7-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Muallaq cho’kmalar qatlamida tiniqlashtirgichlar. Konstruksiyalari vaxisobi.
Tozalanadigan loyqa suv muallaq holatdagi dastlabki cho‘kkan cho‘kindilar qatlamlari orasidan o‘tkazilsa, suvni tindirish jarayoni ancha jadallashadi. Suvning dastlabki hosil bo‘lgan cho‘kindilar bilan qo‘shilishi birmuncha yirikroq va zichroq parchalar hosil bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Bunday muhit suv oqimini tindirgichning hajmi bo‘ylab, bir tekisda oqishiga yordam beradi va u bilan loyqaning gidravlik ko‘rsatkichlarini keskin yaxshilaydi, suvdagi loyqalarning cho‘kish tezligi 2—3 barobar ortadi.Tozalanadigan loyqa suvni muallaq holatdagi dastlabki cho‘kkan cho‘kindilar qatlamlari orasidan o‘tkaziladigan inshootlar muallaq cho‘kmali tindirgichlar deyiladi.
Muallaq cho‘kmali tindirgichlarda suvni tindirish tindirgich-larga nisbatan birmuncha jadalroq kechadi, suvning inshootda bo‘lish vaqti ham kamayadi, shu bilan birga inshootlarning hajmi ham kichiklashadi.
Muallaq cho‘kmali tindirgichlar orasida yo‘lakli muallaq tindirgich eng ko‘p tarqalgan. Bu tindirgich rejada to‘g‘ri to‘rt-burchak shaklida bo‘lib, suv tozalovchi qismining tagi piramida shaklida, ikkita suv tozalovchi qismlari o‘rtasida esa cho‘kma yig‘iladigan qismi joylashtiriladi, uning ham tagi piramida shaklida bo‘ladi. Piramidali qismining yuzasi yuqoridagi qismga nisbatan kichik bo‘lgani uchun bu erda suv tezroq ko‘tarilib, cho‘kmani cho‘ktirmasdan turadi. Piramida tagidagi quvurlardan chiqayotgan suv bir me’yorda ko‘tarilishi uchun teshiklar tepasiga qaytargichlar o‘rnatiladi.
Tozalanadigan suv quvurlar orqali muallaq cho‘kmali tindirgich ikkita bo‘limining tag tomonidan yuboriladi. Suv shunday tezlik bilan yuboriladiki, yuqoriga ko‘tarilish jarayonida tindirgichning tindirish bo‘limlaridagi loyqa qalqib turadi, keyingi beriladigan suv esa ana shu qalqib turgan cho‘kma orqali o‘tadi. Inshootning tepasidagi tarnovlar orqali toza suv yig‘ib olinadi, qalqib turgan cho‘kma ko‘payib ketsa, u tindirgichning cho‘kindi yig‘iladigan bo‘limiga o‘rtadagi devorga qurilgan darchalar orqali o‘tib, shu erga cho‘kadi. CHo‘kindi tepasida toza suv hosil bo‘ladi, bu suv inshoot yuqorisiga o‘rnatilgan quvurlar orqali yig‘ib olinadi.
Toza suv olish muallaq cho‘kindining qalinligiga bog‘liq, bu cho‘kindining qalinligi ko‘pincha 2—2,5 m bo‘lib, undagi suv ko‘tarilish tezligi 0,5—1,2 m/sek bo‘ladi.
CHo‘kmali tindirgichlarning suv tindiriladigan qismining yuzasi quyidagicha aniqlanadi:
F = q•Krv/3,6 V,
bu erda: K r v — suv tindiradigan va cho‘kma yig‘iladigan qismlarga taqsimlanish koeffitsienti;
q — tozalanadigan suv sarfi m3/soatda;
V — suvning tindiruvchi qismidan ko‘tariladigan tezligi mm/sek.
ho‘kma yig‘iladigan qismning yuzasi quyidagicha aniqlanadi:
Fcho‘k.=(1-Krv)q/3,6•V, (m2. o‘lchanadi)
CHo‘kma qabul qiluvchi darchalarning pastki chetidan yoki cho‘kmani qabul qiluvchi quvurlarning tepasidan konus qismining tik shakliga o‘tadigan qismigacha bo‘lgan oraliq 1— 1,5 m, dan kam bo‘lmasligi kerak. Tindirgichning cho‘kma yig‘iladigan qismining hajmi quyidagicha aniqlanadi:
W cho‘k.yig‘.=[q(c-m)/b
N—uvdagi loyqaning umumiy miqdori ml/l,
tindirgichdan chiqayotgan suv tarkibidagi
loyqa miqdori mg/l;
cho‘kma siqiladigan vaqt 3—12 soat;
ma’lum bir vaqt davomida siqilgan cho‘kma
suyuqligi;
hisoblanayotgan tindirgichlar soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |