Eruvchanlik
1. Biror bir tuzning 70°C dagi eruvchanlik koeffitsiyenti uning 50°C dagi eruvchanlik koeffitsiyentidan 1,5 barobar ko’p. Agar shu tuzning 70°C dagi 290 g to’yingan eritmasi 50°C gacha sovutilganda 30 g tuz cho’kmaga tushishi ma’lum bo’lsa, shu tuzning 50°C dagi eruvchanlik koeffitsiyentini toping.
A) 30 B) 45 C) 20 D) 15
Yechim:
70°C S=1,5x
50°C S= x
-----------
0,5x
100+1,5x ----------0,5x
290 -----------30
x=30 bu 50°C
30*1,5=45 bu 70°C J: B
2. Biror bir tuzning 90°C dagi eruvchanlik koeffitsiyenti uning 60°C dagi eruvchanlik koeffitsiyentidan 3 barobar ko’p. Agar shu tuzning 90°C dagi 240 g to’yingan eritmasi 60°C gacha sovutilganda 60 g tuz cho’kmaga tushishi ma’lum bo’lsa, shu tuzning 90°C dagi eruvchanlik koeffitsiyentini toping.
A) 10 B) 30 C) 60 D) 20
Yechimi:
90°C 3x
60°C. x
3x-x=2x cho'kma massasi
3x+100. 2x
-------------=----------
. 240. 60
x=20 g 60°C uchun
20×3=60 g 90°C uchun
J: C
3. 40° C dagi CuSO4 ning to'yingan eritmasiga CuSO4 qo'shib qizdirilganda 240 gr 50% li eritma hosil bo'ldi. Eritma 40° C gacha sovutilganda 100 g CuSO4•5H2O tarkibli kristallogidrat cho'kmaga tushdi. Dastlabki eritmaga qo'shilgan CuSO4 tuzining massasini toping.
A)40 B)44 C) 72 D)36
Yechimi:
CuSO4(m) 240×0,5=120 g
CuSO4•5H2O.....CuSO4
250 g ----------------160 g
100 g ---------------x=64 g
240-100-64=84 g SUV
120-64=56 g tuz
56+84=140 g eritma
84 g H2O---------56 g CuSO4
120 g ------------x=80 g CuSO4
Qizdirilgan eritmada 120 g CuSO4 erigan
120-80=40 g CuSO4 qo'shilgan
J: A
4. 40° C dagi CuSO4 ning to'yingan eritmasiga CuSO4 qo'shib qizdirilganda 240 g 50% li eritma hosil bo'ldi. Eritma 40°C gacha sovutilganda 100 g CuSO4•5H2O tarkibli kristallogidrat cho'kmaga tushdi. Dastlabki eritmaning massa ulushini (%) toping.
A)40 B)44 C)72 D)36
Yechimi:
CuSO4(m) 240×0,5=120 g
CuSO4•5H2O.....CuSO4
250 g ----------------160 g
100 g ---------------x=64 g
240-100-64=84 g SUV
120-64=56 g tuz
56+84=140 g eritma
84 g H2O---------140 g Em
120 g ------------x=200 g
84 g ------------56 g CuSO4
120 g------------x=80 g
80×100/200=40%
J: A
5. ) Atomlar soni teng bo'lgan saxaroza va suv 25°C da aralashtirilganda 360 g cho'kma va 2700 g to'yingan eritma hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan to'yingan eritmadagi saxaroza va suv massalarini gr toping.
A)1350;1350 B)1500;1200 C)1134;1566 D)1410;1290
Yechimi:
C12H22O11. xH2O
45=3x
x=15
C12H22O11+15H2O
2700+360=3060 g
342x+270x=3060
x=5
342×5=1710 g saxaroza
270×5=1350 g Suv
1710-360=1350 g saharoza qoladi eritmada
J: A
6. Ba(NO3)2 ning 80°C da to'yingan 300 g eritmasi 50°C gacha sovutilganda Ba(NO3)2•H2O tarkibli kristologidrat cho'kmaga tushdi. Kristologidrat tarkibidagi tuz massasini (gr) da aniqlang.
(S(50°C)=40; S(80°C)=50)
Yechimi:
50+100=150 g 80°C
150 g ----------50 g tuz
300 g ----------x=100 g tuz
40+100=140 g
40/140=0,2857
Ba(NO3)2=Ba(NO3)2•H2O
261 x. 279x
100-261x
-----------------=0,2857
300-279x
x=0,0788
Ba(NO3)2 (m) 261×0,0788=20,57 g
Ba(NO3)2•H2O (m) 279×0,0788=21,98 g
J: 20,57 g
7. 40 0C dagi Ba(OH)2 ning 742 gr to’yingan eritmasi 200C ga qadar sovutildi. Hosil bo’lgan eritmaga (n.sh) da necha litr SO3 yuttirilsa, cho’kma massasi 113,422 gr ga ortadi. Ba(OH)2 ning eruvchanliklari 85,5 gr va 34,2 gr. A. 11,2
Yechimi:
400 C 85,5+100=185,5
200 C 34,2+100=134,2
185,5-134,2=51,3 g cho’kma
185,5 g--------------51,3 g ------------------------85,5 g tuz
742 g---------------x=205,3 g cho’kma -------x=342 g
m BaOH)2 342-205,2=136,8 g
6) Ba(OH)2+SO3=BaSO4+H2O
171x-------80x-----233x
233x=113,422
X=0,5 mol
SO3(v) 0,5•22,4=11,2 litr
J: A
8. 305 g eritma tarkibida 22 g NaOH bor. Shu eritmadan reaksiya ohiriga yetguncha CO2 o'tkazildi.Hosil bo'lgan moddaning shu sharoitdagi eruvchanligi 6,6 g ga teng. Cho'kmaning massasini g toping. ( konsentrlangan NaOH eritmasi orqali CO2 o'tkazilsa o'rta tuz hosil bo'ladi.)
A)27,5 B)10,08 C)21,2 D)29,4
Yechimi:
305 g----------100%
22 g ----------x=7,21% demak suyultirilgan
x=24,2---22 g--------x=46,2 g
CO2 + NaOH = NaHCO3
44g-------40 g----------84 g
305+24,2=329,2 g umumiy eritma
329,2-46,2=283 g suv
H2O 100 g ------------6,6 g tuz eriydi
283 g-----------------x=18,684 g tuz
46,2-18,684=27,522 g tuz cho’kmaga tushdi
J: 27,5 A
9. Magniy nitratning 400C da bo’lgan 40% li 400 g (p=1,33 g/ml) to’yinmagan eritmasi bilan 900C da bo’lgan 60% li 640 g (p=1,6 g/ml) to’yinmagan etirmasi aralashtirildi. Olingan eritma 250C gacha sovitildi va har bir gradus sovutilganda o’rtacha 16 g bir xil tarkibli Mg(NO3)2•nH2O cho’kmaga tushdi. n qiymaini aniqlang. (S(250C)=70 g Mg(NO3)2)
Yechimi:
400/1,33=300 ml
400*0,4=160 tuz. 40C
640/1,6=400 ml
640*0,6= 384 tuz. 90 C
40C. (90-x) --300
x
90C. (x-40)------400
90-x. x-40
---------=-----------
300. 400
x=68,57. gradus
68,57-25=43,57 ga kamayadi
1c--------------16
43,57--------=697 g chokma
640+400=1040 eritma
1040-697=343. h/ b erit
160+384=544 jamu tuz
343*70/170=141,23 tuz qolgan
544-141,23=402,76 tuz chokma
697-402,76=294,23
402,76----------294,23 suv
148---------------=108/18= 6 mol suv
10. Ba(NO3)2 ning 800C da to’yingan 300 gr eritmasi 500C gacha sovutilganda Ba(NO3)2•H2O tarkibli kristallogidrat cho’kmaga tushdi. Kristallogidrat massasini (gr) aniqlang. (S(50)=40; S(80)=50) J: 22
Yechimi:
50+100=150 80°da
40+100=140 50° da
50/150=0.3333
300*0.3333=100g tuz
40/140=0.2856
100-261x
0.2857=--------------
300-279x
X=0,078824
Ba(NO3)2•H2O (m) 279•0,078824=22 g
J: 22
11. 20 ℃ da 41g 2CuSO4*5H2O kristallgidrati cho'ktirib 32% li eritma hosil qilish uchun 35℃ da 241g suvga necha gram CuSO4*5H2O eritish kerak.?
A 250. B 200. C 300. D 350
Yechimi:
160x-32
----------------------=0,32
241+250x-42
x=1,2
CuSO4•5H2O(m) 250×1,2=300 g
J: C
12.
Do'stlaringiz bilan baham: |