Fanning o’quv-uslubiy majmuasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligining 2016 yil 25. 08 dagi «355» sonli buyrug’i asosida tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 1,42 Mb.
bet47/227
Sana31.12.2021
Hajmi1,42 Mb.
#255112
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   227
Bog'liq
PEDAGOGIK MAHORAT MAJMUA 38 soat

Nutqning boyligi. Nutqning boy yoki kambag'alligi unda tilning bir-biridan faq qiladigan unsurlaridan qay darajada foydalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir til unsuri nutqda qanchalik kam takrorlangan bo'lsa, bu nutqning boylik darajasi shunchalik yuqori bo'ladi yoki, aksincha, muayyan til unsurining takrori ko'p bo'lgan nutq kambag'al nutq hisoblanadi va uning ta'siri ham shunga yarasha bo'ladi.
Boy nutq tuzish uchun ifodalarning bir xilligidan qochish, ayni bir tushuncha yoki fikrga farqli «liboslar» topish va kiydirish lozim. Buning uchun esa nutq tuzuvchida til vositalarining boy va faol zahirasi mavjud bo'lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, notiq etarli darajadagi so'zlar, ularning ma'nolari, so'z birikmasi va gap modellari, jumlaning intonasiya va melodika turlari zahiralariga sohib bo'lmog'i talab etiladi.
Leksik, semantik, grammatik, intonasion jihatdan rang-baranglik nutqning boyligini yuzaga keltiradi.
O'zbek tili har jihatdan, xususan, lug'at xazinasi nuqtai nazaridan benihoya boy va rivojlangan tildir. Shuning uchun ham bu qadim tilda adabiyot yaratilgan.
Tilimizda muayyan bir tushunchani ifodalashning bir qancha xilma-xil imkoniyatlari mavjudki, ularni ishga solish, nutqning boyligini ishga solish, nutqning boyligini ta'minlashga xizmat qildirish uchun muntazam e'tibor va sa'y-harakt lozim bo'ladi. Shu e'tibor susaydimi, nutqning boyligi tushunchasining mohiyatiga putur etaveradi.
Tilimizdagi sodda va qo'shma gaplar, murakkablashgan gaplar, ularning xilma-xil qoliplari, bu qoliplar asosida yaratilishi mumkin bo'lgan millionlab jumlalar boy nutq tuzish uchun imkoniyatdir.
Uslublar nuqtai nazaridan olib qaraladigan bo'lsa, nutqning boyligini ta'minlash uchun eng qulay makon badiiy uslub ekanligi shubhasiz. So'zlashuv uslubiga oid nutqda leksik, semantik va intonasion rang-baranglik notiqning mahoratiga ko'ra muntazam yuzaga chiqishi mumkin. Ilmiy va rasmiy nutqda esa boylikka qaraganda mantiqiylik va qoliplashganlik ustuvorlik qiladi.
Aytish mumkinki, badiiy nutq o'z tabiati, mohiyati va maqsadiga uyg'un holda boylikka moyilligi bilan ajralib turadi. Qashshoq nutq esa hech qachon estetik ta'sir quvvatiga sohib bo'la olmaydi, estetik quvvatsiz esa badiiy nutq o'zining bosh vazifasini bajarishi mushkul.
Nutqning ifodaliligi. Nutqning bu sifati ba'zan ta'sirchanlik tarzida ham talqin etiladi. Ammo ta'sirchanlik keng qamrovli tushuncha bo'lib, u yaxlit yaxshi nutqqa xosdir.
Tabiiyki, har qanday nutqning asosiy maqsadlaridan biri tinglovchi yoki o'quvchi ongiga ta'sir etishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirishda esa nutqning muayyon bir sifati emas, balki barcha kommunikativ sifatlari u yoki bu darajada ishtirok etadi. Zotan, to'g'ri yoki aniq bo'lmagan, boy yoki mantiqiy bo'lmagan, sof yoki jo'yali bo'lmagan nutqning ta'sirchanligi haqida gapirib bo'lmaydi.
Nutq tinglovchi yoki o'quvchining quruq qulog'ini emas, balki qalb qo'rg'onini, aql qal'asini zabt etmog'i uchun, eng avvalo, uning tarkibi va qurilishi diqqatni tortadigan, qizg'in qiziqish uyg'otadigan bo'lishi lozim. Bu esa ayni ifodalilik sifatining mohiyatini talqin etadigan xususiyatdir.
Demak, ifodalilik nutqning tarkibiy tuzilishi va boshqa lisoniy xususiyatlariga ko'ra tinglovchi yoki o'quvchi diqqatini o'ziga jalb qila olishdan iborat kommunikativ sifatdir.
Tabiiyki, tashviqot xarakteridagi ma'ruza yoki dars jaorayonidagi bayon nutqida ham ifodalilik alohida zaruriyatga aylanadi. O'qituvchi dars mavzusini tushuntirar ekan, o'z nutqining ifodaliligiga e'tibor bermasa, ifodalilikni ta'minlaydigan vositalardan foydalanmasa, nutqi quruq, shirasiz, jozibasiz bo'ladi va natijada bunday nutq o'quvchi diqqatini torta olmaydi.
Mavzu aslida qanchalik qiziqarli bo'lmasin, mazkur ifodalilik sifatidan mahrum nutq sababli o'quvchida tayinli qiziqish uyg'onmaydi, dars tinglovchi uchun zerikarli bir yumushga aylanadi. O'z-o'zidan bunday darsning tezroq tugashini kutadi.
Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar juda ko'p va xilma-xil. Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha sathlarida mavjud. Tilning ovush qurilishi, so'z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari, intonasiya, uslub kabilarning har biri nutq ifodaliligining bitmas-tuganmas manbalaridir. Nutq tuzuvchi bu manbalarning mohiyati, tabiati va ularni unumli ishga solish usullaridan xabardor bo'lsa, nutqning ifodalilik sifatini ta'minlashga qiynalmaydi.
Nutqning ifodalilik sifatini yuzaga keltiradigan ko'chimlar, tasviriy vositalar juda ham xilma-xil, rang-barangdir. Tabiiy, nutqning ifodaliligini o'ylanar ekan, albatta, qator tasviriy vositalarning me'yorini ham unutmaslik kerak. Muayyan bir matnda bu tasviriy vositalarning barchasidan foydalanishga urinish nutqning ifodaliligiga, ta'sirchanligiga salbiy ta'sir etishi tayin. Keragidan ortiq qo'llangan vositalar nutqning chuchmallashuviga olib keladi.
Tilning faqat leksik sathigina emas, balki sintaktik sathi ham nutq ifodaliligini ta'minlashda benihoya keng imkoniyatlarga ega. Sintaktik qurilmalarning rang-barangligi, sinonimikasi ifodalilikni kuchaytirishga qanchalik xizmat qilsa, muayyan bir sintaktik birlikning atayin qilinadigan takrori ham bu jihatdan shunchalik diqqatga sazovor.
Ifodalilikni yuzaga keltirishda sintaktik figuralar, gapdagi so'z tarkibi, intonatsion vositalarning rolini ham esdan chiqarmaslik lozim.
Ifodali nutq tuzish malakasini shakllantirishda tildagi barcha vositalar – leksik-semantik, leksik-sintaktik, sintaktik, intonasion vositalarning imkoniyatlarini to'g'ri va to'la tasavvur etish muhimdir.
Xulosa qilib aytganda, har bir o'qituvchida nutq madaniyati bo'lishi zarur, chunki har bir pedagog o'z nutqi, chiroyli va ravon o'qishi, muomala madaniyati bilan o'quvchilarga namuna bo'ladi.
O'qituvchi doimo o'zining nutq madaniyati ustida ishlashi va takomillashtirib borishi zarur.


Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish