Ma’ruzani mustaxkamlash uchun sovollar
Suv ta’minoti tarixi va hozirgi ahvoli ?
Suv tozalash usullarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati ?
Er osti va er ustidagi suvlarining qanday xususiyatlari bor ?
Suvning qattio‘ligi qanday o‘lchanadi ?
Aholi ichadigan va xo‘jalikda ishlatiladigan suvning sifatiga o‘qyiladigan talablarga nimalar kiradi ?
Er osti va usti suvlarining kimiyaviy tarkibini aytib bering ?
3- MA’RUZA
Er usti suv manbalaridan olinadigan suv tayorlash inshootlari. Suvga dastlabki ishlov berish. To’r va mato orqali filtirlash. Suvni tayorlashda biologik jarayonlardan: bioreaktor va biosberlardan foydalanish. Konstruksiyalari, texnologik sxemalari, xisobi.
Reja:
1. Suv resurslaridan mukammal foydalanishni rejalashtirish.
2. Suvga bo‘lgan talabni rivojlantrishni.
3. Suv tozalash sxemalari.
Jami suv hajmining mahsulot hajmi bilan bog‘liqligini extibor -ga olib, birinchi navbatda, yaqin va uzoq kelajakda ishlab chiqarish kutilayotgan usha mahsulot hajmini aniqlash bilan zarur.
O‘z navbatida, sanoat va qishlok xo‘jaligi mahsulotlarining talab darajasida. bo‘lishi aholi sonining o‘sishiga, bo‘g‘liq bo‘ladi.
Yani u yoki bu ishlab chiqarish mahsulotlariga talabning kamayishi yoki ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
MDX ishlab chiqarishining istiqbol rivojlanish negizi-bu ilmiy-texnik ilg‘or natijalardan foydalanishga, halk xo‘jaligini rejalashtirish va boshqarish usullarini takomillashtirishga asoslangan uzoq muddatga mo‘ljallangan davlat iqtisodiy siyosati hisoblanadi.
Mamalakat halk xo‘jaligi rivojlanishining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi umumhalk maxnaviy va moddiy extiyojini to‘liq qondirishda ishlab chiqarish kuchlarini oqilona rivojlantirishdir.
Sanoatda kunlik suv iste’moliga bo‘lgan talabning qo‘shish grafigi.
Qishlok xo‘jaligida yalpi mahsulot sanoatga nisbatan bir – muncha kamrok o‘sishi kuzatiladi, xatto qishlok xo‘jaligida yalpi mahsulotning nisbatan kam miqdorda bo‘lsada ko‘payishi suv iste’mol ining ko‘p miqdorda ortishiga olib kelishi mumkin. Kommunal–ro‘zg‘or xo‘jalik oqova suvlarini tarkibi va ifloslanganlik darajasi. Kommunal-ro‘zg‘or xo‘jalik oqova suvlari asosan quyidagi komoponentlar bilan turli darajada ifloslangan bo‘ladi .
Suvdan yopik siklda (qayta foydalanish tizimida) - korxonada suv ikki xil yo‘nalishda foydalaniladi:
1.Suvdan yopik siklda To‘g‘ridan-To‘g‘ri foydalanish tizimida suv manbadan turli inshootlar yoki uskunalar yordamida olinib birinchi navbatda suv tayyorlash sexiga yoki stansiyasiga uzatiladi, u erda suvning sifati texnologik jarayon uchun yaroqli holatga keltirilib keyin suv korxonaning xar bir sexiga yoki bo‘limga uzatiladi, texnologik jarayonda ifloslangan oqova suv sexlardan yoki bo‘limlardan chiqarilib mahalliy tozalash inshootlariga uzatiladi va u erda tozalanib suvni suv tayyorlash stansiyasiga yoki sexiga uzatiladi hamda yana texnologik jarayonda foydalaniladi.
2.Suvdan ketma-ket yopik tizimda foydalanish-suv manbaidan turli inshootlar yoki turli uskunalar yordamida olinib birinchi navbatda suv tayyorlash sexiga yoki stansiyasiga uzatiladi, u erda suvning sifati texnologik jarayon uchun yaroqli holatga keltirilib keyin suv korxonaning suvning sifatiga eng yuqori talab ko‘yilgan sexiga yoki bo‘limiga uzatiladi, bu bo‘lim yoki sexda ishlatilgan oqova suvlar mahalliy tozalash inshootlarida tozalanib keyingi sexga yoki bo‘limga uzatiladi va bu erdagi texnologik jarayon tugagandan keyin qolgan oqova suvlarni yana mahalliy tozalash inshootlarida tozalanib keyingi sexga yoki bo‘limga uzatiladi, bu tartibda suvdan foydalanish korxonaning hamma sexlarida yoki bo‘limlarida texnologik jarayonlar tugamaguncha davom etadi. Oxirgi sexdan yoki bo‘limdan chiqkan oqova suvlar mahalliy tozalash inshootlarida tozalanib suvni suv tayyorlash stansiyasiga yoki sexiga uzatiladi hamda yana texnologik jarayonda foydalaniladi.
Bunday tizimda suvdan foydalanish katta miqdorda suvni tejash imkonini beradi hamda muhitdagi suvning ifloslanishini oldi olinadi.
Sanoatda qancha suv qaytmas tarzda sarflanishi va qancha suv ifloslangan oqova suv sifatida kaytarilishi korxonada qanday tizimda suvdan foydalanishiga bog‘liqdir. Sanoat suv ta’minotida shakllanadigan oqova suvlarga mahalliy tozalash inshootlarida tozalagandan sung koladigan "qoldik" ni bartaraf qilish masalasi muhim masaladir, chunki bu oqova suvlar tarkibida aksariyat hollarda katta konsentratsiyada toksik, konsaragen va zaxarli moddalar bordir. Hozirda bunday "qoldik" larni bartaraf qilishning uch xil texnologik usullari mavjuddir:
1. Maxsus xovuzlarda kuyosh issiqligida qoldik tarkibidagi suvni bug‘latish yo‘li bilan uning tarkibidagi ifloslovchi moddalarni chukindiga tushirish hamda ulardan ikkilamchi ashyo sifatida foydalanish;
2."Qoldik" ni maxsus pechda bir zumda suvini bug‘latib pechkaning tubiga tuplangan chukindini ikkilamchi ashyo sifatida foydalanish;
3."Qoldik" ni er osti govakli yoki darz qatlamlariga katta bosim ostida joy-lashtirish usuli. Buning uchun xududda govakli yoki darzli tog‘jins qatlamlarini tanlash uchun maxsus geologik kidiruv ishlarini olib borish natijasida xududning geologik va tektonik tuzilishi urganiladi va kerak qatlam tanlanadi. Bu qatlam quyidagi talablarga to‘liq javob berishi kerak:
- katta maydonda tarkalgan bo‘lishi kerak;
- qatlam yuqori va pastdan katta kalinlikdagi suv o‘tkazmaydigan tog‘jinslari bilan chegaralangan bo‘lishi kerak;
- qatlamning yaxlitligi tektonik xarakatlari bilan buzilgan bo‘lmasligi kerak, yani turli siniklar yoki bushashgan joylari bo‘lmasligi kerak.
Suv tozalash sxemalari
Texnologik jarayon va inshootlar birgalikda suv tozalashning texnologik sxemasini tashkil qiladi. Suv tozalashda ko‘p qo‘llaniladigan texnologik sxemalar quyidagi belgilarga qarab bir-birlaridan farq qiladi:
reagent qo‘shish va reagent qo‘shilmasligiga qarab;
suvni tozalash darajasiga qarab;
texnologik jarayonlar soniga qarab;
bosimli va bosimsizligiga qarab.
S uv tozalash sxemalari-suvni manbaadan olib, tozalab, zararsizlantirib, saqlab va iste’molchiga etkazib berish uchun xizmat qiluvchi muxandislik inshootlar yig‘imidan iboratdir, Ichimlik hamda xo‘jalik maqsadlari uchun ham, sanoat korxonalari uchun ham reagent qo‘shib va qo‘shmasdan suv tozalash sxemasi o‘qllanilishi mumkin.
Reagent qo‘shilganda inshootlarda suv tozalash jarayonlari tez boradi. Bu usulda suvdagi muallaq zarrachalarning ko‘pini cho‘ktirishga 2—4 soat sarflansa, reagent qo‘shilmaganda birnecha sutkada cho‘ktiriladi. Reagent qo‘shilganda filtrdan soatiga 5—12 m tezlikda suv o‘tsa, reagent qo‘shilmaganda soatiga 0,1—0,3 m tezlik bilan o‘tadi.
Tozalash inshootlarini joylash rejasi.
Reagent xo‘chaligi
Bitligi suv ko‘tarish nasos stansiyasi.
Xlor saqlash inshooti.
Arlashtirgich.
Ko‘prik xosil qiluvchi kamera.
Tindirgich.
Filtir.
Toza suv saqlash inshooti.
Ikkinchi suv ko‘tarish nasos stansiyasiyu
Suv reagent qo‘shib tozalanganda inshootlar hajmi kichik, ixcham bo‘ladi va u arzonga tushadi, lekin undan foydalanish qiyin.
Reagent qo‘shmasdan suv tozalash usuli suv ko‘p sarflamaydigan iste’mol chilar uchun va tozalanadigan suvning rangi 500 dan oshmagan va o‘tda ishlatiladi, sanoat korxonalarida esa suvni iflosliklardan qisman tozalash uchun ishlatiladi. Bunday maqsadlarda suv bir marta hovuzlarda tindiriladi va sekin ishlovchi filtrlardan yoki bir marta dag‘al filtrlardan o‘tkaziladi.
Texnologik sxema tanlashda faqatgina iste’mol chilarning suvga bo‘lgan talabi va tozalanadigan suv sifatigagina ahamiyat berilmasdan, sarflanadigan suv miqdoriga ham ahamiyat beriladi. Tozalanadigan suv miqdori hisobga olinganda iqtisodiy jihatdan eng arzon inshootlar sxemasi tanlanadi. YUqoridagi shartlarni hisobga olgan holda Qurilish Normalari va qoidalariga muvofiq bir qancha texnologik sxemalarni olish mumkin.
5 ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |