39. Individuallashtirilgan o’qitish texnologiyasi.
Individual ta’lim texnologiyasi –ta’lim jarayonida o‘qituvchining faqatgina bir nafar o‘quvchi bilan yoki o‘quvchining ta’lim vositalari (adabiyotlar, kompyuter, televideniye, radio va b. axborot texnologiyalar) bilan o‘zaro hamkorligi asosida o‘quv materiallarining o‘zlashtirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’lim.3 Mazkur o‘qitish texnologiyasini amaliyotga tatbiq etishdaindividual o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratiladi.
Individual o'qitish –bu o'quv jarayonining tashkil etishning shakli bo'lib, bunda pedagogtahsil oluvchilar bilan yakkama-yakka shug'ullanadi, tahsil oluvchi o'quv vositalari(kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta'lim oladi.
Individuallashtirilgan o'qitish maqsadi - bunday o'quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida o'qitish yo'llari, usullari, sur'ati tanlanadi va turli o'quv-uslubiy psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta'minlanadi.Individual o‘qitish texnologiyasining afzalligi –pedagogik jarayonning o‘quvchi qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir.
“Individual yondashish –bu pedagogik tamoyilga ko‘ra, pedagogik jarayonda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarinihisobga olgan holda quriladi va butun guruhhamda har bir alohida o‘quvchining rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
40. Loyihali ta’lim.
-Loyihaviy ta’lim - ta’lim modeli bo`lib,unda o`qituvchi tomonidan loyihalash ko`rinishiga ega, muammoni izlash, uni tadqiq etish va hal etish, muayyan, beqiyos, shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega natija (mahsulot) ga erishish, uni ommaviy taqdim etish va jamoatchilik tomonidan baholanishini tashkil etish va rejalashtirishni anglatuvchi, mustaqil o`quv faoliyati tashkil etiladi.
Loyihaviy ta’lim texnologiyasi yuqorida qayd etilgan jihatlarni sakllantirishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi.
Loyihaviy ta’lim quyidagi dolzarb ta’lim muammolarini hal etish imkonini beradi va davr talabiga mos keladi: • ta’limni real hayotga yuqori darajada yaqinlashtirilgan vaziyatda amalga oshirishni ta’minlaydi; • nazariy ma’lumotlarni amaliy faoliyat bilan bog`lash va talabalarni faol mustaqil bilish jarayoniga jalb etish imkonini beradi; • kasbiy va tayanch layoqatlarini shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlaydi; • Har bir talaba tayanch layoqatlarga ega bo`lishi lozim.Tayanch layoqatlari itimoiy , muloqotli, axborotli layoqatlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |