Ma’ruzani mustaxkamlash uchun sovollar Suvlarni ultrabinafsha nurlari bilan qanday zararsizlantiriladi ?
Ultrabinafsha nurlar sifatida qanday lampalar ishlatiladi ?
Ultrabinafsha nurlarini beruvchi qurilmalar necha turga bo‘linadi?
Bu qurilmalarning afzalligi nimada?
Suvni zararsizlantirish darajasi qanday topiladi?
9-Ma’ruza Mavzu: Suv ta’minoti tizimining inshootlari va suv quvurlari korriziyasi, xamda iflosliklar bilan to’lib kolishga qarshi kurashish. Kal’siy karbanati bo’yicha suvning stabilligi. Karbanat angidrid muvozanati. Reja: Quvurlar ishlatilishi davrida korroziyaga uchraydi.Metall quvurlarning ishonchli va samarali ishlatilishi mezoni asosan ularning korroziyadan saqlanish darajasi bilan belgilanadi.
Ichki korroziya quvurlarning zanglashi natijasida teshilishi bilan birga ularning ichki yuzasining g‘adir-budurligini oshiradi, natijada quvurlarning suv o‘tkazish samaradorligi pasayadi. Ba’zi bir hollarda ularning gidravlik qarshiligi hisoblab aniqlansa, 8-9 barobar ortiq bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi suv ta’minoti tarmoqlaridan foydalanish muddatini qisqartiradi. Tuzatish, qaytadan, yetkazish va qo‘shimcha quvurlar olib kelish uchun qo‘shimcha mablag‘ sarflashga olib keladi. Metall quvurlarni korroziyadan saqlash uchun faol va sust usullar qo‘llaniladi. Quvurlarning ustki va ichki yuzasini izolyatsiyalash yoki quvurlarni maxsus qobiq bilan yopish sust usul, elektrik himoyalash esa faol usuldir.
Cho‘yan quvurlar korxonalarda tayyorlanganda ularning ustki va ichki yuzasiga korroziyaga qarshi maxsus mastikalar suriladi va ular korroziyaga qarshilik qilish muddatini uzaytiradi. Po‘lat quvurlar tayyorlanadigan korxonalarda korroziyaga qarshimaxsus qoplamalar qilinmaydi. Shu sababli quvurlarniyotqizishdan oldin korroziyaga qarshi choralar ko‘riladi. Tashqi yuzasini izolyatsiyalash uchun barcha po‘lat quvurlarga bitum-mineralniy, bitum-polimerniy, polumerniy, etilentli va shularga teng bo‘lgan qoplamalar ishlatiladi.
Suv ta’minotini qurish amaliyotida dunyo bo‘yicha po‘latquvurlarni korroziyadan saqlashda ularni sement bilan qoplashusulidan ko‘p foydalaniladi. Bu usulni yangi quvurlar va foydalanishdagi quvurlar uchun qo‘llasa bo‘ladi. Sementqoplamalari bilan qoplashning bir qancha usullari, jumladan, qum va sement qorishmalarini sachratish, sentrfugirlash mavjud.
Quvurlarning ichki yuzasida polimerli yuza hosil qilish uchun bir qator davlatlarda ta’mirlash qayta tiklash ishlari olib boriladi, bunda foydalanilayotgan quvurlar ichidan polimer quvurlarni sudrab olib o‘tish usulidan foydalaniladi. Oxirgi 15—20 yil ichida yuzasini bo‘yoqlash usuli keng qo‘llanilmoqda.
Metall quvurlarni korroziyadan saqlashda katodli himoyalash faol usulga kiradi. Bu usul korroziyalanishning elektrokimyoviy nazariyasiga asoslangan. Bu usulga ko‘p elektr quvvati sarflanishini inobatga olsak, bu usul quvurlarni qo‘shimcha himoyalashda foydalanilgan ma’qul. Elektrokimyoviy usulga quvurlarni rux bilan qoplash ham kiradi. Quvurlar elektr liniyalari o‘tgan yo‘llar bo‘ylab yotqizilganda adashgan toklar ta’sirida bo‘ladi. Bu toklar ta’sirida quvurlarning utski yuzasi yemiriladi. Quvurlarning adashgan toklardan saqlanishi usuli bunday toklarning paydo bo‘limasligi choralarini ko‘rishdir, bunga elektr toki yo‘lida maxsus qurilmalarni ko‘mish yo‘li bilan erishiladi.
Polimer materiallardan tayyorlangan quvurlar oddiy materiallardan tayyorlangan quvurlardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralibturadi. Ular elektrokimyoviy korroziya ta’siriga uchramaydi. Ulardagi bosimning pasayish qiymati metall quvurlarga nisbatan taxminan 30% kam. Bu quvurlar ichki yuzasida yangi qatlamlar hosil bo‘lmaydi va shu sababli bosim pasayish qiymati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi.
Po‘lat quvurlarda hosil bo‘ladigan gidravlik zarba plastmassa quvurlardagidan ma’lum darajada past bo‘ladi. Sababi bunday quvurlar tayyorlangan materiallarning elastik modeli past bo‘lganligida. Ular metall va boshqa materiallardan tayyorlangan quvurlar materiallaridan yengil. Plastmassali quvurlar suv ta’minoti tizimida tashqi tarmoqlarda quriladi. Plastmassa quvurlarning kamchiligi — ularning bo‘ylama cho‘zilish koeffitsiyentining kattaligi va egilishda bo‘lgan qarshiligining kamligidir. Suv ta’mirlash tizimlarida polimer quvurlarning GOS 2842— 82turi«Ichimliksuvi»gigiyenasivasifatininazoratqilishtalabiga to‘la javob beradi.