Fanning ta’lim



Download 1,68 Mb.
bet14/23
Sana30.03.2022
Hajmi1,68 Mb.
#517056
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Ta`lim texnologiya 2021 2022

4- ilova
Guruh ishini baholash ko’rsatkichi va mezoni

Guruhlar

Javobning aniq va ravshan ifodalanishi, 05 ball

Javoblarning misollar bilan ifodalanishi,
0 5 ball

Guruh a’zolarining
faolligi, 05 ball

Jami ball

1













2













Izoh:15 – 13 ball – «a’lo», 12 – 10 ball – «yaxshi», 9 – 6 ball – «qoniqarli».




5-ilova
1 Ob'ektiv tekshirish usuli nima?
2 Bemorni ko'zdan kechirish ?
3Palpatsiya va uning turlari?
4Perkussiya nima?
5Auskultatsiya nima?


6-ilova
Guruhda ishlash qoidasi
Guruh a’zolari bir-birlarini tinglashlari hamda o’zaro hurmat va xushmuomalali bo’lishlari;
Berilgan topshiriqni hamkorlikda, faollikda, mas’uliyat bilan bajarish; Bir-biriga yordam berish;
Yordam so’ralganda albatta yordam berish;
Guruh ishining natijasi baholanganda barcha a’zolar ishtirok etishi shart; Guruhning har bir a’zosi quyidagilarni anglashi shart :
Boshqalarga yordam berib o’zimiz ham o’rganamiz!
Biz bir qayiqdamiz : yo birga suzib o’tamiz yoki birga g’arq bo’lamiz!


7-ilova
Ko’rgazmali materiallar


Ko`zdan kechirish
Palpatsiya

Perkussiya

Auskultatsiya





8-ilova
Obyektiv tekshirish usullari ikki turga bo‘linadi. Bular: asosiy va qo ‘shimcha usullar. Asosiy tekshirish usullariga quyidagilar kiradi:

  1. ko‘zdan kechirish;

  2. palpatsiya — paypaslab ko‘rish;

  1. perkussiya — tukillatib ko‘rish;

  1. auskultatsiya — eshitib ko‘rish.

Qo‘shimcha tekshirish usullariga esa quyidagilar kiradi:

  1. asbob-uskunalar yordamida tekshirish;

  2. laboratoriya yordamida tekshirish.

Ko‘zdan kechirish (inspektio) — ko‘zdan kechirishda bemorning ko‘rinishi va umumiy ahvoli, tana tuzilishi, teri va ko‘zga ko‘rinib turadigan shilliq pardalar holati aniqlanadi. Bemorning ko‘rinishi va umumiy ahvoli quyidagicha bo‘lishi mumkin: qoniqarli, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir, juda og‘ir.
Bemorning holatlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: aktiv (faol), passiv va majburiy. Agar bemor o‘rinda yotgan bo‘lsa-yu, lekin o‘zi bir yonboshdan ikkinchi yonboshga ag‘darilib, o‘tira oladigan, o‘rnidan tura oladigan bo‘lsa, bunday holat aktiv (faol) deb ataladi. Bemor o‘zi harakatlana olmaydigan, ag‘darila olmaydigan, boshi yoki qo‘lini ko‘tara olmaydigan bo‘lib, qanday vaziyatga solinsa, shu vaziyatda yotaveradigan bo‘lsa, bemorning bunday holatini passiv holat deyiladi.
Bemor o‘z iztiroblarini yengillatishga urinib, o‘rinda biror xil vaziyat olsa, bunga majburiy holat deyiladi. Chunonchi, nafasi qisadigan bemorlar qo‘llari bilan karavotning chetiga tiralib, oyoqlarini osiltirib majburiy vaziyatda o‘tiradilar, bronxial astma kasalligida, me’da yarasi teshilganda, peritonitda, appenditsit, perikardit, plevrit va boshqa kasalliklarda bemorlar majburiy holatga tushib qolishadi.
Bemorlarning passiv holatdan aktiv holatga o‘tishi bemorlarning tuzalishidan darak beradi, aksi, agarda bemorlar aktiv holatdan passiv holatga o‘tsa, bemorlarning og‘irlashishi yoki kasallikning qaytalanishi kuzatiladi. Masalan, o‘sma, saraton kasalliklari bor bemorlar aktiv holatdan passiv holatga o‘tib qolishlari mumkin.
Koma — hayot uchun muhim bo‘lgan bosh miya markazlarining shikastlanishi munosabati bilan es-hushning tamomila yo‘qolishidir. Komada muskullar bo‘shashib, sezuvchanlik va reflekslar yo‘qolib ketadi, har qanday ta’sirotga — og‘riq, yorug‘lik, tovush ta’sirot- lariga reaksiya bo‘lmaydi. Koma miyaga qon quyilganda, qandli diabetda, jigar qattiq shikastlangan hollarda, surunkali nefrit, zaharlanish hollarida uchraydi.
Sopor — uyqu holatidir. Qattiq-qattiq chaqirib yoki turtib-turtib bemor uyg‘otiladigan bo‘lsa, u savollarga javob berishi mumkin, keyin yana qattiq uxlab qoladi.
Stupor — karaxtlik holati, bunda bemor atrofdagi vaziyatni g‘ira-shira biladi, savollarga istar-istamas va kechikib javob beradi.
Es-hush. Bemorlarda es-hushning har xil darajada aynishi ko‘riladi. Es-hushining pasayib, kirarli-chiqarli bo‘lib qolishi bilan bir qatorda, markaziy nerv sistemasi qo‘zg‘alishi tufayli yuzaga keladigan o‘zgarishlari ham ko‘riladi. Yuqumli kasalliklar, zotiljam, tepkili terlama (toshmali tf)da gavda harorati ko‘tarilib turgan paytda uchraydigan alahlash hollari, gallutsinatsiyalar ana shunga kiradi.
Yuz ifodasi. Bemorni ko‘zdan kechirishda, uning yuz ifodasiga ahamiyat berish kerak, chunki yuz ko‘rinishi, odatda, bemor ahvolini ifodalaydi. Yuzning qarimsiq ko‘rinishi bemor og‘ir dardga chalinganidan va aksincha, yuzning tetik, sokin ifodasi kishining ahvoli yaxshiligidan guvohlik beradi. Ba’zi hollarda yuz ifodasi kasallikni aniqlashda yordam beradi. Masalan, ertalab yuzning, ayniqsa, qovoq sohasining shishishi buyraklar kasallangan deb o‘ylashga asos beradi, qovoqlar kamqonlikda, trixinellez, miksedema va anginevrozlarda ham shishishi mumkin.


Palpatsiya (lot. palpatio — silash), paypaslash — vrachning bemorni tekshirish usuli; bunda yuza toʻqimalar va chuqur joylashgan aʼzolarni muntazam paypaslab, mas, terining temperaturasi va namligi, baʼzi ichki aʼzolarning kattakichikligi, joylanishi, yuzasi kanday ekanligi va konsisten-siyasi, tomir urish xususiyatlari, shuningdek, P.ga nisbatan bemorning re-aksiyasi (mas, ogʻriq sezishi) aniqlanadi. Bimanual (ikki qoʻl yordami-da), yuzaki (qorin boʻshligʻidagi aʼzolar kasalligida paypaslash), chuqur (tekshirilayotgan aʼzoni qoʻl bilan chuqur bosib paypaslash) va boshqa xillari bor. Suyaklar, boʻgʻimlar, muskullar, limfa tugunlari, oʻsmalar, yuza joylashgan kon tomirlar ham paypaslab tekshiriladi. Oʻpka kasalliklarini (mas, zotiljam), homilador ayollarda homilaning kattakichikligini aniqlashda P.dan foydalaniladi. Qorindagi aʼzolar: meʼda, ichak, jigar, taloq, buyrakni tekshirishda P. usuli muqim ahamiyatga kasb etadi, chunki bunda shu aʼzolar haqida aniq fikrga ega boʻlinadi.[1]

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish