O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ro’yxatga olindi:
№________________
|
|
“TASDIQLAYMAN”
SamDU o’quv ishlari prorektori
prof. A.Soleev
_____________________
2021 yil “__”________
|
«HISOBLASH METODLARI» fanidan
O’quv-uslubiy majmua
Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 130 000 – Matematika
Ta’lim yo’nalishi: 5130200 – Amaliy matematika va informatika (3-kurs)
Samarqand – 2021
Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi o‘quv reja va namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
B.Xo’jayorov – kafedra mudirif.-m.f.d., professor
S.Amriddinov – kafedra dotsenti, f.-m.f.d.
Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi kafedraning 2021 yil “__” avgustdagi –sonli yig’ilishida muhokama etilgan va ma’qullangan.
Kafedra mudiri prof. B.Xo’jayorov
O‘quv-uslubiy kengash raisi: dots.Mamatov Sh.S.
Fakultet Kengashi raisi A.Babayarov
Kelishildi:
Oʻquv-uslubiy
boshqarma boshlig’i
_________________dots. Aliqulov B.S.
KIRISH
Hisoblash usullari kursiga bag’ishlangan kitoblar rus va chet tillarda ko’plab chop etilgan.
Matematika hayotiy masalalarini yechishga bo’lgan ehtiyoj tufayli vujudga kelganligi uchun ham u hisoblash usullari bo’lib, uning maqsadi esa masala yechimini son shaklida topishdan iborat edi. IX asrda yashagan buyuk o’zbek matematik olimi Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy hisoblash matematika fanini yaratishga katta hissa qo’shgan. Chet el olimlaridan Nyuton, Eyler, Lobachevsky, Gauss kabilar ham bu fanning yaratilishi va rivojiga ulkan hissa qo’shganlar.
Matematikada tipik matematik masalalarining yechimlarini yetarlicha aniqlikda hisoblash imkonini beruvchi usullar yaratishga va shu maqsadda hozirgi zamon hisoblash vositalaridan foydalanish yo’llarini ishlab chiqishga bag’ishlangan soha hisoblash matematikasi, xususan hisoblash usullari deyiladi.
Fanning maqsad va vazifalari:
Fanning maqsadi – funksional fazolarda to’plamlarni va ularda aniqlangan operatorlarni yaqinlashtirish hamda hozirgi zamon hisoblash mashinalari qo’llanadigan sharoitda masalalarni yechish uchun oqilona va tejashlar algoritmi va usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Fanning asosiy masalasi – hisoblash usullari fanining rivojlanishi ta’rixini o’rganish, taqribiy sonlarning kelib chiqishini, xatolar nazariyasi, ularning kelib chiqishi manbalari va nihoyat dastlabki yaqinlashishni aniqlash usullarini o’rganish hamda o’rganib borilgan masalalarni yetarli aniqlik bilan yechishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar.
Fanni o’zlashtirgandan keyin talaba:
quyidagi nazariy bilimlarga ega bo’lishi va ulardan foydalana olishi zarur:
hodisani o’rganishning matematik modelini va uni yechish usulini tanlay bilishi;
xatoliklar manbai va ularning ta’siri;
tadqiq qilinayotgan ob’yekt uchun aniq xarakteristikalar berishi;
mustaqil hisoblash usullarini qo’llay bilishi;
nazariy bilimlariga asoslanib maxsus dasturlar paketidan foydalangan holda biror algoritmik tilda masalani yechishning dasturini tuzishi;
olingan natijalarni tahlil qila bilishi;
quyidagi amaliy ko’nikmalarni egallashi zarur:
algebra, differensial va interal tenglamalar tahlili masalalarini sonli va taqribiy yechish;
funksiyalarga yaqinlashish va interpolyatsiyalash masalalarini yechish;
mustaqil bilim olish;
to’rlar, chekli ayirmalar, chekli elementlar, proektsion usullarni qo’llash;
alohida sonli usullarning qiyosiy samaradorligini baholash;
hisoblash usullarini amaliy masalalarni yechishga qo’llash;
maxsus dasturlar paketidan foydalanish;
natijalarni tahlil qila bilish;
quyidagilar haqida tasavvurga ega bo’lishi zarur:
hisoblash usullarining asosiy masalalari;
hisoblash algoritmlari;
hisoblash usullarining universialligi;
o’rganilayotgan ixtiyoriy ob’yektni diskretlashtirish jarayoni;
zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish;
maxsus dasturlar paketi;
sodda amaliy masalalarning hisoblash usullari yordamida olingan yechimlari;
kompyuterda amaliy masalalarni yechishda sonli usullarni qo’llash xususiyatlari;
quyidagilar yuzasidan malakalarni egallashi zarur:
- tadqiqot ob’yektining matematik modelini tuzish jarayoni va uni tadqiq qilishga hisoblash usullarini qo’llay bilish;
- masalaning diskret modelini tuzish, bazis funksiyalarni tanlay bilish;
- approksimatsiyalash, turg’unlik va yaqinlashshga tekshira bilish;
- maxsus dasturlar paketidan foydalanib, sodda amaliy masalalarni yechish.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Ushbu fan matematik analiz, algebra, analitik va differensial geometriya, differensial va integral tenglamalar, matematik fizika tenglamalari hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari bilan bog’langan bo’lib, bu fanlarni talabalar chuqur o’zlashtirgan bo’lishlari zarur. Ushbu fan fan, texnika va ishlab chiqarishning amaliy masalalarini yechish bilan bog’liq bo’lgan hisoblash jarayonlarini chekli elementlar usuli bilan ishlash bilim, ko’nikma va malakalarini egallashlarida asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |