6. Muloqot texnikasi Muloqot texnikasi – bu kishining shaxsiy madaniyati, uning bilimlari, uquvi, har tomonlama nazariy tayyorgarligi, ta’lim va tarbiya berish usullarini oʽz nutqi orqali ifodalash demakdir.Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari:1.Muloqot madaniyati - savodli gapirish, oʽz nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, oʽz fikr va his- tuygʻularini soʽzda aniq ifodalash.2.Mimik pantomima - aniq imo-ishora, ma’noli qarash, ragʻbatlantiruvchi yoki iliq tabassum.3.Hissiy holat - jiddiylik darajasi, xayrxohlik kayfiyatini saqlash, oʽzining hissiy holatini tashkil etish.Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o‘rniMustaqil yurtimizda ma’naviy islohotlar jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan bir paytda muloqot texnikasiga bo‘lgan e’tibor ham ortmoqda. Har bir shaxs, har bir fuqaro, qolaversa, har bir pedagog his- tuyg‘ularini ifodalashda, boshqalar bilan muloqotda, fikr almashuvda, o‘z faoliyatini olib borishda nutqning ahamiyati katta ekanligini bilmog‘i zarur. Nutqni aniq, to‘g‘ri, chiroyli, ixcham va sof tuzish uchun esa tilni, uning imkoniyatlarini yaxshi bilish talab etiladi. Hamma ham birday chiroyli so'zlash qobiliyatiga ega emas, hammada ham notiqlik san’ati, nutqiy salohiyat bir xilda shakllangan deb bo‘lmaydi. Shunday ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga vatanparvarlik, insonparvaplik va yuksak ma’naviyatni muloqot texnikasi orqali singdirish lozim. Muloqot jarayonidagi asosiy vositalardan biri bu ovoz texnikasidir. Ovoz nafas olish bilan uzviy bog‘liq, nafas olmasdan tovush chiqarib bo‘lmaydi, so'zlash uchun esa avval o‘pka havo bilan to‘ldiriladi. To‘g‘ri nafas olish tovush va nutqning jaranglab chiqishi uchun juda zarur. Ammo ko‘pchilik o'z nafas olishini boshqara olmaydilar. Natijada havo yetmay urg‘u noto‘g‘ri ishlatilishi, mavzuning ma’nosi o'zgarib ketishi mumkin.
7.Jamoa o’rtasidagi muloqot Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Ijtimoiy muloqot (yoki ijtimoiy kontsert) - bu jarayon ijtimoiy sheriklar (kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tashkilotlari) ko'pincha hukumat bilan hamkorlikda ish bilan bog'liq masalalarni tartibga solish va rivojlantirishga, mehnat bozori siyosati, ijtimoiy himoya, soliqqa tortish yoki boshqa iqtisodiy siyosatga ta'sir o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib boradi. Bu, xususan, G'arbiy Evropada davlat siyosatini ishlab chiqishning keng ko'lamidirBular ijtimoiy sheriklarning o'zlari o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri munosabatlar ("ikki tomonlama") yoki davlat hokimiyati organlari va ijtimoiy sheriklar o'rtasidagi munosabatlar ("uch tomonlama") bo'lishi mumkin. Aniqroq tushuntirish uchun ijtimoiy muloqot ish beruvchilar, ishchilar va hukumatlar vakillari o'rtasida muzokara, maslahat yoki shunchaki fikr almashishni anglatishi mumkin. Bu to'g'ridan-to'g'ri hukumat ishtirokida yoki bo'lmasdan mehnat va menejment o'rtasidagi munosabatlardan iborat bo'lishi mumkin. Ijtimoiy muloqot hukumatlar va ish beruvchilar va ishchilar tashkilotlariga o'zgarishlarni boshqarish va iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarga erishishda yordam beradigan moslashuvchan vosita.Ijtimoiy muloqot faoliyatining misollariga o'zaro ma'lumot, ochiq munozara, konsert kiradi[2] (davom etayotgan uch tomonlama dialog), fikr almashish, maslahatlashuv va muzokaralar (kelishuvlar / umumiy fikrlar).
8.Til va nutq Til va nutq bir-biri bilan chambarchas bog`liq, ammo ayni paytda bir-biridan farqlanishi kerak bo`lgan hodisalardir. Tilsiz nutqning, nutqsiz tilning mavjud bo`lishi mumkin emas. O`zbek adabiy tilining asoschisi ulug` Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub" asarida so`zning sharafli sifatlari haqida so`zlash asnosida til va nutq munosabati xususida quyidagi nazariy fikrni bayon qiladi: "Til muncha sharaf bila nutqning olami (quroli) dur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo`lsa, tilning ofatidur." Demakki, til nutq uchun qurol, bu quroldan foydalanib nutq tuziladi, nopisandlik, e’tiborsizlik qilinsa, nutq maqbul bo`lmaydi va bu tilning ofati bo`ladi. Til va nutq bir-biridan farq qiladigan, lekin o`zaro aloqador ikki ijtimoiy, ruhiy-ma’naviy hodisadir. Ya’ni til aloqa quroli, fikr bayon qilish vositasi bo`lsa, nutq so`zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shunday jarayon natijasida yuzaga keladigan faoliyatdir. Bu ikki hodisani qiyoslaganda oradagi farqlar yanada oydinlashadi. Ya’ni, bir auditoriyada o`tirgan talabalarning gaplashadigan tillari bir bo`lsa-da, lekin nutqlari har xil bo`lishi tabiiy.
9.Biznesda imidj imidj Imidj tushunchasi reyting, obroʻ, mashhurlik, joziba, maftunkorlik, e’tibor, nufuz va boshqa tushunchalar bilan hamohangdir. Imidj tashqi koʻrinish, kiyinish madaniyati, urf-odatlar, faoliyat va sa’y- harakatlar, inson axloqi va oʽzini tutishida, Xarakterida, doʻstlari va oʽzaro munosabatlarida namoyon boʻladi. biznesmen imidjini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifasi sifatida kun tartibiga qoʻyilmoqda. Imidj o‘zi nima? Imidj soʽzining ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimasi "koʻrinish”, "qiyofa”, "siymo”, "timsol” ma’nolarini anglatadi. Imidj bu nafaqat koʻrinish, balki nutq, muomala orqali namoyon boʻladigan tarbiyaviy jihatlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Tashqi qiyofa orqali insonlarning qiziqishlarini orttirgan holda, o‘zini namoyon qila olish, o‘ziga ogʻdira olish va e’tiborni qarata olish biznesmen faoliyatida muhim sanaladi.Har bir inson bir nechta imidjga ega bo`ladi.Bu uning qayerda va kimlar bilanligiga bog`liqligi bilan ma`lum bir turlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |