Birinchi bosqichda tadqiq etilayotgan ob’ektning matematik modeli yaratiladi, u qoidaga ko’ra differentsial yoki integrodifferentsial tenglamalar ko’rinishida bo’ladi. Matematik modelni tuzish ko’pincha u yoki bu fan (fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, iqtisodiyot va h.k.) sohalarining mutaxassislari tomonidan bajariladi. Matematiklar yuzaga kelgan matematik vazifalarni echish imkonini baholaydilar va modelni boshlang’ich tadqiqotini o’tkazadilar: masala to’g’ri qo’yilganmi, u echimga egami, u birginami va h.k.larni aniklaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |