Fanning o‘quv dasturi Termiz davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti
Fanning o„quv dasturi Termiz davlat universiteti Kengashida ko„rib
chiqilgan va tasdiqlangan (2020 yil “28” avgustdagi “1” -son majlis bayoni bilan
ma‟qullangan).
Fanning o„quv dasturi Termiz davlat universiteti o„zbek tili va adabiyoti
kafedrasi yig„ilishida ko„rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2020 yil “26”avgustdagi
“1” -sonli bayonnoma).
I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Dunyodа yetti minggа yaqin til mаvjud, lеkin bаrchа tillаrgа hаm dаvlаt tili
dеgаn shаrаfli mаqоm nаsib etmаgаn. Аksаriyat tillаr impеriya dаvlаtlаrning
hududidа mа`lum millаtlаrgаginа uy-ro„zg„оr tili sifаtidа xizmаt qilаdi. Yer yuzidа
o„z suvеrеn huquqigа egа bo„lgаn (ikki yuz аtrоfidа) nеchtа dаvlаt bo„lsа, shungа
yaqinroq dаvlаt tili mаvjud bo„lar ekan. O„zbеk tilining bu mo„tаbаr minbаrdаn
o„rin оlishi, ya`ni dаvlаt tili mаqоmigа egа bo„lishi - bu bir bаxt, qоlаvеrsа,
mo„jizа!
Shundаy ekаn, qоnun yo„li bilаn himоyagа оlingаn оnа tilimizni ko„zimizgа
surtishimiz, аsrаb-аvаylаshimiz, uni hаr tоmоnlаmа rivоjlаntirishimiz, uning
rаsmiy dоirаdаgi nufuzini yanаdа оshirishimiz vа tаkоmillаshtirishimiz biz uchun
fаrzdir.Mamlakatimizda o„zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi ona tilimizni
yanada takomillashtirishga, unga bo„lgan e‟tiborning yanada kuchayishiga
imkoniyat yaratdi. O„zbek tilini yuksak darajaga ko„tarish, uni rivojlantirish
bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Milliy istiqlol hayotimizning
hech bir istisnosiz barcha sohalarida bo„lgani kabi ona tilimiz rivoji uchun keng
yo„l ochdi.
“Davlat tilida ish yuritish” fani O„zbekiston Respublikasining “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” va “Ta‟lim to„g„risidagi Qonun” Milliy istiqlol
mafkurasi talablari asosida bo„lg„usi mutaxassislarni davlat tilida ish yuritish kursi
bo„yicha asosiy tushuncha va terminlar, hujjatchilik tarixi, hujjat turlari va
xususiyatlari, ish yuritishga oid atamalar, ish qog„ozlarining asosiy turlari, ularning
yozilishi kabilar haqida ma‟lumotlar beradi. “Davlat tilida ish yuritish” fanining
dasturi bo„lajak pedagoglarni fanning umumiy nazariy asoslari bilan qurollanishi,
ta‟lim tarbiya berishnnng yangi pedagogik texnologiyasi asosida olib borishni
ta‟minlaydi.
Ish yurinishni asosini hujjatlar tashkil etadi. Biron-bir tashkilot, muassasa
yoki korxona faoliyatini hujjatlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Mazmunan va
shaklan turli-tuman bo`lgan hujjatlar jamiyatning uzluksiz faoliyatini tartibga solib
kelgan. Bugungi kunda ham davlat va nodavlat tashkilotlarida davlat tilida ish
yuritish sifatini oshirish mamlakatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan asosiy
omillardan hisoblanadi. Ushbu fan talabalarga zamon talablariga mos ravishda
davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo`yicha nazariy
va amaliy bilimlar berish, bo`lg`usi fan o`qituvchisini kasbiy faoliyatiga doir ish
hujjatlari bo`yicha bilimlar bilan qurollantiradi.
“Davlat tilida ish yuritish‟‟ fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs
hisoblanib, bakalavriat ta‟ lim yo`nalishining 1-4- kurslarida o`qitiladi. Mazkur fan
tilshunoslik turkumidagi fanlardan biri bo`lib, hozirgi o„zbek tili,nutq madaniyati,
uslubshunoslik,mantiq fanlari bilan bog`liq. “Davlat tilida ish yuritish ‟‟ fani
tilshunoslikning amaliy asosini tashkil etib, yetuk kadrlar tayyorlashga xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |