Farg‘ona, 2021-2022 “ Muhandislik kommunikatsiya qurilishi ” kafedrasi



Download 2,49 Mb.
bet34/61
Sana14.04.2022
Hajmi2,49 Mb.
#551056
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
Bog'liq
2 5193151322458691209

4 – amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Reagenlarni saqlash, tayorlash va dozalash tizimlari.
Suv tozalashda ishlatiladigan reagentlar.
Suv tozalashda eng ko‘p qo‘llaniladigan modda tozalanmagan alyuminiy sulfat tuzi AI2(SO4)3 18N2O bo‘lib, uning tarkibida 33% suvsiz alyuminiy sulfat va 23% erimaydigan moddalar bor.
Hozirgi vaqtlarda zavodlarda tozalangan alyuminiy sulfat tuzi chiqarilib, unda erimaydigan modalar miqdori 1% ga keltirilgan.
YAna koagulyant sifatida temir kuporosi G‘e SO4 ham qo‘llanilib u suvda temirning temir (II) gidrooksidini hosil qiladi, buning O‘zi esa erigan kislorod bilan yoki suvga qo‘shilgan xlor bilan reaksiyaga kirib, temir (III) gidrooksidini hosil qiladi. Temir (III) gidrooksidi parchalari alyuminiy sulfat parchalariga qaraganda 1,5 marta tezlikda cho‘kadi.
Suvga qo‘shimcha reagent qo‘shish talab qilgani uchun temir sulfat tuzi kamroq ishlatiladi.
Suv tozalashda yana suvda yaxshi eriydigan xlorli temir FeCI3 ham ishlatiladi. Xlorli temir alyuminiy sulfat va ohak bilan birgalikda ishlatilganda yaxshi natija beradi.
Koagulyant sifatida keyingi vaqtda taklif qilingan moddalardan alyuminiy oksixlorid [Al2(ON)5]Sl-6N2O va alyuminiy natriy NaAlO2larni ko‘rsatish mumkin. Bu moddalar qo‘llanganda suvning tarkibi o‘zgarmaydi.
D.M.Mins va YA.D.Raporot tomonidan koagulyasiyalaydigan eritma olishning elektroximik usuli taklif qilindi, bunda platinali elektrolizer qurilmasida temir va alyuminiy bo‘lakchalari sulfat kislota yoki osh tuzi eritmasida eritib olinadi. Bunday qurilmalar suv tozalaydigan stansiyaning o‘zida koagulyant olishini taminlaydi. Kam miqdordagi suvi tozalashda elektroximik yo‘l bilan koagulyant olish texnik-iqtisodiy analiz qilinganda, xarajatlari oddiy alyumiiniy tuzi ishlatib suv tozalash xarajatlariga teng kelishi, ayrim hollarda iqtisodiy jihatdan afzal bo‘lishi mumkinligi anio‘langan.
Ekspluatatsiya sharoitida suvga solinadigan koagulyat miqdori har kuni laboratoriya sharoitida tajriba qilib anio‘lanadi.
Suv tozalash inshootlari loyihalanayotgan vaqtda koagulyant dozasi qurilish normalari va qoidalariga muvofiq anio‘lanadi.
Qurilish Normalari va Qoidalarida loyqaligi har litrida 100 milligrammgacha bo‘lgan suvlar uchun koagulyant miqdori 25—35 miligramm, loyqalik 101—400 milligramm bo‘lganida 30—60 milligramm, loyqalik 401—1000 milligramm bo‘lganida 45—90 milligramm, loyqalik 1001—1800 milligramm bo‘lganida 65—115 milligramm, loyqalik 1801—1500 miligramm bo‘lganida 80—130 milligramm olish tavsiya etiladi.
Rangli suvlar uchun koagulyant miqdori quyidagi formula yordamida anio‘lanadi:
Dk=4 ,
bu erda s suvning rangi, gradius.
Suvda ishqor kam bo‘lsa koagulyasiya jarayoni yaxshi borishi uchun unga ohak yoki soda solinadi.
Ohak yoki soda miqdorini quyidagi formuladan topish mumkin:
Dsh=K(0,0178Dk—SH+1),
bu erda Dk – suvsiz alyuminiy sulfat miqdori, litrida milligramm;
SH – suvning eng kam ishqoriyligi, litrida mg-ekv;
K – ohak uchun (SaO bo‘yicha) 28 ga, soda uchun (Na2CO3 bo‘yicha) 53 ga teng bo‘lgan koeffitsient.
Bu formulaga solib hisoblaganda Dsh manfiy chiqsa suvni ishqorlash talab qilinmaydi.
Koagulyasiya jarayoni hamda suv tozalovchi inshootlar ishini tezlashtirish uchun keyingi vaqtlarda flokulyantlar (poliakrilamid PAA), aktivlashtirilgan silikat kislota va K—4 flokulyant) qo‘llanila boshlandi.
Suv tozalashda qo‘llanish mumkinligi isbotlangan va suv tozalash uchun tavsiya qilingan flokulyantlar bor, bulardan biri VA 2 dir.
Bu flokulyantlar suvga ta’sir qilishi uchun suvga oldin kichik molekulali elektrolitlar sulfat alyuminiy, temir sulfat, xlorli temir va boshqa tuzlar qo‘shish kerak.
Flokulyantlar qo‘lanilganda koagulyasiya jarayonlari tezlashadi, muallaq zarracha qatlamli tindirgichlarda ko‘tarilayotgan suv tezligi oshadi, tindiruvchi hovuzlarda loyqa zarrachalarning chikish tezligi oshadi, filtrlardan oo‘tayotan suvning tezligi oshadi.
Suv tozalashda qo‘llaniladigan xlor va xlorli ohak kolloid zarrachalari atrofidagi qobio‘larni buzish uchun ishlatiladi. Bu holda koagulyant yaxshi ta’sir qiladi. Suvga bu moddalar qo‘shilganda suv tozalovchi inshootlarning sanitariya holati yaxshilanada va suv zararsizlantiriladi.
Aktivlashtirilgan ko‘mir, ammiak va sulfat angidridlar suv hidini yo‘qotish, mazasini yaxshilash uchun qo‘llaniladi, ammiak xlorning bakteriyaga qarshi kuch ta’sirini uzaytirishga xizmat qiladi.
Natriy silikat ftorid va ammoniy silikat ftorit suvlarni ftorlash uchun ishlatiladi.
Reagentlar suvga quruq poroshok holda yoki eritma holida solinadi. Ikkala holda ham suv tozalash stansiyasida reagent xo‘jaligini tuzish talab qilinadi.


Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish