O’QITUVCHINING O’Z-O’ZINI BOSHQARISHI HAMDA BOSHQALARGA TA’SIR O’TKAZA OLISH QOBILIYATI.
Shaxsning muayyan faoliyatini muvaffakkiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari xisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo’lib, uni muayyan faoliyat turiga layokatli kiluvchi omil kishining o’z xususiyatidir. Ishdagi muvaffakkiyat ko’p jixatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi.
Demak, qobiliyat - shaxsning muayyan faoliyat turini yukori darajada bajarishga bo’lgan layokat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida xosil qilingan individual xususiyatlar yigindisi xisoblanadi.
Masalan, qobiliyatli o’qituvchi bir xil ish sharoitlarida o’z hamkasblariga karaganda yaxshirok natijaga erishadi. Biz ko’pincha, falon o’qituvchining xali tajribasi kam, lekin u shubxasiz, qobiliyatli o’qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu usha o’qituvchining xali kam tajribasi bo’lishiga karamasdan o’qituvchilik ishini muvaffakkiyatli olib borishga yordam beradigan bir kancha pedagogik qobiliyatlar (ko’zatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan darak beradi.
O’qituvchilik faoliyatida muvaffakkiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi -- pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mexnat sarf kilib, katta natijaga erishadi, o’z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamroxi bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina loyik bo’ladi va pedagogik mahoratga erishadi.
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq kiladi. Malaka va uddaburonlik mashk va ukish natijasi xisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste‘dod va zexn, inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat tarakkiy etadi.
Kishi qobiliyati ikkita asosiy turga bulinadi:
Maxsus qobiliyatlar;
Umumiy qobiliyatlar.
O’qituvchi irodasi, sabr – tokati, uning o’z – o’zini idora qilishi hamda bashqalarga ta‘sir utkaza olish qobiliyati. Odam ob‘ektiv dunyoni bilibgina kolmasdan, balki unga aktiv suratda ta‘sir ham ko’rsatadi. Odam o’z maksadi yulida harakat kilib, har xil tusiklarga uchraydi. Bu tusiklarning bir xili xayot va mexnat sharoitiga, bashqa biri esa kishining shaxsiy kamchiligiga bog’liqdir.
Tusiklarni yengish kishiga bilishning yangi ufklarini ochib beradi, shu bilan birga, uning sharoitlarini va o’z – o’zini idora kila bilish kuchini qaror toptiradi.
Iroda odamning o’z xatti – harakatini ongli suratda tartibga solishidir. Bu esa ko’zlangan maksadni amalga oshirishda uchragan tusikni bartaraf qilishda ifodalanadi.
Odam irodasining ahamiyati jamiyat xayotida goyat kattadir. Odamlar yuksak ma‘naviy – irodaviy sifatlari bilan O’zbekiston Mustakilligini kulga kiritdilar. Bugungi kunda katta – katta yutuklarga erishmokdalar.
O’quvchilarda irodaning ijobiy sifatlarini tarbiyalash o’qituvchining eng muxim vazifasidir.
Shaxsning irodaviy xislatlari ( sifati, xususiyati ) maksadni amalga oshirishda uchragan tusiklarni yengish borasida odamning tajribada xosil qilgan o’ziga xos usullaridan iboratdir. Shaxsning irodasi deb, har xil irodaviy xatti – harakatlar va xususiyatlar yigindisiga aytiladi.
Harakatning maksadga karatilganligi odamning bosh, yetakchi, irodaviy xususiyatidir. Shaxsning bashqa eng muxim irodaviy xususiyatlarini sanab ko’rsatadigan bo’lsak:
Do'stlaringiz bilan baham: |