IX BOB. ELEKTROLIZ.
1-Mavzu: Elektrodlarda sodir bo’ladigan jarayonlar.
1. Rux sulfat tuzining suvli eritmasi grafitli elektrodlar yordamida elektroliz qilinganda katod va anodda qanday moddalar ajralib chiqadi?
A) H2 va O2; B) Zn va H2; C) Zn va S;
D) H2 va S; E) Zn, H2 va O2.
2. Na2SO4 eritmasi elektroliz qilinganda elektrodlarda qanday moddalar ajralib chiqadi?
A) natriy va oltingugurt (VI) oksid;
B) vodorod va oltingugurt (VI) oksid;
C) natriy va kislorod;
D) vodorod va kislorod;
E) vodorod va sulfat angidrid.
3. Qaysi metall faqat elektroliz usuli bilan olinadi?
A) Cu B) Fe C) Al D) Cr E) W
4. Natriy gidroksid suyuqlanmasi elektroliz qilinganda, katodda va anodda qanday moddalar hosil boladi?
A) vodorod va kislorod; B) natriy va vodorod;
C) natriy va suv; D) natriy va kislorod;
E) suv va kislorod.
5. Osh tuzi eritmasi elektroliz qilinganda, katod va anodda qanday moddalar ajralib chiqadi?
A) natriy va xlor; B) natriy va kislorod;
C) natriy va vodorod; D) vodorod va xlor;
E) kislorod va xlor.
6. Osh tuzi eritmasidan qanday qilib natriy metalini olish mumkin?
A) kaliy metali bilan reaksiyaga kirishtirib;
B) qizdirib;
C) eritmani elektroliz qilib;
D) eritmani buglatib, songra suyuqlanmani elektroliz qilib.
7. Kaliy sulfat eritmasi elektroliz qilinganda, katod va anodda qanday moddalar ajralib chiqadi?
A) kaliy va oltingugurt (IV) oksid;
B) kaliy va kislorod;
C) vodorod va kislorod;
D) vodorod va oltingugurt (IV) oksid;
E) kislorod va oltingugurt (IV) oksid.
8. Mis (II) nitratning suvdagi eritmasi mis elektrodlarga ega bolgan sharoitda elektroliz qilinganda, qanday jarayonlar sodir boladi?
A) katodda mis (II) ionlari qaytariladi, anodda gidroksid ionlari oksidlanadi;
B) katodda mis (II) kationi qaytariladi, anodda anod metali oksidlanadi;
C) katodda vodorod kationi qaytariladi, anodda gidroksid ioni oksidlanadi;
D) katodda vodorod kationi qaytariladi, anodda nitrat ioni oksidlanadi;
E) katodda mis ajraladi, anodda kislorod.
9. Mis (II) nitrat eritmasi inert elektrodlar ishtirokida elektroliz qilinganda, qanday moddalar hosil boladi?
A) mis, kislorod; B) vodorod, kislorod;
C) mis, azot oksidi; D) vodorod, azot oksidi;
10. Kaliy, rux, mis, temir va oltin xloridlarining suvli aralashmasi elektroliz qilinganda katodda qaysi metall birinchi qaytariladi?
A) kaliy B) rux C) mis D) temir E) oltin
11. Natriy sulfat eritmasi elektroliz qilinganda, katodda qanday mahsulot olinadi?
1) O2; 2) H2; 3) Na; 4) NaOH;
A) 2 va 4; B) 1 C) 3 D) 2 E) 2 va 3.
12. Mis sulfat eritmasi inert elektrodlar ishtirokida elektroliz qilinganda, katod va anodda quyidagilardan qaysilari ajralib chiqadi?
A) Cu, H2 B) Cu, O2 C) Cu, SO2
D) H2, O2 E) H2, SO2
13. Zn(NO3)2, Cu(NO3)2, AgNO3, Fe(NO3)2 larning 0,1 M li suvli eritmalari inert elektrod yordamida elektroliz qilinganda, birinchi bolib katodda qaysi metall ajralib chiqadi?
A) tortala metallning hammasi bir paytda ajralib chiqadi;
B) Zn C) Cu D) Fe E) Ag
14. Mis (II) nitrat eritmasi inert elektrodlar ishtirokida tola elektroliz qilindi. Elektr toki ochirilgandan keyin elektrodlar qisqa vaqt davomida elektrolizyorda qolib ketsa, eritmada qanday mahsulot bolishi mumkin?
A) HNO3 B) Cu(NO3)2 C) HNO2
D) HNO3 + Cu(NO3)2 E) CuNO3 + HNO3
15. Natriy tuzlari: sulfati, nitrati, karbonati va fosfati aralashmalarining eritmasini elektroliz qilinganda qaysi zarracha oksidlanadi?
A) B) C) D) E)
16. Mis sulfat va mis nitrat eritmasi orqali doimiy tok otkazilganda qaysi zarracha oksidlanadi?
A) B) C) D) E)
17. Qaysi qatordagi uchta metallni ular tuzlarining suvli eritmalarini elektroliz qilib olish mumkin?
A) Fe, Li, Ni; B) Co, Ba, Cr; C) Cu, Na, Rb;
D) Au, Fe, Cu; E) Fe, Ca, Cr.
18. Kaliy sulfid tuzining suvli eritmasi grafitli elektrod yordamida elektroliz qilinganda katodda qaysi modda ajralib chiqadi va uning atrofida eritmaning muhiti qanday boladi?
A) kaliy, ishqoriy; B) oltingugurt, ishqoriy;
C) vodorod, kislotali; D) kislorod, neytral;
E) vodorod, ishqoriy.
19. Temir (II) sulfatning suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda elektrodlarda qanday moddalar ajralib chiqadi?
A) Fe, S, O2 B) H2, O2 C) Fe, H2, O2
D) H2, S E) Fe, O2
20. CuSO4 eritmasi elektroliz qilinganda katodda qanday mahsulot hosil boladi?
A) Cu B) H2 C) Cu, H2 D) O2, SO2
21. Kumush nitratning suvli eritmasi elektroliz qilingandan keyin eritmaga tushirilgan lakmus qogozi qanday rangga boyaladi?
A) qizil B) kok C) rangsiz
D) binafsha E) ozgarmaydi
22. Kaliy xlorid eritmasi elektroliz qilinganda, katodda qaysi modda ajralib chiqadi?
A) K B) H2 C) O2 D) H2O E) Cl2
23. Elektrokimyoviy ekvivalent deb nimaga aytiladi?
1). elektrolit eritmasidan 1 AS elektr toki otkazilganda, elektrodlarda ajralib chiqadigan modda miqdori uning ekvivalent massasiga teng;
2). elektrolit eritmasidan 1 F elektr toki otganda, elektrodda ajralib chiqadigan modda miqdori uning ekvivalent massasiga teng;
3). elektrolit eritmasidan 96500 Kl elektr toki otganda, elektrodda ajralib chiqadigan modda miqdori uning ekvivalent massasiga teng;
4). elektrolit eritmasidan 26,8 A s elektr toki otganda, elektrodda ajralib chiqadigan modda miqdori uning ekvivalent massasiga teng;
A) 1,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 4 E) 3,4
24. CuSO4 eritmasi misdan yasalgan anod ishtirokida elektroliz qilinganda, anodda qanday jarayon roy beradi?
A) anod eriydi; B) O2 ajralib chiqadi;
C) H2 ajralib chiqadi;
D) Cu metali ajralib chiqadi;
E) anodda hech qanday ozgarish bolmaydi.
25. Amalda bajarib bolmaydigan jarayonlarni korsating.
1) temir (III) sulfat eritmasining elektrolizi;
2) magniy xlorid suyuqlanmasining elektrolizi;
3) magniy karbonat suyuqlanmasining elektrolizi;
4) saxarozaning elektrolizi;
5) simob (II) nitrat suyuqlanmasining eletrolizi;
A) 1,2,3 B) 1,4,5 C) 3,4,5 D) 1,2,5 E) 1,3,5
26. Elektroliz jarayonida bir xil ozgarishlarda qatnashadigan moddalar qatorini korsating.
1) xrom (III) nitrat; 2) kaliy gidroksid;
3) natriy bromid; 4) kaliy nitrat;
5) nitrat kislota; 6) xlorid kislota;
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2,3,6 D) 2,4,5 E) 1,5,6
27. Bariy nitrat eritmasi elektroliz qilinganda, qaysi jarayonlar yuz beradi?
1) bariy nitrat konsentratsiyasi ortadi;
2) bariy nitrat konsentratsiyasi kamayadi;
3) bariy nitrat konsentratsiyasi ozgarmaydi;
4) bariy nitrat miqdori ortadi;
5) bariy nitrat miqdori kamayadi;
6) bariy nitrat miqdori ozgarmaydi;
A) 2,5 B) 1,4 C) 2 D) 5 E) 1,6
28. Qaysi moddalarning suvli eritmalari inert elektrodlar bilan elektroliz qilinganda, bir xil moddalar hosil boladi?
1) natriy gidroksid; 2) kaliy xlorid;
3) xlorid kislota; 4) sulfat kislota;
5) natriy nitrat;
A) 1,2,3 B) 2,3,5 C) 1,5 D) 1,4,5 E) 3,4
29. Qaysi moddalarning suvli eritmasi elektroliz qilinishi natijasida eritma konsentratsiyasi ozgaradi?
1) NaOH; 2) Cr2(SO4)3; 3) KCl;
4) H2SO4; 5) NaNO3; 6) HBr;
A) 1.2.4.6 B) 1.4.5 C) 1.2.4
D) 2.4.6 E) 3.4.6
30. Ammoniy gidroksid, bromid kislota va kaliy gidroksidlarning ekvimolekulyar miqdordagi aralashmasi qizdirildi va elektrolitik jarayon oxirigacha yetkazilmasdan toxtatildi. Elektrodlarda hosil bolgan moddalarni va qolgan moddalardan tayyorlangan eritma tarkibiga kiruvchi ionlarni korsating.
1) vodorod; 2) kislorod; 3) brom; 4) kaliy ioni;
5) brom ioni; 6) gidroksid ioni;
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,3,4,5 C) 2,3,4,5
D) 1,2,4,5,6 E) 1,3,4,5,6
31. Elektroliz natijalari qanday omillarga bogliq?
1) temperaturaga; 2) elektrolit konsentratsiyasiga;
3) elektrod moddasi tabiatiga; 4) elektroliz vaqtiga;
A) 2,4 B) 3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4 E) 1,2,3,4
32. Qaysi moddalarning suvli eritmalari elektroliz qilinganda, anodda gidroksid ionlari oksidlanadi?
1) kaliy xlorid; 2) kaliy sulfid;
3) kaliy bromid; 4) kaliy ftorid;
5) natriy nitrat; 6) mis (II) sulfat;
A) 1,2,3 B) 4,5,6 C) 5,6 D) 1,3,4 E) 6
33. Suvli eritmada ekvimolyar konsentratsiyasida olingan quyidagi ionlar aralashmasiga ega bolgan eritma elektroliz qilinganda, ularning qaytarilish tartibini korsating.
1) Fe+2; 2) Al+3; 3) Cu+2; 4) Zn+2; 5) Pb+2;
A) 3.5.4.1.2 B) 2.4.1.5.3 C) 5.4.3.2.1
D) 3.5.1.4.2 E) 3.4.5.2.1
34. Nikel (II) xloridning suvli eritmasi nikelli anod bilan elektroliz qilinganda, qanday moddalar hosil boladi?
1) vodorod; 2) kislorod; 3) nikel; 4) xlor;
A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 1,4 E) faqat 3
35. Kaliy ftoridning suvli eritmasini elektroliz qilib, qanday moddalar olish mumkin?
1) vodorod; 2) kislorod; 3) kaliy;
4) ftor; 5) kaliy gidroksid;
A) 1,2 B) 3,4 C) 3,4,5 D) 1,4,5 E) 1,4
36. NaF va KCl suyuqlanmalari aralashmasi elektroliz qilinganda, mahsulotlar qaysi ketma-ketlikda hosil boladi?
1) K, F2 2) K, Cl2 3) Na, F2 4) Na, Cl2
A) 1.4 B) 2.3 C) 3.2 D) 4.2 E) 3.1
37. Elektron zaryadining kulonlardagi ifodasini korsating.
A) 1 B) 1,610-19 C) 1,310-13
D) 1,110-20 E) 2,110-20
38. Kalsiy kationi zaryadining kulonlardagi ifodasini korsating.
A) 2 B) 2,610-13 C) 3,210-19
D) 2,210-20 E) 4,210-20
39. Alyuminiy kationi zaryadining kulonlardagi ifodasini korsating.
A) 3 B) 3,910-13 C) 4,810-19
D) 3,310-20 E) 6,310-20
40. Qaysi moddalarning suvli eritmalari elektroliz qilinganda, katodda faqat vodorod qaytariladi?
1) ZnCl2; 2) KBr; 3) Ca(NO3)2;
4) NaCl; 5) H2SO4; 6) KOH;
A) 1,3,5 B) 2,4,5 C) 1,2,3,4,5
D) 2,3,4,5,6 E) 1,2,3,4,5,6
41. Kumush nitratning suvli eritmasi elektroliz qilingandan keyin olingan moddaning 50% eritmasida kumush metali eritildi. Olingan kumush tuziga natriy ishqori qoshilganda qanday modda hosil boladi.
A) kumush oksid, suv, natriy nitrat;
B) kumush gidroksid, natriy nitrat;
C) nitrat kislota, kumush, kislorod;
D) kumush nitrat, azot (IV) oksid, suv.
Do'stlaringiz bilan baham: |