti va er usti suvlarining ximiyaviy tarkibi har xil bo‘lib, quyidagi asosiy ko‘rsatkichlari bilan: oksidlanishi, quruq qoldiq bo‘lishi, ishqoriyligi, qattio‘ligi, tarkibida temir, marganets, xloridlar, ftorlar va boshqa moddalar borligi bilan xarakterlanadi.
Suv ta’minoti uchun tanlangan manbaa suvi tarkibida zararli va keraksiz moddalar bo‘lmasligi shart. Manbaa xolati doimiy kuzatib boriladi. Ichimlik suvi tarkibi quyidagicha mexyorlanadi:
Zich cho‘kma………………………….……………………… 1000 mg/l
Xloridlar(Cl-)………………….…………………………350 mg/l
Sul’fatlar (SO -)…………………………………………500 mg/l
Temir (Fe2+, Fe3+)…………………….……………………0,3 mg/l
Marganets (Mn2+)……………………………………………0,1 mg/l
Mis (Cu2+)………………………………………………… …1 mg/l
Rux (Zn2+)……………………………………………………..5 mg/l
Alyuminiy qoldig‘i (Al3+)……………….…………………0,5 mg/l
Geksometofosfat (RO4)……………………………….……3,5 mg/l
Tripolifosfat (RO4 ga xisobl.)…………...………..…….3,5 mg/l
Berelliy…………………………………..……………...0,0002 mg/l
Selen…………………………………………………….....0,001 mg/l
Molibden……………………………………..………..……..0,5 mg/l
Nitratlar (N ga xisoblang.)………………………......……..10 mg/l
Poliakrilamid……………………………………….....……..2 mg/l
qo‘rg‘oshin……………………………………………....……..0,1 mg/l
Stronsiy………………………………………………....………2 mg/l
Ftor…………………………………………………….....……1,5 mg/l
Umumiy qattio‘ligi…………………………………….......7 mg-ekv/l
Kolinideks……………………………………………....……….<1000
Tosh va xid intensivligi……………………………….....….<1 ball
Bakteriyalar umumiy soni…………………………….......……<100 l-1
Kishechn. Palochkalar…………………………………….......…...3 l-1
YUqoridagi ko‘rsatkchilarning birontasi talabga mos kelmasa, manbaa suvi yaroqsiz deb aytishga asos bo‘la oladi.
Agarda bir vaqtni O‘zida yuqorida ko‘rsatilgan moddalarni bir nechtasi mavjudligi anio‘lansa ularning solishtirma konsentratsiyalari yig‘indisi 1 dan kichik bo‘lishi shart.
bu erda: S - moddalar konsentratsiyasi mg/l
S1 – shu moddalar mexyoriy konsentratsiyasi , mg/l
Quruq qoldiq deyilganda suvdagi organik va noorganik modalarning (gazlardan tashqari) umumiy miqdori (har litrida milligramm) tushuniladi. Uni anio‘lash uchun malum miqdordagi suv bug‘lantirilib, qolgan qoldiq 105—1100 da og‘irligi O‘zgarmaydigan bo‘lgunicha quritiladi.
Suvning qattio‘ligi suvda erigan kal’siy va magniy tuzlarining og‘irligi bilan harakterlanadi. Suvning qattio‘ligi suvni ishlatib bo‘lish-bo‘lmasligini belgilovchi asosiy omillardan biridir.
Suvning qattio‘ligi umumiy, karbonatli va karbonatsiz qattio‘liklarga bo‘linadi. Umumiy qattio‘lik deyilganda karbonatli va karbonatsiz qattio‘liklar yig‘indisi tushuniladi. Karbonatli qatio‘lik deyilganda suvdagi kal’siy va magniyning karbonatli va bikarbonatli tuzlari borligi tushuniladi.
100>1>1000>
Do'stlaringiz bilan baham: |