Maktabgacha ta'lim
Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida
pedagog kadrlarining
2022- yil aprel oyida malaka oshirish bo'yicha
Qo’qon shahar
Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi
49-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
Zokirova Shaxnozaxonning
"ILK QADAM " davlat o'quv dasturi
bo'yicha Yanvar oyining
“14-yanvar vatan ximoyachilari kuni” mavzusidagi faoliyat ishlanma tashkil etish va o'tkazish metodikasi yuzasidan
BITIRUV LOYIHAVIY ISHI
Ilmiy raxbar: Erkinjonova G.F.
Qo’qon-2022
Reja:
Kirish.
1. “14-yanvar vatan ximoyachilari kuni” haqida umumiy ma’lumot.
2. “14-yanvar vatan ximoyachilari kuni” mavzusi bo’yicha faoliyat ishlanma.
Hulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Yosh avlodga vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hozirgi zamonning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Vatanparvarlik - bu o'z vataniga va o'z xalqiga muhabbat.
Afsuski, zamonaviy bolalar mamlakatimizning tarixiy o'tmishi voqealari haqida yuzaki tushunchaga ega. Ushbu muammoni hal qilishda maktabgacha ta'lim katta rol o'ynaydi, chunki maktabgacha yoshda bolaning axloqiy fazilatlari asoslari qo'yilgan. Shu munosabat bilan, maktabgacha tarbiya muassasasi o'qituvchilari jamoasi oldida optimal pedagogik tizimni qurish orqali bolalarning fuqaroligini, o'z vataniga muhabbat va g'urur tuyg'ularini shakllantirish vazifasi turibdi.
Xalqimizning ozodligi va mustaqilligini himoya qilganlarni unutmasligimiz kerak va "qarindoshlikni eslamaydigan Ivanes" ga aylanamiz. Buyuk Vatan urushi, shubhasiz, O’zbek xalqining qahramonligi va vatanparvarligining eng yorqin namunasidir.
Vatan ostonadan boshlanadi. Inson dunyoga kelishi bilan vatan oldidagi burchi hamda vazifasi u bilan birga buladi. Har bir inson umri davomida "vatan menga nima berdi"-deb emas balki, "men vatanimga nima berdim"-deb yashashi kerak.
Vatanga muhabbat eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalmilalchilik bilan uyg‘unlashib ketadi. Vatanga muhabbat maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy rivojlanishini va ular tafakkurining aniq hamda obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan tarbiyalab borila-di. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda Vatanga muhabbatni, ularga yaqin va tanish bо‘lgan aniq fakt-lar, yorqin misollar orqali tarbiyalab boriladi. Tar-biyachilar bolalarda о‘z oilasiga, uyiga, bog‘chasiga va ularni о‘rab turgan tevarak-atrofga muhabbat hamda ularga sodiq bо‘lishni tarbiyalayotib eng muhim ijti¬moiy tuyg‘u Vatanga muhabbatni tarbiyalab boradi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi voqea, hodisalarning faqat tashqi belgilarini anglab oladilar. Ular hayit, Navrо‘z bayramini hamma kishilar ku-tib olishlarini kuzatadi, bundan juda zavqlanadi, am-mo buning sababi va natijalarini bilmaydilar. Ular¬ga bayramlarning mohiyatini tushuntirish bilan ham vatanparvarlik tarbiyasi amalga oshiriladi. Bizning kurs ishimizning dolzarb masalalariham aynan shu davrdsgi bolalarga vatanning asl mohiyatini tushuntirishdan yo’llarini urganishdan iborat.
“14-yanvar vatan ximoyachilari kuni” haqida umumiy ma’lumot.
14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bayram sanasi O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog’liqdir: 1991 yilning 31 avgust kuni «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu muhim hujjat yosh respublikamizga o’zining harbiy siyosatini yuritish huquqini berdi. Shu kuni e’lon qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi bayonot esa milliy qurolli Kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qildi. 1991 yil 6 sentyabrdagi «Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi. 1992 yil 3 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 1992 yilning 14 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o’quv muassasalari to’g’risida»gi qarori juda muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga ko’ra davlatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi. 1993 yil 29 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o’z burchini o’tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o’tkaziladi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondonining Vatan himoyachilariga yo’llagan tabrigi chop etilib, unda qurolli Kuchlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab beriladi. Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.
“14-yanvar vatan ximoyachilari kuni” mavzusi bo’yicha faoliyat ishlanma.
Do'stlaringiz bilan baham: |