Farg‘ona, 2021-2022 “ Muhandislik kommunikatsiya qurilishi ” kafedrasi



Download 2,49 Mb.
bet45/61
Sana14.04.2022
Hajmi2,49 Mb.
#551056
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61
Bog'liq
2 5193151322458691209

14-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Suvni tayorlashda suvni tozalash uchun tizimlarni tanlash.
Suv tozalash inshootlari suv ta’minoti tizimidagi asosiy elementlardan biri hisoblanadi va boshqa inshootlar bilan uzviy bog‘liqdir. Suv ta’minoti obektining joylashishiga qarab, toza-lash bekatlari tanlanadi. Suv tozalash bekatlari ko‘pincha iste’molchilarni suv bilan ta’minlaydigan suv manbalariga yaqin joylashtiriladi va shu sababli ular nasos bekatining birinchi bos-qichidan uncha uzoqlikda bo‘lmaydi. Suv tayyorlash amaliyotiga ko‘ra, reagentli va reagentsiz, tozalash darajasiga ko‘ra, texno-logik jarayon soni hamda ulardagi bosqichlar soniga, bosimli va bosimsiz texnologik chizmalari mavjud. Tozalash inshoot-larining tuzilishini hal qilishdan avval, suv tozalash jaryonining texnologik chizmasi, shu bilan birga tozalash inshootlarining turi, soni va inshootlarning ko‘rsatkichlarini aniqlab olish zarur.
Aholi turar-joylarini suv bilan ta’minlashda (suv manbaida-gi suv sifatiga ko‘ra) suv tozalash sxemasini bir bosqichli yoki ikki bosqichli, yoki ko‘p bosqichli chizmada amalga oshirish mumkin. 1- rasmda suv ichimlik maishiy-xo‘jalik uchun uzatil-ganda, suv tozalash inshootlarini o‘zaro joylashtirishning ikki bosqichli chizmasi keltirilgan. Unda suvni tozalashdagi kogulatsiyalash, gorizontal tindirgichda tindirish, filtrlash va xlor yordamida zararsizlantirish muammolari hal etilgan. Nasos bekatining birinchi bekatidan uzatilayotgan suv, avvalambor, aralashtirgichga uzatiladi, unga suvni kogulatsiyalash uchun reagent eritmasi yuboriladi va aralashtirgichda reagent bilan suv o‘zaro aralashtiriladi. Suv aralashtirgichdan reaksiya kamerasiga yuboriladi, bu inshootlarda suvdagi kichik zarralar kattalashib, parchalar hosil qiladi, shundan so‘ng suv dastlab

1- rasm. Suvga ishlov berish usullari.
gorizontal tindirgichdan, undan keyin filtrdan o‘tadi. Filtrdan o‘tgan suv quvurlar orqali toza suv rezervuariga uzatiladi. Toza suv rezervuariga suv uzatadigan quvurga suvni zararsizlantirish uchun xlor uzatiladi.
Ayrim hollarda suvga xlor ikki marta ham yuborilishi mumkin: aralashtirgichdan oldin va ikkinchi filtrdan so‘ng. Suvni bir bosqichli tozalash sxemasini tanlaganda, suvni tozalash uchun filtrlash yoki muallaq cho‘kmali tindirgichlarni qo‘llash mumkin. Suv tozalash bekatlarida suv bir inshootdan ikkinchi inshootga quvur yoki tarnovlar orqali o‘zi oqib o‘tadi. SHu bois inshoot-larning o‘zaro joylashishiga quvur va inshootlarda yo‘qotilgan bosim qiymati ma’lum darajada ta’sir qiladi. SHuning uchun inshootlar bir-biriga nisbatan ular orasidagi quvurlar va inshootlarning o‘zida yo‘qotilgan bosim qiymati inobatga olingan holda joylashtiriladi. Ayrim hollarda suv tozalash bekatlarida suvlar bir inshootdan ikkinchi inshootga bosim ostida o‘tishi mumkin. Bunday chizmada nasos bekatining ikkinchi bosqichi kerak bo‘lmay qoladi, ya’ni suv tozalash bekatida tozalangach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga uzatilsa bo‘ladi. Suvni tozalash darajasiga qarab, to‘la va chala tozalash chizmasidan foydalanish mumkin. Suvni to‘la tozalash chizmasini ichimlik suv tayyorlashda, chala tozalash chizmasini texnik suv tayyorlashda qo‘llash mumkin.
Kogulatsiyalash.
Suv tarkibidagi juda mayda kolloidli va ajralgan holdagi modda zarralarning molekulyar tortishish kuchi ta’sirida ularni bir-biriga yopishtirib kattalashtirish kogulatsiyalash deyiladi. Tabiiy suvlarni tozalashda kogulatsiyalashning asosan ikki turi mavjud. Reaksiya kameralarida mavjud bo‘ladigan erkin hajmda kogulatsiyalash va donador materiallar bilan to‘ldirilgan qatlamda yoki muallaq moddalar cho‘kmalari massasida kontaktli kogulatsiyalash. Kogulatsiyalash natijasida suv tarkibidagi mayda moddalar yiriklashib, parchalar hosil qiladi va natijada suvdan ajralib, qurilmalar tubiga cho‘kish ehtimoli oshadi. Suvni tindirish va rangsizlantirish uchun ularni tindirgich va filtrlardan o‘tkaziladi, bu jarayonni jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida suv tarkibidagi tutib qolinishi lozim bo‘lgan moddalar kogulatsiyalanadi.
Suv tarkibidagi mayda kolloidli va ajralgan holdagi modda zarralarida kogulatsiyalash jarayonini vujudga keltirish uchun suvga kimyoviy reagent — kogulantlar qo‘shiladi.
Hozirgi paytda kogulatsiyalashda ko‘p qo‘llanadigan reagentlarga aluminiy sulfat tuzi Al 2(SO4)3, temir kuporasi Fe SO 4 va FeCl3 xlorli temir kiradi. Tozalangan suvga alumin sulfat
tuzi Al (SO ) solinganda, avvalambor, u distillatsiyalanishi natijasida aluminiy kation bilan sulfat anioni hosil bo‘ladi A (SO ) , 2Al+3SO. SHundan so‘ng aluminiy ioni gidroizolyasiyalanish natijasida cho‘kindi holatdagi aluminiy gidrooksid hosil qiladi.
Al+3H O®Al(OH) +3H
Vodorod kationi ko‘rsatilgan jarayonda teskari ta’sir qiladi. Vodorod ioni suv tarkibidagi gidrokarbonat ionlari bilan birga karbonat angidridni hosil qiladi.
H+HCO >CO +H O
Agar bu reaksiyada suvning tabiiy ishqori etishmasa, u holda suvni qo‘shimcha ishqorlash kerak bo‘ladi. Buning uchun ohak yoki soda ishlatiladi. Suvga kculant sifatida temir kuporasi FeSO qo‘shilganda,
u suvda temir II gidrooksidini hosil qiladi, buning o‘zi esa erigan kislorod bilan reaksiyaga kirishib, temir III gidrooksidini hosil qiladi, oksidlash jarayoni suvning pH ko‘rsatkichi 8 dan kam bo‘lmaganda tez boradi. SHu sababli suvga so‘ndirilgan ohak qo‘shishga to‘g‘ri keladi. Ba’zi hollarda oksidlash jarayonini tezlatish maqsadida xlor qo‘shiladi. Ko‘pincha tozalanadigan suvni yumshatish kerak bo‘lganda, suvga kogulant sifatida asosan temir kuporasi ishlatiladi.
Tozalanadigan suvga solinadigan kogulant miqdori KMK—2 04.02.97 ko‘rsatmalariga muvofiq aniqlanadi. Rangli suvlar uchun kogulant miqdori quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
D =4 vS .
bu erda: S — tozalanadigan suv rangi, daraja.
YUqorida aytganimizdek, tozalanadigan suvda tabiiy ishqor kam bo‘lganda, kogulatsiyalash jarayoni muvaffaqiyatli borishi va undagi ishqor miqdorini ko‘paytirish uchun ohak yoki soda qo‘shiladi, ularning miqdori quyidagicha aniqlanadi:
D =K (D / e -I )+1;
bu erda: D k — ishqorlash vaqtidagi suvsiz kogulantning mak-simal miqdori, mg/litr.
E — suvsiz kogulantning ekvivalent massasi mg/mg•ekg.
Al2(SO4)3= 57; Fe Cl3=54; Fe2(SO4)3= 67.
Ksh — koeffitsient, ohak uchun = 28, soda uchun = 53,
IO — suvning eng kam ishqorligi mg. Ekv/l.
Agar hisoblab topilgan qiymat manfiy chiqsa, u holda suvni ko‘shimcha ishqorlashga hojat qolmaydi.
Kogulatsiyalash jarayoni hamda suv tozalash inshootlarining samaradorligini oshirish maqsadida flokulantlardan foydalanish mumkin.
Flokulyantlar — yuqori molekulali moddalar bo‘lib, mineral yoki organik bo‘lishi mumkin.


Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish