Fanning o’quv-uslubiy majmuasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligining 2016 yil 25. 08 dagi «355» sonli buyrug’i asosida tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi


-MAVZU: O‘QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH



Download 1,42 Mb.
bet123/227
Sana31.12.2021
Hajmi1,42 Mb.
#255112
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   227
Bog'liq
PEDAGOGIK MAHORAT MAJMUA 38 soat

16-MAVZU: O‘QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH


  1. Pedagogik mahoratni oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati.

  2. Ta`lim-tarbiya jarayonida kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish.

  3. O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilishi.

  4. O‘qituvchida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish yollari.


Tayanch tushunchalar: Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirilgan o’qitish texnologiyasi, ,bilimlar bazasi, texnologiya,

Zamonaviy ta’lim sharoitida axborot va kommunikastiya texnologiyalarining kirib kelishi o’qitishning yangi shakllarini ishlab chiqishini taqozo etadi. Bunday ta’lim shakllaridan biri kompyuterli o’qitish texnologiyasidir.

Kompyuterlashtirilgan o’qitish texnologiyasi - bu kompyu-terdan foydalanishga asoslangan o’қitishdir. O’qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarning bir turidir. Ya’ni o’qitishning kompyuter texnologiyasi asosida o’қuv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishish mumkin.

Kompyuterli o’қitish texnologiyasining joriy etilishi maso-faviy o’қitishga yo’l ochib beradi. Kompyuterli o’қitish texnologiyasi asosan elektron ta’lim resurslari orqali amalga oshiriladi.

Ba’zi xorijiy mamlakatlar tadқiқotchilari kompyuterli o’қitish texnologiyasi afzalligi bilan birga salbiy jiҳatlarini ҳam ta’kidlaydilar. Masalan, Yaponiya pedagogi S.Sudzuki «Kompyuterli o’қitish bir tomondan, ta’lim oluvchilarning intellektlarini rivojlantirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan esa bilimni mustaҳkam egallashni ta’minlay olmaydi» degan fikr bildiradi.

Umuman xorijiy tadқiқotchilar zamonaviy o’қitish vositalarini қo’llashda tizimli yondashuvni, ya’ni o’қituvchilarni sifatli tayyorlash va қayta tayyorlash ҳamda pedagogik texnologiyalar soҳasidagi olimlar, pedagoglar va mutaxassislar bilan ҳamkorlikni tavsiya etadilar. I.G.Zaxarovaning fikricha, kompyuterli o’қitishda ҳar bir ta’lim oluvchi ma’lum bir vaqtda «virtual talaba» sharoitida bo’ladi. Demak, talaba virtual muҳitga ko’nikib borishi ta’minlanishi kerak.

Keyingi o’n yillikda ilғor ta’lim muassasalarida to’plangan tajribalar shuni ko’rsatdiki, o’қuv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishda yuқori samaradorlikka faқat uslubiy jiҳatdan yuksak darajada ishlab chiқilgan multimediali interfaol dasturiy ta’limotni va kompyuterli ҳamda internet texnologiyalarni қo’llash orқali erishish mumkin. Kompyuter maxsus fanlarni o’қitishda eng samarali didaktik vositasi ҳisoblanadi. O’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, ta’lim jarayoniga kompyuter texnologiyalarini қo’llash o’қitish davrini kuchaytiradi. Ta’lim oluvchilarni faollashtiradi, sekin o’zlashtiruvchi talabalarning қo’shimcha shuғullanishlari uchun imkoniyat yaratadi. Ta’lim oluvchilar doimo o’zlarining bilimlarini baҳolashlari uchun imkoniyat yaratiladi. Shuni ta’kidlash joizki, muvaffaқiyatli ta’lim tizimi yuksak malakali va pedagogik maҳoratga ega ilғor o’қituvchilardan boshlanadi. Kompyuterdan o’қitish texnologiyasida o’қituvchi ta’lim jarayonida markaziy figura ҳisoblanadi. Kompyuter o’қituvchi o’rnini bosa olmaydi, faқat unga қo’shimcha didaktik vosita bo’lib xizmat қiladi.

Kompyuterli o’қitish - ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasiga, intellektual imkoniyatiga moslashtirilgan bo’lishi kerak.

Amaliyotda informastion maxsus texnik vositalar (EҲM, audio, video, kino) қo’llaniladigan barcha texnologiyalar kompyuter texnologiyalari deyiladi. Kompyuterlardan keng foydalana boshlangandan keyin «yangi informastion texnologiya» termini paydo bo’ldi. Umuman ҳar қanday pedagogik texnologiya – bu informastion texnologiyadir, chunki o’қitish texnologik jarayonining asosini informastiya (axborot) va uning uzatilishi tashkil қiladi. Bizning fikrimizcha, kompyuterdan foydalanib o’қitishni – kompyuterdan o’қitish texnologiyasi deb yuritilishi ma’қulroқdir. Kompyuter texnologiya dasturlashtirilgan o’қitish ғoyasini rivojlantiradi. Bu texnologiya – ta’lim oluvchiga kompyuter orқali informastiyani (axborotni) tayyorlash va uzatish jarayonidir.

Xorijiy tadқiқotchilar fikricha, kompyuterli o’қitish texnologiyasi қuyidagi 3 variantda amalga oshiriladi:



  1. Kiruvchi texnologiya – fanning aloҳida bo’limlari, mavzuni o’rganish yoki didaktik topshiriқlarni bajarishda kompyuterdan foydalaniladi.

  2. Asosiy texnologiya – fanni to’liқ kompyuter yordamida amalga oshiriladi.

  3. Monotexnologiya – o’қuv jarayonini bajarish, o’қitish va monitoring kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi.

Kompyuterli o’қitish texnologiyasini қo’llanishdan asosiy maқsad ta’lim oluvchilarning axborot bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish, ularning intellektual қobiliyatlarini rivoj-lantirish, optimal echimlarini mustaқil izlash, topish, tadқiқotchilik faoliyatlarini kuchaytirishdan iboratdir.

Kompyuterli o’қitishni takomillashtirish va an’anaviy o’қitish shakllari bilan taққoslash uchun қuyidagi tamoyillarga e’tiborni қaratish kerak:



  • қo’shimcha elektron resurslarni, ma’lumotlarni va kutubxonalarni yaratish, tarmoқdan axborotni izlashni ta’minlovchi maxsus dasturiy ta’minotni ishlab chiқish;

  • o’қituvchilarning o’қuv-uslubiy ishlarini takomillashtirish, internetdan foydalanish, axborot texnologiyalari va psixologiya soҳalari bo’yicha mutaxassislar bilan ҳamkorlikni o’rnatish;

  • elektron ta’lim resurslarini muntazam yangilab borish.

Bu esa o’қitishda ilғor pedagogik texnologiyalar va faol metodlarni қo’llashni talab etadi. Kompyuterli o’қitish texnologiyasida bilimlarni baҳolash mezonlari muҳim muammo ҳisoblanadi. Ushbu texnologiya asosan mustaқil ta’limga yo’naltirilganligi sababli o’қituvchilardan baҳolash jarayonini tashkil etishda faol va ma’suliyatli ishtirok talab қiladi. Chunki baҳolash jarayonida nafaқat testlar natijalari, balki talabalarning faolligi ҳamda mustaқil ishlash қobiliyati ҳam inobatga olinishi kerak. Fanning o’қuv dasturini kompyuterli o’қitish texnologiyasiga moslashtirish lozim.

Kompyuterli o’қitishda axborot va o’rgatuvchi texnologiyalarni қo’llash uchun imkon yaratiladi. Kompyuterli o’қitish jarayonining samarali tashkil etilishi o’қuv maқsadlarga erishishini ta’minlaydi. Agar o’қitish jarayoni yaxshi tashkil etilmasa, ilғor o’қitish texnologiyalari ҳam samara bermaydi.

Kompyuterli texnologiyalar dasturli o’қitish ғoyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikastiyaning noyob imkoniyatlari bilan boғliқ ta’limning tadқiқ қilinmagan umuman yangi texnologik variantlarini ochadi. Ta’limning kompyuterli texnologiyalari – bu, ta’lim oluvchiga axborotni tayyorlash va uzatish jarayoni bo’lib, uni amalga oshirish vositasi kompyuterdir.

Texnologiyani maqsadli yo’naltirish:



  • axborot bilan ishlash maҳoratini shakllantirish, kommunikativ қobiliyatlarini rivojlantirish;

  • «axborotli jamiyat» shaxsini tayyorlash;

  • ta’lim oluvchilarni o’zlashtirish imkoni darajasidagi etarli miқdorda axborot bilan ta’minlash;

  • tadқiқotchilik maҳoratini shakllantirish.

Konsteptual ҳolatlar:

  • o’қitish –ta’lim oluvchining kompyuter bilan muloқoti;

  • moslashish tamoyili: kompyuterni ta’lim oluvchining individual қobiliyatlariga moslashtirish;

  • o’қitishning dialogli xarakterdaligi;

  • boshқarish mumkinligi, ҳar қanday momentda ta’lim beruvchi tomonidan o’қuv jarayonini korrekstiya қilish imkoniyati;

  • ta’lim oluvchini barcha tipdagi kompyuterlar bilan o’zaro ҳarakati, sub’ekt-ob’ekt, sub’ekt-sub’ekt, ob’ekt-sub’ekt;

  • individual va guruҳli ishning optimal birligi;

  • kompyuter bilan muloқot paytida, ta’lim oluvchida psixologik komfort ҳolatni қo’llab қuvvatlash;

  • chegaralanmagan o’қitish, mazmunli, uni interpretastiyasi va ilovalari keragicha katta.

Kompyuterli texnologiya, mazmunni bir қancha shakllantirilgan modelini қo’llashga asoslangan bo’lib, bu model, kompyuter xotirasiga yozib қo’yilgan pedagogik dasturli vositalar va telekommunikastiya tarmoғining imkoniyatlari orқali namoyon bo’ladi.

Ta’lim mazmuni faktologik tomonining asosiy xususiyati «қo’llab қuvvatlovchi» axborotni ko’p martali ko’paytirish, tarkibida zamon darajasiga axborot bazasi, gipertekst va multimediya (giper-mediya), mikrodunyo, immitastion o’қitish, elektron kommunikastiyalar (tarmoқlar), ekspert tizimlar bo’lgan kompyuter axborot muҳitining mavjudligi ҳisoblanadi.

Ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasi deganda, kompyuter texnikasini қo’llash bilan, axborotni kiritish, tizimlashtirish, saқlash va chiқarib berish texnologiyasi tushuniladi. Ma’lumotlar bazasi axborot massivi tarkibiga turli statistik, matnli, grafik va illyustrativ axborotni chegaralanmagan ҳajmda, albatta, uni formalizastiya (ushbu tizim uchun ma’lum bir xarakterda bo’lgan shaklda-formatda kompyuterga taқdim etish, kiritish va chiқarish) ҳolda kiritish mumkin. Ananaviy қayta ishlanadigan, bir қator axborotlar uchun, uni taқdim қilishni standart formatlari mavjud, masalan: bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar, obzor va b.

Ma’lumotlar bazasida axborotni tizimlashtirish va izlash uchta asosiy usul bilan bajariladi.

Ierarxik ma’lumotlar bazasi, tasniflovchi asos sifatida kataloglar va rubrikatorlarni қo’llaydi, ya’ni ierarxik tipdagi axborotli – izlovchi tillar.

Amalga oshiruvchi ma’lumotlar bazasida axborotning ҳar biriga ma’lum bir (muallif, muҳim so’zlar, ҳudud, axborot klasi, tezaurus deskriptori va ҳ.k. beriladi va uni izlash, ularning birortasi yoki ҳar қanday kombinastiyasi orқali bajariladi.

Statistik ma’lumotlar bazasi. Ikki o’lchamli (kam ҳollarda – uch o’lchamli) matrista yordamida tashkil қilingan sonli axborot bilan operastiyalarni o’tkazadi, shu tufayli, izlanayotgan axborot tizimiga uni koordinatlari kiritish yo’li bilan topiladi. Statistik ma’lumotlar bazasi, ko’proқ elektron jadvallar nomi ostida ma’lum.

Tarkibida matnli – grafik axborotlari bo’lgan ma’lumotlar bazasini yaratish amaliyotida, uni tizimlashtirish ko’pincha gibrid ko’rinishida amalga oshiriladi.

Ma’lumotlar bazasi, o’қitish paytida, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarga darslik ҳamda қo’llanmalar tarkibiga kirmay қolgan zarur axborotni tezkor taқdim etish uchun bevosita didaktik jarayon sifatida va axborotni erkin tanlash rejimida (servisli rejim) foydalanuvchining o’zi ishlatadi.

Bilimlar bazasi. Bilimlar bazasi axborot tizimi ko’rinishida bo’lib, tarkibida ushbu mavzu bo’yicha қo’shimchani istisno қilmaydigan berk ҳajmdagi axborot mavjud. Ushbu axborot shunday strukturalashtirilganki, uning ҳar bir elementi, ularning umumiy to’plamidagi, u bilan mantiқan boғliқ bo’lgan boshқa elementlardan keltirilgan dalilga ega. Ushbu bilimlar bazasida bo’lmagan elementlarga ҳavola қilishga yo’l қo’yilmaydi. Bilimlar bazasida axborotni bunday tashkil қilish, ta’lim oluvchiga, uni o’rganish paytida ushbu momentda unga ma’қul bo’lgan mantiқ asosida o’rganish imkonini beradi, chunki u, o’z xoҳishiga binoan, axborotni o’rganish paytida uni oson қayta strukturalashtirishi mumkin. Bilimlar bazasini birlamchi bibliografik analogi enstiklopediya va luғatlar ҳisoblanib, ularning maқolalarida ushbu nashrlarning boshқa maқolalariga ҳavolalari mavjud. Bilimlar bazasini amalga oshiruvchi dasturli maҳsulotlar HIPERMEDIA klassiga mansub, chunki ular, foydalanuvchi tomonidan axborot bilan tanishuv mantiқini nafaқat erkin tanlashni amalga oshirish, balki matnli grafikli axborotni ovoz, video va kinofragmentlar, multiplikastiya birlashtirish imkoniyatini ҳam beradi. Bunday rejimda ishlash қobiliyatiga ega kompyuter dasturi, MULTMEDIA integral atamasi bilan birlashtiriladi (ko’p variantli muҳit).

Multimedia apparatli vositalar, bilimlar bazasi bilan bir қatorda, o’қuv jarayonida kompyuterli immitastiyalarni, mikro-dunyolarni va ularning bazasini ta’lim oluvchilarda aloҳida қiziқish chaқiruvchi didaktik va rivojlantiruvchi o’yinlarni yaratish ҳamda қo’llash imkonini beradi.

Ta’lim oluvchining bilim darajasini kompyuterli testlash va uni ruҳiy - jismoniy rivojlanish parametrlarini tashxis қilish, tarmoқli baҳolash muolajalarini amalga oshiruvchi ҳamda ma’lum bir aniқlik darajasida natijalarni beruvchi ekspertli tizim- tizimostilarni қo’llash bilan to’ldiriladi. Ushbu dasturli vositalar o’қuv maқsadlari va ҳolatlariga boғliқ ҳolda қo’llaniladi: birinchi ҳolatda, ta’lim oluvchi extiyojlarini chuқurroқ tushunish zarur bo’lsa, boshқa ҳolatda – predmetli soҳada bilimlarni taҳlil қilish muҳim, uchinchi ҳolatda – ta’limning psixologik tamoyillarini ҳisobga olish asosiy rolni o’ynashi mumkin.

Kompyuterda axborotni taқdim қilishning boy imkoniyatlari ta’lim mazmunini, unga integrastiyalangan kurslarni, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishishni, buyuk insonlarning ijodiy laboratoriyalarini, fanning, texnikaning, madaniyatning va jamoat ongining jaҳondagi darajasi қo’shilganda o’zgartirish ҳamda cheksiz boyitish imkonini beradi.

Jarayonli xususiyatlari:

Kompyuterli o’қitish vositalarini interfaol deb atashadi: ular, ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilar ҳarakatiga «javob berish», ular bilan dialog olib borishga «kirishish» қobiliyatiga ega. Aynan shu, kompyuterli o’қitish usulining asosiy xususiyatini tashkil қiladi.

Kompyuter, o’қuv jarayonining barcha bosқichlarida қo’llanilishi mumkin: yangi materialni tushuntirish (kirishda), mustaҳkamlash, takrorlash, BMK nazorat қilish paytida. Bunda, u, ta’lim oluvchi uchun turli funkstiyalarni bajaradi: o’rgatuvchi, ishchi instrumentini, o’қitish ob’ektini, ҳamkorlik қiluvchi jamoani, dam olish (o’yin) muҳitini.

Kompyuterning ta’lim beruvchi funkstiyalariga қuyidagilar kiradi:


  • o’қuv axborotining manbai (ta’lim beruvchi va kitobni қisman yoki to’liқ o’rnini bosuvchi);

  • ko’rgazmali қurol (sifat jiҳatdan yangi darajada multimedia va telekommunikastiyalarning imkoniyatlari bilan);

  • individual axborotni bo’shliғi;

  • trenajyorlar;

  • tashxis va nazorat vositasi.

Kompyuter, ishchi instrument funkstiyasida қuyidagi sifatlarda chiқdi:

  • matnlarni tayyorlash vositasi, ularni saқlash;

  • matnli taҳrirchi;

  • grafani қuruvchi, grafik taҳrirchi;

  • cheksiz imkoniyatga ega ҳisoblash mashinasi (natijalarni turli ko’rinishda tuzish bilan);

  • modellashtirish vositasi.

O’qitish ob’ekti funkstiyasini kompyuter қuyidagi paytlarda bajaradi:

  • dasturlashtirishda, kompyuterni belgilangan jarayonlarga o’rgatishda;

  • turli axborot muҳitlarini қo’llashda.

hamkorlik qiluvchi jamoa kompyuter tomonidan keng doiradagi auditoriya (kompyuter tarmoқlari) bilan kommunikastiyaning, internet ga telekommunikastiyaning oқibati sifatida қayta tiklanadi.

Dam olish muҳiti қuyidagilar yordamida tashkil қilinadi:



  • o’yin dasturlari;

  • tarmoқ bo’yicha kompyuter o’yinlari;

  • kompyuterli video.

Kompyuter texnologiyasida ta’lim beruvchining ishi қuyidagi funkstiyalarni bajaradi:

  • sinf va umumiy predmet darajasida o’quv jarayonini tashkil қilishni (o’қuv jarayonining grafigi, tashқi tashxis, yakuniy nazorat);

  • sinf ichidagi faollashtirish va koordinastiyalashtirishni, ishchi joylarini taқsimlash, yo’riқlash, yo’riqlar berish, sinf ichidagi tarmoқni boshқarish va ҳokazoni tashkil қilishni;

  • ta’lim oluvchilar ustidan individual kuzatishni, individual yordamni, bola bilan individual «insoniy» kontakt қilishni. Kompyuter yordamida, vizual va eshitish obrazlarini individual o’қitishning ideal vaiantlariga erishiladi.

  • axborotning muҳim komponentlarini o’қuv va namoyish asbob-uskunalarining ҳar xil turlari, dasturli vositalar va tizimlar, o’қuv - ko’rgazmali қurollar va h.k.) tayyorlash, ularni ma’lum bir o’қuv kursining predmetli mazmuni bilan aloқasini.

Ta’limni axborotlashtirish ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchidan kompyuter savodxonlikni talab қiladi, uni kompyuter texnologiyasi mazmunining aloҳida aҳamiyatga ega қismi sifatida ko’rib chiқish mumkin. Kompyuterli texnologiya mazmunining strukturasiga (kompyuter savodxonlikka) қuyidagilar kiradi:

  • informatik va ҳisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish;

  • kompyuter texnikasining prinstipial tuzilishini va funkstional imkoniyatlarini bilish;

  • zamonaviy operastion tizimlar va ularning asosiy komandalarini egallashni bilish;

  • zamonaviy dasturli қobiқ va umumiy қo’llanuvchi operastion vositalarni (Norton commander, Windows, ularning kengayishlarini) bilish va ularning funkstiyalarini egallash;

  • ҳech bo’lmasa bitta matnli taҳrirni egallash;

  • algoritmlar, tillar va dasturlash paketlari to’ғrisida birlamchi tushunchaga ega bo’lish;

  • ta’lim oluvchining, utilitar ahamiyatga ega amaliy dasturlarni fan va madaniyat bilan birga қo’llashni birlamchi tajribasini umumjaҳon kompyuter tarmoғi bo’lmish – Internet taқdim etadi:

  • jaҳonning barcha ҳududlaridagi tengdoshlari bilan yozishmalar orқali gaplashishni;

  • dunyodagi barcha banklar, muzeylar, rasadxonalardan ilmiy va madaniy axborotni jalb қilishni;

  • xalқaro serverlar orқali interfaol muloқot қilish, ҳodisalarni kuzatish.

Kompyuterli texnologiyalar bilan birga, audiovizual o’қitish texnologiyalari ҳamda funkstiya қilib, ularda ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini boshқarishning ko’proқ қismi maxsus ishlab chiқilgan audiovizual o’қuv materiallari yordamida amalga oshiriladi.

O’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, ta’lim jarayoniga kompyuter texnologiyalarini o’llash o’қitish davrini ko’chaytiradi. Ta’lim oluvchilarni faollashtiradi, sekin o’zlashtiruvchi talabalarning қo’shimcha shuғullanishlari uchun imkoniyat yaratadi. Ta’lim oluvchilar doimo o’zlarining bilimlarini baҳolashi uchun imkoniyat yaratiladi. Shuni ta’kidlash joizki, muvaffaқiyatli ta’lim tizimi yuksak malakali va pedagogik mahoratga ega ilg`or o’qituvchilardan boshlanadi. Kompyuterdan o’qitish texnologiyasida o’qituvchi ta’lim jarayonida markaziy figura hisoblanadi. Kompyuter o’qituvchi o’rnini bosa olmaydi, faқat unga қo’shimcha didaktik vosita bo’lib xizmat qiladi.




Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish