Mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
ayrim nazariy mavzular bo’yicha o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil ravishda ma’ruza matni yoki konspekt tayyorlash va o’zlashtirish;
berilgan mavzu bo’yicha referat tayyorlash;
seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;
labaratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko’rish;
ma’lum mavzu bo’yicha ko’rgazmali qurolar tayyorlash;
hisob – grafik ishlarini bajarish;
kurs loyihasini bajarish;
malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash, nostandart amaliy topshiriqlarni bajarish;
amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;
maket, model, badiiy asar, musiqa va h.k. namunalar yaratish;
ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza, tezislarini tayyorlash;
ilmiy maqola, monografiya va h.k. larga taqriz yozish.
III. MUSTAQIL IShNI BAHOLASh MEZONI Talabalarning Pedagogik konfliktologiyadan mustaqil ishi bo’yicha faoliyati o’zlashtirish ko’rsatkichi (%) bo’yicha quyidagiga baholanadi:
86 – 100 foiz – «a’lo»;
71 – 85 foiz – «yaxshi»;
55 – 70 foiz – «qoniqarli»;
40 – 54 foiz – «qoniqarsiz»;
40 dan past – «yomon».
«Pedagogik konfliktologiya» fanidan talabalar mustaqil ishini tashkil etish «Pedagogik konfliktologiya» fanidan talabalar uchun mustaqil ta’lim savollari
Er-xotin o’rtasidagi konfliktlar va ularni profilaktika qilish metodlari
Shaxslararo konfliktlarni kelib chiqish sabablari
Farzand va ota-ona o’rtasidagi konfliktlar va ularni bartaraf etish asoslari
O’smirlar ta’limida yuz beradigan ziddiyatlar tiplari
O’quvchilarni o’zlashtirishini baholash natijasida paydo bo’ladigan nizolar
o’quv jarayonida konfliktlarni oldini olishda o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar
O’qituvchining o’quvchiga nisbatan noaxloqiy, nopedagogik xatti-harakatlaridan kelib chiquvchi ziddiyatlar
O’qituvchining nazokatsizligi va qo’polligining ifodalanish formasi va uni bataraf etish usullari
O’qituvchi tomonidan yo’l qo’yiladigan muammoli vaziyatlarni tabaqalashtirish va ularni samarali hal etish usullari
O’qituvchi va o’quvchining pedagogik muloqoti
Ta’lim-tarbiya jarayonida o’zaro pedagogik munosabatlar
Tarbiyasi turli darajadagi oila a’zolari, er-xotin o’rtasida yuzaga keladigan ziddiyatlar va ularni bartaraf etish jarayoni
Stressli qayg’urishlar va ularni turlari
Ruhiy toliqishlarni oldini olish, tibbiy-stressologik bilimlarni kishilar orasida tashviq qilish asoslari
Pedagogning ma’naviy-madaniy, axloqiy va estetik salohiyatiga qo’yiladigan talablar
Pedagogik muloqotni boshqarish asoslari
Pedagogik muloqotda tezkor-emosional hamdardlik muhim kasbiy element sifatida
Pedagogik muloqotda qadriyatlar to’qnashuviga doir to’siqlar va ularni bartaraf etish