Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi:
Talabalarga o’qituvchi tomonidan sodir qilinadigan muammoli vaziyatlarni tabaqalashtirish va ularni samarali hal etish usullari, pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari haqida ma’lumot berish; milliy urf-odatlar, qadriyatlar va xalq milliy merosi namunalaridan tarbiyaviy vosita sifatida foydalanish; talabalarning ziddiyatli vaziyatlarni hal eta olish bilim, ko’nikmalarini oshirish.
Dars o’tish vositalari:
Fan darsliklari, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, tarixiy ma’lumotlar, izohli lug’atlar.
Dars o’tish usuli:
Takrorlash, ijodiy suhbat va savol-javob, bahs-munozara, (mavzuni o’zlashtirish va mustahkamlash) tarzda jonli muloqat o’tkaziladi, (talabalarni mustaqil, erkin frirlash, fikr-mulohazalarini bayon qilish, har bir talabaga dars mavzusining ma’nosidan kelib chiqib savollar berish, ularning fikrlarini yakuniy muhokama qilish); iboralarga izohlar berib borish.
Darsning mazmuni:
Ta’lim berish nihoyatda salmoqli ruhiy zo’riqishni talab etadi, biroq og’ir mehnatdan toliqish va ruhiy iztirob – bir narsa emas. Endi nima uchun o’qituvchi mana shunday salbiy kechinmalarni boshidan o’tkazishi sabablariga to’xtaymiz.
O’qituvchi tomonidan his etiladigan sezgi va kayfiyatning qo’shimcha kalitlari quyidagilar:
iztirob;
ikkilanish;
g’azab;
xafa bo’lmoq;
muskullar zo’riqishi;
o’zini umuman noqulay sezish;
boshning og’rishi;
oshqozon va ichak kasalliklari va hokazo.
Agar u yoki bu muammo siz tufayli sodir bo’lsa, unda undan hosil bo’luvchi his – tuyg’uga ham o’zingiz javobgar bo’lasiz. Bu sizning muammoni hal etmaganingiz yoki samarasiz hal etganingizga berilgan jazodir.
Quyida o’qituvchi tufayli sodir bo’ladigan konfliktli vaziyatlarni ko’rib chiqamiz:
o’quvchi partani tirnaydi;
ba’zi o’quvchilar o’qituvchi darsni bayon etayotganda uning so’zini bo’lishadi;
o’quvchilar sinf poliga tupurishadi;
o’quvchi muntazam darsga kechikib keladi, darsni boyqot qiladi;
o’quvchilar o’quv qo’llanmasini yirtishadi;
labaratoriya xonasida o’quvchilar sigareta chekishadi;
o’quvchi o’z sinfdoshlari ustidan ig’vo qilib, o’qituvchining ko’p vaqtini oladi;
o’quvchi sizning ruxsatingizsiz stolingizdan oq qog’oz oladi;
o’quvchilar darsda baland ovoz bilan bahslashadi va o’qituvchiga xalal beradi.
Mana shular kabi o’qituvchining bemalol dars o’tishiga xalal beruvchi qiliqlarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Bular o’qituvchi ish faoliyati samadorligi va sifatiga sezilarli darajada ta’sir etadi. O’qituvchi ham, ba’zi birovlar buni unutib qo’yishsada, oddiy bir odam. U ham o’z faoliyatini, o’qitish huquqini hech qanday to’siqlarsiz amalga oshirishni istaydi. O’quvchilarning yuqoridagi kabi qilmishlari o’qituvchi muammomi hisoblanadi. Bunday hollarda o’qituvchi loqayd munosbatda bo’lishi aslo mumkin emas, u qandaydir pedagogik chora – tadbir qo’llashi lozim.
Quyidagi jadvalga qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: |