8-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Ultrafiltrlashning membranali uskunalar konstruksiyalarini tuzish va ularning xisobi.
Tozalanadigan suv ultrabinafsha nurlar ta’sirida zararsizlantiriladi.
To‘lqin uzunligi 200—295 N (nanometr) bo‘lgan nurlar bakteriyani o‘ldirish xususiyatiga ega, ular ichida 260 N bo‘lgan to‘lqin uzunligi bakteriyani eng ko‘p o‘ldirish xususiyatiga egadir.
.1-rasm. Suvni bosimli zararsizlantirish qurilmasi:
1 — simob-kvars lampalap; 2 — silindirik kvars; qobiq; 3 — to‘siq;
4 — kamera; 5 — suv taznovi; 6 — suv quviri.
Nur berish manbai sifatida BUV tipidagi kam bosimli argosimob lampalar, PRK va RKS tipidagi yuqori bosimli simob-kvars lampalaridan foydalaniladi.
BUV lampalari bo‘lmish BUV—15, BUV—30P, BUV—60P ishlatilgan qurilmalar OV—3N, OV—1P bo‘lib, ular soatiga 30 m3 suvni zararsizlantirishi mumkin.
OV—AKX—1 qurilmasida soatiga 150 m3 miqdordagi suvni zararsizlantirishda PRK—7 lampa, OV—1P—KKS, OV—3P— RKS va OV—PK—RKS qurilmasida soatiga 3000 m3 miqdorida suvni zararsizlantirishda RKS—2,5 lampasi ishlatiladi.
Kommunal xo‘jalik akademiyasi tomonidan suvni nur ta’sirida zararsizlantiruvchi qurilmalarning bosimli va bosimsiz xillari ishlab chiqilgan. Buning uchun lampalar suv ichiga va suv tashqarisiga o‘rnatilgan qurilmalardan foydalaniladi.
Lampalar suv ichida bo‘lsa, undan chiqqan nurdan to‘liq foydalaniladi.
Nur suv tashqarisiga o‘rnatilgan lampalardan berilsa, nurdan yaxshi foydalanilmaydi. Suvni nur ta’sirida zararsizlantiradigan qurilmaning afzalligi shundan iboratki, u suv ta’mi va kimyoviy tarkibini buzmaydi, bakteriyalarni xlorga nisbatan tez o‘ldiradi, kamchiligi esa loyqa suvni va tarkibida temir me’yordan ortiq bo‘lgan suvlarni zararsizlantirib bo‘lmaydi.
9-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Suvni chuchiklashtirish, suvni tussizlantirish, chuchuklashtirish usullarining tasnifi va texnologiyalari.
Manbadagi suv sifatini boshqarish (yaxshilash) muammolari ayniqsa arid iqlimli mintakalar uchun o‘ta muhimdir.Kimyoviy toza suv (N2O)-dan iborat. Tabiatda bunday suv bo‘lmay, u qandaydir kimyoviy eritma shaklida uchraydi. Uning kimyoviy tarkibi, suvning atmosfera xavosi suv oqimi hosil bo‘luvchi maydon, daryo o‘zani, er osti suvini sigindiruvchi suvli qatlam tuzuvchi tog‘jinslari bilan o‘zaro ta’siri va tabiiy suvlarga sanoat qishlok va kommunal xo‘jaligi hamda boshqa maqsadlar uchun suvdan foydalanish jarayonida paydo bo‘luvchi oqova suvlarni kushilishi natijasida hosil bo‘ladi. Xar bir suv iste’molchisi esa uning sifatiga o‘ziga xos talablar kuyadi. Jumladan, aholini suv bilan ta’minlash uchun Halqaro Soglikni Saqlash Tashkilotining "ichimlik suvi" sifatini belgilovchi me’yoriy ko‘rsatgichlarga sug‘orma dexkonchilik uchun muayyan tuprok sharoitida u yoki bu usimlik hayotiga bezarar bo‘lgan suv; bug‘ kozonlari uchun u yasalgan metall bilan kimyoviy reaksiyaga kirmaydigan va chukindi hosil kilmaydigan; balikchilik va chorvachilik uchun ularga bezarar va x.k. suvlar ishlatiladi. Aksariyat tabiatda bu maqsadlar uchun to‘g‘ridan- to‘g‘ri ishlatilishi mumkin bo‘lgan suv uchramay uning sifatini boshqarish yo‘li bilan maxsus tayyorlaniladi.
Bundan tashqari shur suvlarni tuзsiзlantirish, yani boshqarish muammosi ham mavjud.
Buning uchun turli usul va texnologiyalar yaratilgan. Ulardan asosiylari:
-Suvni muзlatish yo‘li bilan tuзsiзlantirish, buning uchun maxsus muзlatgichlar yaratilgan. Bu usul oila ehtiyojlarini chuchuk suvga bo‘lgan talabini qondirishda ishlatiladi;
-Suvlarni bug‘lantirish va sung suyultirish ( kondensatsiya). Bu usul ko‘pincha katta-katta issiqlik elektrostansiyalarida yo‘l-yo‘lakay hosil bo‘luvchi issiqlikdan foydalanish usuli bilan amalga oshiriladi.
Umuman bug‘lanish-suyultirish usulida suvni tuзsiзlantirish katta shaharlar va sanoat markaзlari uchun mansub. Bunda toзalanidigan suvning bug‘lanish darajasiga maxsus talab yo‘q. Tuзsiзlantirish jarayonida distillangan suv olinadi uni ichishga tayyorlash uchun kerakli miqdorda turlicha sho‘rlangan tabiiy suv aralashtiriladi. Bu usulda suvlarni tuзsiзlantirish maqsadida magistral gaз kuvurlari kompressor qurilmalarida hosil bo‘lidigan kushimcha issiqlikdan ham foydalanish mumkin.
Atom elektrostansiyalari negiзida bu usulni qo‘llash suvni radioaktiv ifloslanish xavfini tugadiradi:
Elektrodialiз yo‘li bilan suvni tuзsiзlantirish, eng ko‘p tarkalgan usul. Jarayon asosiga shur suvni elektrodlar orasiga urnatilgan maxsus polimer membranalardan siзilishi davrida undagi ayrim kation va anionlarning ushlanib qolish xususiyati yotadi. Bunday qurilmalarning suvni tuзsiзlantirish quvvati birlamchi suvning sho‘rlanish darajasiga bog‘liq: suv qancha past darajada sho‘rlangan bo‘lsa, vaqt birligi ichida shuncha ko‘p suv tuзsiзlantiriladi. SHuning uchun ham bu usulda shurrok er osti suv manbalaridan foydalaniladi va qishloklar, fermalar va shunga o‘xshash korxonalar ichimlik suvi muammolari echildi. Tuзsiзlantirish darajasi suvning tarkibiga ham bog‘liq.
QMQ
6.195. Suvni chuchuklantirish va tuзsiзlantirish usullarini oldindan tanlashda 38 jadvaldagi maъlumotlarni qo‘llashga ruxsat etiladi.
Suvni chuchuklantirish va tuзsiзlantirish usullari
Tuзli suvlar, mg/l
dastlabki
chuchuklantirilgan va tuзsiзlantirilgan
Ionli almashuv
2000 gacha
0,1-20
Distillyasiya
10 000 dan ortiq
0,5-50
Elektrodialiз
15 000 gacha
kamida 500
Qaytma osmos (giperfiltrlash)
40 000 gacha
10-1000
6.196. Suvni ion almashish va elektrodialiз bilan chuchuklantirish xamda tuзsiзlantirish konstruksiyalarini loyixalash uchun tavsiya etilayotgan 10 ilovada keltirilgan maъlumot va hisobiy o‘lchamlar ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilish loзim.