Mavzu. Hujjatchilik tаrixi va uning takomillashuvi. Tayanch so‘z va iboralar



Download 17,37 Kb.
Sana13.04.2022
Hajmi17,37 Kb.
#549253
Bog'liq
mavzuHujjat tariximatn


mavzu. Hujjatchilik tаrixi va uning takomillashuvi.
Tayanch so‘z va iboralar:qadimgi hujjatlar,Yevropa hujjatchilik tarixi,o’zbek hujjatchilik tarixi.
SAVOLLAR

  1. Tarixiy hujjatchilik namunalari qayerda vujudga kelgan?

  2. “Devonu lug’otit-turk” asarida hujjatlarga oid qanday so’zlar uchraydi?

  3. Qadimda hujjatlar qanday narsalarga yozilgan? Ulardan namunalar keltiring.
    4. Hozirgi kunda qaysi tarixiy hujjatlar yo’qolib ketgan?

Ma’lumki, insoniyat tarixida yozuvning ixtiro qilinishi bilan bog‘liq ravishda yozma nutqning vujudga kelishi hamda taraqqiy eta borishi asosida eng qadimgi zamonlardan boshlab kishilik jamiyatida insonlarning o‘zaro turli–tuman munosabatlarini aks ettiruvchi yozishmalar, solnomalar, hujjatlar, badiiy, ilmiy, tarixiy asarlar yaratib kelingan. Hujjatlar kishilar, jamoalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish, davlat ichidagi hamda davlatlararo ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy, harbiy sohalarda aloqalar o‘rnatish, hamkorlik qilish, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantira borishlari uchun xizmat qilib kelgan. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni jadal amalga oshirishda yozma manbalarning, hujjatlarning roli beqiyosdir.


Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094-yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi «hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning shakllanishi barobarida hujjatlar ham takomillashib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o‘rxun-enasoy, so‘g‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko‘plab hujjatlar, umuman,yozma manbalar ma’lum.
O‘tmishdagi hujjatlar aslida yaqindagina vujudga kelmagan. U qadim davrlarga borib taqaladi.
Bizgacha yetib kelgan manbalar orasida VII asr oxiri va VIII asr boshlarida Sug‘d podsholigi davriga tegishli 80 ga yaqin noyob (Panjakent yaqinidagi Mug‘ tog‘ida joylashgan qadimgi qasr xarobalaridan topilgan sug‘dcha) hujjatlar Sug‘d davlatida ish yuritishning ahvolidan darak bersa (3, 3-57-b.), 800 ga yaqin hujjatlarni qamrab olgan “Vasiqalar to‘plami” 1588-1591-yillarda Samarqanddagi tarixiy voqelikni, ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaqqol aks ettiradi (4, 5-125-b.).
Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo'lgan. X asr va undan oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Hatto M.Qoshg'ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog'ozi, shuningdek, elchilarga beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida yorliq va noma ma’nosi o'rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol qo‘llanishga o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. Sho'rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'lindi. Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog’ul qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat topilgan. Ular milliy so‘g‘d yozuvida bo'lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy qog‘ozlariga bitilgan.
Download 17,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish