www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 45
«Tangri g'am-tashvishli odamlarga yordam beradiganlarni do'st tutadi» deb
ta'kidlanadi; uchinchisida «ochlarga ovqat bering, bemorlarni borib ko'ring va
hojatmandning hojatini chiqaring» deyiladi. Yana birida «bir-biringizga ehson
qilinglar, chunki ehson muhabbatni oshiradi va dildagi g'amliklarni yo'qotadi», degan
da'vatlar, hikmatlar olg'a suriladi. Shuni e'tirof etishimiz kerakki, dingina emas, balki
ilm-fanning birgina o'ziyoq insonni yuksak fazilatli qilishga qodir emas. Buning
uchun ijtimoiy tuzum, moddiy omil, iqtisodiy zamin, ahloqiy tarbiya, boy ma'naviy
hayot va hokazolar mavjud bo'lishi kerak. Bunda dinning real qadriyatlari ishtirok
etishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Saidboyev T.S. Islam i obshestvo.-M.: Nauka, 1984.
2. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson. 1-kitob.-T.:Yozuvchi,1996.
3. Komilov N. Tasavvuf. 2-kitob.-T.: G'ofur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at
hamda «O'zbekiston» nashriyotlari. 1999.
4.Mustaqillik izohli lug'at.-T.: Fan, 1998. Najmiddin Kubro (170-172); Sufiylik (202-
204);
Yassaviy (252-253); qadriyatlar (279-280).
5. Poklik iymondandir. To‘plam.-T.: 1993.
6. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot yo'lida.-T.: O'zbekiston, 1997.
www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 46
UZUNLIK OʻLCHOV BIRLIGI
Toshiyeva Nargiza Ashuraliyevna
Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani X.T.B.taʼsarrufidagi 29-umumtaʼlim
maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
Annontatsiya: Bolalar uzunlik jismning davomiyligini narsaning o‗lchamlarini
tasvirlaydigan xossasi ekanini maktabgacha bo‗lgan davrdayoq tassavur qila oladilar.
Bolalar uzunroq–qisqaroq, keng-tor, baland-past, yo‗g‗on-ingichka, munosabatlarni
to‗g‗ri aniqlay oladilar. O‗qitishning navbatdagi vazifasi-o‗lchash ishining mohiyatini
ochib berish, uzunlikning turli o‗lchov birliklarining ahamiyatini ko‗rsatish va
o‗lchov asboblaridan foydalanishga o‗rganishdan iborat. Tayyorgarlik bosqichining
birinchi davridayoq o‗qituvchi ―miqdor‖ tushunchasini rivojlantirish imkoniyatiga
ega. ―Miqdor‖ so‗zining o‗zi ko‗pchilik bolalarga tushunarli emas, chunki bu so‗zni
ular
kam
ishlatadilar.
O‗qituvchining
vazifasi
narsalarning
hossasi
taqqoslanayotganda bu taqqoslashni miqdor jihatdan ifoda qilish mumkinligini
miqdor haqida so‗zlash mumkinligini har doim ko‗rsatib berishdan iborat.
―Uzun qisqa ‖ mavzusi bo‗yicha dars parchasini keltiramiz. Darsning
maqsadi. Uzunlik tushunchasini jismning o‗lchamlarini tavsiflaydigan hossasi sifatida
shakllantirish. Ish narsalarning uzunliklarini ko‗z bilan chamalab va ustiga qo‗yish
usuli bilan taqqoslashdan boshlanadi.
Gorizantal tortilgan ipcha eni bir xil, lekin rangi va uzunliklari turlicha bo‗lgan
tasmalar ilingan.Bolalar qaysi tasma uzunroqlinini, qisqaroqligini, bir xil uzunlikda
ekanligini ko‗z bilan chamalab aniqlaydilar. O‗qituvchi esa tasmalarni ip bo‗ylab
surib ularni ustma-ust tushiradi. Bolalarning e‘tiborini quyidagilarga qaratadi:
tasmalarning bir uchlari ustma-ust tushgan bo‗lsa, endi ularning oxiriga, ya‘ni
ikkinchi uchiga qaraymiz va qaysi xolda ―Uzunroq‖, ―Qisqaroq‖, ―Bir xil uzunlikda‖
deb ayta olishmiz mumkinligini aniqlaymiz. Mustaxkamlash uchun esa frontal amaliy
ish o‗tkaziladi. Bolalarga uchtadan qog‗oz tasmalar tarqatiladi. (ikkitasi bir xil
Do'stlaringiz bilan baham: |