Islomiy
qadriyatlar va hozirgi davr.
Kishilarni o'tmishga, undagi qadriyatlarga, ma'naviy
madaniyatga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash ularga shaxsiy va ijtimoiy
hayotda to'g'ri yo'l topishda yordam beradi. Bunday yo'l topa olmagan kishilar
o'zlarini qiyin ahvolga solib qqo'yadilar. Haddan tashqari chetga chiqishlar esa
ko'pincha haqiqatning ayon bo'lmay qolishiga olib keladi. Dinda umuminsoniy
qadriyatlar juda ko'p. Hozirgi zamon ruhoniylari ham dahriylar kabi unutgan bu
www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 44
qadriyatlarni tiklamoqdalar; zamona ehtiyoji va manfaatlariga xizmat qiladiganlarni
qayta tilga kirgizmoqdalar. Biz ularga bu xayrli ishda ittifoqchi va xayrixohmiz.
Hozirgi diniy uyushmalar rahbariyatining xalq ommasi, jumladan oddiy dindorlar
orasida hurmat va obro'ga tobora ko'proq ena bo'lib borayotganligining o'z sabablari
bor. Bulardan biri, ular dunyoviy bilim, ilm-fan, madaniyat, ma'naviyat, e'tiqod va
imonni tan olib,e'tirof etmoqdalar. Hozir oliy islom o'quv yurtlarida 19-20 turdagi
fanlardan dars o'tilib, imtihon olinadi. Bu o'quv predmetlarining yarmidan ko'pi
dunyoviy bilimlar ekanligi hammamizga ma'lum. Bu hol hozirgi zamon
ruhoniylarining ilm-fandan iborat qadriyatlarga har qachongidan ham katta e'tibor
berayotganliklarining ishonchli, diqqatga sazovor dalilidir. Yana bu – Muhammad
(s.a.v.)ning «Ilmga nisbatan go'yo cho'pon kabi posbon bo'linglar, lekin ilmni faqat
rivoyat qiluvchi bo'lmanglar», «Ilm o'rganish har bir mo'min uchun farzdir», «Shahid
qonidan ko'ra olimning siyohi muqaddasdir», «Ilm ibodatdan afzaldir» - degan
da'vatu hikmatlariga hozirgi zamon din ahllari sobitqadamlik bilan amal qilmoqdalar.
Biz ham ularni targ'ib qilamiz. Islomning muhim talablaridan biri har bir inson
imonli, e'tiqodli bo'lishi lozimligidir. Biz xalqimizning diniy e'tiqodini endi g'oyat
hurmat qilamiz, uni umuminsoniy ma'naviy madaniyatning uzviy qismi, deb
qadrlaymiz. Chunki hozirgi diniy ta'limotda birinchi navbatda insoniy elementlar
ustun turadi.
Hadislardagi da'vat, pand-nasihatlarning hozirgi zamon bilan hamohang bo'lgani,
ayniqsa mamlakatimizdagi turli millatlar orasida noxush voqealar yuz berib turgan
davr taqozosiga muvofiq keladigan odamlarni do'stliq hamkorlikka chaqiriqlardir.
Hadislarning birida «Salomlashib yuringlar, odamlarga taom yediringlar… uzaro
birodar bo'linglar» deyilgan. Ularning yana birida, «Mo'minlar uzaro do'stlashishda,
rahm-shafqatda va mehru-oqibatda go'yoki bir tananing a'zolaridir. Uning biror a'zosi
og'risa, unga qo'shilib qolgan a'zolari ham bedorlik va og'riq bilan alam chekadi».
Hadislarda xayriya, ya'ni saxovat, muruvvat, shafqat, hadya, xayru sadaqa kabi
masalalarga juda ko'p o'rin va e'tibor berilgan. Ularning birida «sadaqa va xayru
ehson qtltsh yuli bilan rizqu nasibalaringizga baraka tilanglar», deyilsa, ikkinchisida,
Do'stlaringiz bilan baham: |