Farg‘ona, 2021-2022 “ Muhandislik kommunikatsiya qurilishi ” kafedrasi



Download 2,49 Mb.
bet36/61
Sana14.04.2022
Hajmi2,49 Mb.
#551056
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
Bog'liq
2 5193151322458691209

6 –amaliy mashg’ulot.
Kontakli tiniqlashtirgichlar, ularning konstruksiyalari va xisobi.
Reaksiya kamerasi ma’lum bir gidravlik sharoitda loyqa zarralarni o‘zaro biriktirib, pag‘a-pag‘a parchalar hosil qilish va ularning tindirgichda tezda cho‘kishiga imkoniyat yaratuvchi inshootdir.
Pag‘a-pag‘a parchalar hosil bo‘lishi suvga reagentlar qo‘shilishidan boshlanadi va bu jarayon nisbatan sekin boradi.
SHu sababli kerakli kattalikdagi pag‘a-pag‘a parchalar hosil qilish uchun 10 min dan 30 min gacha vaqt talab etiladi. Pag‘a-pag‘a parchalar hosil bo‘lishi uchun suvni bir maromda aralashtirish muhim ahamiyatga ega. Suvni aralashtirish vaqtida suvning oqish tezligi pag‘a-pag‘a parchalarning reaksiya kamerasida cho‘kmasligi va ularning qaytadan parchalanib ketmasligini ta’minlashi lozim.
Hozirgi vaqtda shahar suv tozalash inshootlarida mexanik va gidravlik reaksiya kameralari qo‘llaniladi. Gidravlik reaksiya kameralariga o‘ramli, shag‘alli, to‘siqli, girdobli turlar kiradi. Bu reaksiya kameralari tindirgich tarkibida qurilishi mumkin.
To‘siqli kameralar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida temir-betondan yasalib, uning uzunligi bo‘yicha eni kamida 0,7 m oraliqda bo‘lgan to‘siqlar qo‘yilib, yo‘laklar hosil qilinadi va shu yo‘laklarda suv ma’lum tezlikda oqib o‘tadi. Kamerada suv oqish tezligi 0,2—0,3 m/sek. Odatda, to‘siqli reaksiya kameralari tozalash bekatlarining quvvati sutkasiga 30 ming m3 dan oshganda qo‘llaniladi.
O‘ramli kameralar temir-betondan yasalgan to‘ntarilgan konus yoki piramida shaklidagi rezervuar bo‘lib, konus hosil qilish burchagi 50—70° bo‘ladi. Suv qurilmaning pastki qismidan yuqori qismiga harakat qiladi, natijada suvning harakat tezligi ma’lum miqdorda kamayadi, shu tezlikning o‘zgarishi hisobiga suv kamera ichida aralashadi. Suvning oqish tezligi 0,7—1,2 m/ sek dan 0,004—0,005 m/sek gacha o‘zgaradi.
Girdobli kameralar ko‘pingcha tik tindirgich bilan birlashti-rilib, tindirgichning markaziy quvurida joylashtiriladi. Suv kameraning yuqori qismida joylashtirilgan ikkita maxsus naycha-lar orqali yuboriladi. Bu naychalar suvni quvurning ichki devoriga urinma holatida yuborishga sharoit yaratadi. Suv bu naychadan sekundiga 2—3 m tezlikda chiqishi sababli, suv kameraning ichki devorlari yuzasida aylanma harakatlanib, yuqoridan pastga oqadi. Kameraning quyi qismida aylanma harakatni to‘xtatish uchun yog‘ochdan balandligi 0,8—1,0 m va oraliqlari 0,5´0,5 m bo‘lgan panjara shaklida to‘siq o‘rnatiladi. Kamerada suvning bo‘lish vaqti 15—20 min.
YAssi parrakli kameralarda suvni aralashtirish elektrodvigatel yordamida harakatga keltiriladigan qirg‘ichlar yordamida amalga oshiriladi. YAssi parrakli kamerada harakatlanuvchi qirg‘ichlar tik va gorizontal o‘qlarda joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Buqurilma temir-betonli hovuzdan iborat bo‘lib, unda suvga 10— 20 min ishlov beriladi. Hovuzning o‘rtasida tik o‘qqa qirg‘ichlar joylashtiriladi. Suvning kameradagi o‘rtacha harakat tezligi 0,2— 0,25 m/sek.

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish