O’qituvchi va o’quvchilar orasidagi o’zaro munosabatlarda sodir bo’luvchi konfliktlar
O’qituvchining kasbiy qiyofasinin yorqin aks ettiruvchi ikki faktor mavjud:
O’qituvchining shaxsiy sifatlari.
O’smirlar bilan ish olib borish mahorati.
Har ikkala faktor o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishga xizmat etgan taqdirdagina o’qituvchi va o’quvchi orasidagi o’zaro munosabat xolis, samimiy va ishchan tus olishi mumkin.
O’qituvchining o’ch olishga va ayrim o’quvchilarni kamsitishga urinishi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misollarga murojaat etaylik:
Ayrim o’quvchilarga - ular a’lochi bo’lishi shart emas – namoyishkorona ayrimiga mehr ko’rsatadi.
“Yaxshi” va “Yomon” o’quvchilarga munosabat usuli keskin farqlanadi.
Bu hol o’quvchilar orasidagi munosabatga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Kamsitish holi faqat ayrim o’quvchilarga nisbatangina bo’lmasdan butun sinf jamoasiga nisbatan ham ro’y beradi.
Yaxshi o’qimaydigan o’quvchilarning tashabbuslari bo’g’ib qo’yiladi.
Ona tili o’qituvchisi o’z “erkatoy”larining xatolarini o’zi “to’g’rilab”, bahosini sun’iy ko’taradi.
Zaif va o’rtacha o’zalashtiruvchi o’quvchilarni kamsitib, “xom”ligini doim ta’kidlaydi.
Ochiqdan ochiq liderlar va landovurlarga bo’lib, sinf o’quvchilari orasidagi totuvlikni buzadi.
Ahloqiy konfliktlar
Dars paytida bir – biriga xat uzatayotganda ularni ta’qib etuvchi o’qituvchilar bilan xat mualliflari orasida keskin konflikt yuzaga keladi. O’smirlarning bunday harakatlarini ta’qib etish nihoyatda og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misollarga murojaat qilaylik:
O’tgan asrning 80-yillari. Qo’shrabot tumanidagi maktablardan birining 8 – sinf o’quvchilari pilla qurti uchun barg kesishga safarbar qilinadi. O’g’il bola qiz bolaga maktub berayotganini ko’rib qolgan sinf rahbari N. maktubni qizning qo’lidan tortib olib, o’qib chiqadi. So’ng ertasi kuni maktab o’quvchilarining umumiy yig’ilishida o’quvchi qizni yengiltaklikda ayblab sharmanda qiladi... Ertasi kuni maktabga qizning o’ziga olov qo’yganligi haqida xabar keladi.
O’qituvchi, bir – birini yoqtirgan o’quvchilarni sinfda, dars paytida masxara qiladi, sinf ham unga qo’shiladi.
Bunday o’qituvchining darsidan o’quvchilar bezib qolishadi, uni yoqtirishmaydi.
Qiz bolaga o’qituvchi unga shunday dakki beradi: O’g’il bolalar bilan birga ko’chada taralla – bedod qilib yurishga vaqting bor, mening darsimga esa vaqting yo’q...”
Biologiya o’qituvchisi kasallikdan yaqinda turgan o’quvchining xotirasi zaifligini masxara qilib sinfda sendan o’tadigan g’alcha yo’q deydi.
Xulosa
Shunday qilib, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilan o’qituvchi o’rtasida hamda o’smirlar ta’limida yuz beruvchi ruhiy jarohatlanish sabablari, xillari va og’irligi bilan tanishar ekanmiz, har bir o’qituvchi o’z oldiga bolaga “zarar yetkazma” degan kasbiy kodeksga amal qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |