Fanning maqsadi



Download 40,75 Kb.
bet5/9
Sana08.07.2022
Hajmi40,75 Kb.
#758761
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbek tili yakuniy

Kasbiy Ijtimoiy Oiladagi Shaxsiy
Jamoat oldiga chiqayotgan hamma notiqlar asosiy qoidani eslarida saqlashlari lozim: qisqa gapirishlari va asosiy ma’nosini ochib berishlari kerak. Birinchi o‘rinda ma’ruzachi jamoat oldiga chiqib soʻzlashidan asosiy maqsad nimaligini aniqlab olish kerak, chunki, jamoat ma’ruzachini emas, ma’ruzani tinglashga kelgan bo`ladi.
10. Matnga xos xususiyatlar Ma’lum voqelik haqida tasavvur ((ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi. Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmuniga ko’ra ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo, yoki hujjat Xarakteriga ega bo‘ladi. Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilanta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Shuning uchun, bunday matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi.Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, sodda gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan ham keng foydalaniladi. Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi.


11. Matn tahlili va tahririTahrir ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatga bevosita daxldor jarayondir. “Tahrir” so‘zi arabcha bo‘lib, “yozma ishni, asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish” ma’nolarini anglatadi. Matnni tahrir qilish uchun dastlab u bilan yaxshilab tanishib, to‘lig‘icha o‘qib chiqish, masalaning mohiyatini tushunib olish lozim. Birinchi o‘qishdanoq tuzatishlar kiritishga shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif muddaosini anglamasdan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bo‘lingandan keyin, matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda so‘zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida asosiy matndagi ba’zi o‘rinlar kengaytirilishi, olib tashlanishi, o‘zgartirilishi mumkin. Matn ustida ishlash mas’uliyatli jarayon bo‘lib, tahrir qiluvchidan ham o‘ziga nisbatan jiddiy munosabatni talab qiladi. O‘quvchilarning matn tahriri bilan shug‘ullanishi esa ularga o‘rgangan til bilimlarini mustahkamlashga, undan foydalanishda shu paytga qadar yo‘l qo‘yib kelayotgan kamchiliklarini tuzatib olishiga, binobarin, o‘z nutqining uslubiy jihatdan takomillashib borishiga ko‘maklashadi.

12. Hujjatchilik tarixi


Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi Hammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094-yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi «hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning shakllanishi barobarida hujjatlar ham takomillashib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o‘rxun-enasoy, so‘g‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko‘plab hujjatlar, umuman,yozma manbalar ma’lum. Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h.k. Bu o‘rinda To‘xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yag‘aylaga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397-yildagi yorlig‘i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‘i, Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1779-yil 2-iyunda Peterburgga - Rossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig‘i va boshqalarni eslab o‘tish mumkin. 13.Biznesni tashkil etishda muloqotning ahamiyati. Muloqot biznesning hayotiy kuch manbaidir. Hech qanday biznes samarali muloqot tizimi
mavjud boʻlmaganda rivojlana olmaydi.Muloqot biznesning qandayligi va oʻlchamidan qat’i nazar tashkilotni birgalikda ushlab turuvchi poydevordir.Insonlarning tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot, tashkilotdagi xodimlarning tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi. Jamoada yaxshi ishlash qobiliyati, qoʻl ostidagilaringizni boshqarish va sizdan yuqori lavozimdagi shaxslar, xaridorlar va hamkasblar bilan munosabatingiz sizning muloqot qilish mahoratingizga bogʻliq boʻladi.
Tashkilotdagi xodimlar tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari
tashqi muloqot deb ataladi. Bu shaxslar mijozlar yoki xaridorlar, dilerlar yoki
distribyutorlar, axborot vositalari xodimlari, hukumat, omma va shu kabilar tashqi muloqot namunalaridir.Biznesni tashkil etishda Biznes reja tuzish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida Biznes reja tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: BIZNES REJA – aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisob – kitob qilingan loyiha.

Download 40,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish