Psixolgik nuqtai nazardan
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o’qish natijasi xisoblansa, layoqat va zexn yaoni inson nerv tizimida anatom-fiziologik xususiyat bo’lishi xam zarur. Ana shu tabiiy zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i va tarbiyalab etishtirmog’i lozim.
Bilish qobiliyati fanning - tegishli sohalariga oid matematik, fizika, biologiya, adabiyot va xokazolarga doir qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega bo’lgan o’qituvchi fanni o’quv kursi hajmidagi emas balki ancha va chuqurroq biladi, o’z fani sohasidagi kashfiyotlarni xamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nixoyatda qiziqadi oddiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi.
Tushuntira olish qobiliyati - o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o’quvchilar mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg’otish qobiliyatidir. O’qituvchi zarur xollarda o’quv materiallarini o’zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o’quvchilarga etkaza olishi darkor o’quvchilar ruhiyatini hisobga olish zarur. Qobiliyatli pedagog o’quvchilarning bilim va kamolat darajasini hisobga oladi, ularning nima bilishlari va hali nimani bilmasliklarini nimani unitib qo’yganlarini tasavvur etadi.
Kuzatuvchilik qobiliyati – o’quvchining, tarbiyalanuv-chining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o’quvchi shaxsni va uning vaxtinchali ruhiy xolatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog’liq bo’lgan pedagogik kuzatuvchanlikdir. Bunday o’qituvchi o’quvchining ruhiyatidagi ko’z ilgamas o’zgarishlarini ham tez farqlab oladi.O’quvchilar bunday o’qituvchilar haqida: Qaramayotganga o’xshaydiyu, hamma narsani ko’rib turadi. O’quvchining hafa bo’lganini yoki dars tayyorlamayotganligini ko’zidan biladi, deydilar.
Nutq qobiliyati – nutq yordamida, shuningdek imo ishora vositasida o’z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o’qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir.
O’qituvchining nutqi darsda hamisha o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. O’qituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, o’quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan bo’lsa ham uning nutqi xamisha o’zining ichki kuchi, ishonchi, o’zi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi. Fmkrning ifodasi o’quvchilar uchun aniq, sodda tushunarli bo’ladi.
Tashkilotchilik qobiliyati – birinchidan , o’quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o’z ishini to’g’ri uyushtirishini nazarda tutadi.
O’z ishini tashkil etish deganda ishni to’g’ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o’qituvchilarda vaqtni o’ziga hos, xis etishini vaqtga qarab to’g’ri taqsimlay olish, belgilangan muddatga ulgurish xususiyati hosil bo’ladi.
Obro’ orttira olish qobiliyati – o’quvchilarga bevosita emotsional-irodaviy taosir ko’rsatish va shu asosda obro’ qozona olishdir. Obro’ faqat shu asosdagina emas, balki o’qituvchining fani yaxshi bo’lishi, mehribonligi, nazokatligi va xokazolar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat o’qituvchi shaxsiy sifat-larining butun bir yig’indisiga, chunonchi uning irodaviy sifatlariga dadilligi, chidamliligi va xokazolarga, shuningdek o’quvchilarga taolim hamda tarbiya berish masouliyatini his etishga o’zining haq ekanligini ishonishga, bu ishonchni o’quvchilarga etkaza olish qobiliyatlarga hma bog’liq.
To’g’ri muomala qila olish qobiliyati - bolalarga yaqinla-sha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o’zaro munosabatlar o’rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
Kelajakni ko’ra bilish qobiliyati – o’z xarakatlarning oqibatini ko’ra bilishda, o’quvchining kelgusida qanday odam bo’lishi tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettrish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – o’qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari, hajmi, kuchi, ko’ruvchanligi iroda qila olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |