Фанининг 2019/2020 ўқув йили учун мўлжалланган с иллабуси амалий машғулот №16



Download 3,23 Mb.
bet6/8
Sana24.02.2022
Hajmi3,23 Mb.
#214201
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
16-amaliy mashgulot

Кариоз бушликни шакллатириш пломбанинг ишончли фиксациясини таъминловчи асосий боскичлардан бири хисобланади. Юза ва урта кариесда, ишлов бериш жараёнида бушлик «яшиксимон» шаклга кириши керак. Деворлар бир-бирига параллел ва тубга перпендикуляр булиши керак. Чукур кариесда пульпа шохларига якин сохаларда тубни.буртик холда колдирадилар. Бушликка талаб этилган шаклни бериш учун махсус сув совутгичли цилиндрик (деворларнинг шаклланиши), тескари конуссимон (текис тубни шаклланиши) ва ноксимон борларни куллаган яхширок, чунки бушликнинг шаклланиши тиш пульпаси билан тўғридан-тўғри якинликда амалга оширилади. Бу холатда каттик тукималарнинг кизиб кетиши яллигланишнинг ривожланишига олиб келиши мумкин. Чукур кариесда туб ката шарсимон борлар билан шакллантирилади. Бушлик деворлари чайнаш вактидаги юкламаларда синиб тушмаслиги учун имкон борича калинрок колдирилиши керак.
Эмаль кирраларига ишлов бериш (фикировкалаш) бушлик шаклланишининг якуний боскичи хисобланади. Бу ишончли киррали ёпишни таъминлаш ва иккиламчи кариес ривожланишини олдини олиш максадида утказилади. Эмали призмаларнинг юза кисми кариоз бушликка кириш тешиги олдида дентин томонидан таянчга эга эмас ва чайнов босимига энг каршилиги кам булган соха хисобланади. Уларнинг синиши иккиламчи кариесни хосил булишига олиб келади.
Препаровкалашда бўшлик қирраси буйича 45°С бурчак остида кийшиклик (фальц) яратиш кузда тутилади. Эмаль кирраларини текислаш ва кийшикликни яратиш игнасимон, алангасимон ёки конуссимон шаклли олмос борлар ёрдамида, сув совутгични куллаш билан юкори тезликда харакатланишда утказилади.
Кариес билан жарохатланган тишларни чархлаш техникаси доимий, кенг дискуссияли предмет хисобланади.


Karioz kovaklar terminologiyasi
Karioz kovaklar terminologiyasini va ularning tasnifini tushunish uchun tishlar anatomiyasini, jumladan, tishlar yuzalarining nomlari va joylashuvini bilish lozim.
Sodda, tarkibiy va murakkab kovaklar. Sodda deb tishning faqat bir yuzasida joylashgan kovakqa aytiladi (4.12 rasm). Gar kovak tishning ikkita yuzasini qamrab olsa, u tarkibiy deb ataladi, agar uch va undan ortiq yuzaga teginsa – murakkab deb nomlanadi.
Abbreviaturalar. Kovaklarni tavsiflashning sodda va lo‘nda bo‘lishi uchun ularning nomlari ular joylashgan tish yuzasining birinchi harfi bilan qisqartirib ataladi. Masalan, okklyuziv yuzada joylashgan kovak “O” harfi bilan ifodalanadi; medial va okklyuziv yuzalarda joylashgan kovak MO deb belgilanadi (4.15 rasm); medial, okklyuziv va distal yuzalarni qamrab oluvchi kovak MOD abbreviaturasi bilan belgilanadi.
Bo‘shliy devorlari
Ichki devorlar. Kovakning ichki devorlari – bu tayyorlangan (kesilgan) yuza bo‘lib, u tish tashqi yuzasidan chiqib ketmaydi (4.10 rasm).
Aksial devor – bu kovakning tish uchun o‘qiga parallel bo‘lgan ichki devoridir (4.10 rasm).
Pulpar devor – bu tishning uzun o‘qiga perpendikulyar joylashgan va pulpani yopib turuvchi kovakning ichki devori (4.10 va 4.13 rasmga qar.)



Tashqi devorlar. Kovakning tashqi devori – bu tayyorlangan (kesilgan) yuza bo‘lib, u tishning tashqi yuazsiga chiqib turadi. Har bir chuqurcha o‘zi chiqadigan tish yuzasi nomini oladi (4.10 rasmga qar.).Kovak tubi.
Kovaktubi – bukovakningtayyorlangandevoribo‘lib, usilliqyuzagaegavautishuzuno‘qigaparallelokklyuzivyo‘nalishgaperpendikulyardir (4.10 rasmgaqar.). kovak tubi plomba barqarorlashuvi uchun, shuningdek, yaaynash yuklamasi taqsimlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida shakllantiriladi, bu restavratsiyaning sinib tushishlarga barqarorligini oshiradi.
Emal devor.
Emal devor – bu kovak tashqi devorining emaldan iborat qismidir (4.2, G rasmga qar.).Dentin devor. Dentin devori – bu kovakning tashqi devorining dentindan iborat qismidir. Unda ko‘p hollarda, plombaning mexanik qotirishni yaxshilash uchun, retensiyaviy punktlar tashkil etiladi (4.2, G rasmga qar.).
C
hiziqliburchakturlioriyentatsiyadagiikkitasilliqyuzalarningajralmaschiziqqabirlashishidayuzagakeladi (4.14 rasm). Ichki chiziqli burchak deb uchi tishga qaragan chiziqli burchakni ataydilar (4.14 rasm, vp). Tashqi chiziqli burchak deb uchi tishdan qarama-qarshi tomonga qaragan chiziqli burchakni ataydilar (4.17 rasm).
Nuqtali burchak turli oriyentatsiyadagi uchta silliqliklarning birlashishida yuzaga keladi (4.14 rasm, mvp).Yuzalararo burchak va yuo‘shliq yuzasi chekkasi. Yuzalararo burchak – bu kovakning tayyorlangan devori va tishning tashqi yuzasi bilan yuzaga kelgan burchakdir (4.2. rasm, G, mp).


Kovak devori va tishning tashqi yuzasi birlashishi kovak yuzasi chekkasi deyiladi (4.2 rasm, k). Yuzalararo burchak tishning joylashuvi, kovak devorlari emalli prizmalari yo‘nalishi yoki har bir muayyan vaziyatda qo‘llaniladigan plomba materialiga qarab o‘zgarib turadi. 4,2 G rasmda ko‘rsatilganidek, yuzalararo burchak (mp)ni, tasavvur qilinadigan chiziqda kovakning tayyorlangan devorini (s') va emalning tayyorlanmagan yuzasini (mp') proyeksiyalab erishish mumkin (mp' burchagi hosil bo‘ladi). mp va mp burchaklari ikkita kesiluvchan to‘g‘ri chiziqning qarama-qarshi burchaklari kabi tengdir. Yaqqolqro namoyoish qilish uchun bu tasavvur qilinadigan proyeksiyani ikkita parodontik zondlar yordamida o‘tkazish mumkin, ulardan biri tayyorlanmagan yuzaga, boshqasi – tayyorlab bo‘lingan tashqi devorga qo‘yiladi (4.11 rasm)
Emal-dentin birikmasi (EDB) – bu emalning dentin bilan birikmasidir (4.2 G rasmga qar.). Emal-dentin birikmasi (EDB) Emal-dentin birikmasi (EDB) – bu emalning dentin bilan birikmasidir (4.10 rasmga qar.). Uni yana tish bo‘yini chizig‘i (servikal chiziq) deb ham ataydilar. Ba’zida emalning sement bilan birikishi mavjud bo‘lmaydi. Bunda ochiq dentinning tor sohas yuzaga keladi.
Emal chekkalarining mustahkamligi. Tayyorlashning eng muhim tamoyillaridan biri emal chekkalari mustahkamligi konsepsiyasidir.O‘ta mustahkam emal chekkasi ikkita asosiy xarakterga ega: 1) u butun uzunligi bo‘ylab emal prizmalardan tashkil topgan, ularning ichki uchlari sog‘lom dentinda joylashadi; 2) bu prizmalar tayyorlov tomonidan qisqa prizmalar bilan mustahkamlangan, ularning tashqi uchlari tayyorlov davomida kesilgan, ichki uchulari – sog‘lom dentinda joylangan (4.1 rasmga qar). Emal prizmalar odatda emal yuzasiga perpendikulyar joylashishi sababli, o‘ta mustahkam emal chekkasining yuzalararo burchagi 90dan katta bo‘lishi kerak.
Butun uzunligi bo‘yicha sog‘lom dentinda joylashgan, lekin uchlari sog‘lom dentinda joylashgan, kesilgan prizmalar bilan mustahkamlanmagan emal prizmalardan tashkil topgan emal chekkasini mustahkam (lekin o‘ta mustahkam emas) deb ataydilar. Mustahkam emal chekkasining yuzalararo burchagi 90’ni tashkil qiladi. Agar emal chekkachi butun uzunligi bo‘yicha uchlari sog‘lom dentinda joylashgan prizmalardan tashkil topmagan bo‘lsa,uni mustahkamlanmagan yoki zaif deb ataydilar. Bu holda emal oson parchalanadi va to‘kiladi, bu bilan restavratsiya chetlari bo‘ylab V-shakldagi nuqsonni yuzaga keltiradi (1.4 rasm, A).Zaif emal chekka 900dan kamroq yuzalararo burchakka ega yoki umuman ostida dentinga ega bo‘lmaydi.“Vertikal” (longitudinal) va “gorizontal” (ko‘ndalang) atamalari. Kovakning tish qoplamasi uzun o‘qiga parallel (yoki deyarli parallel) biror o‘lchamlarini yoki tishning anatomik xususiyatlarini tavsiflash uchun odatda “vertikal” atamasi qo‘llaniladi. Masalan: do‘ngliklarning vertikal balandligi yoki vertikal devorlar. Ba’zida “vertikal” atamasi o‘rnida “longitudinal” atamasi qo‘llaniladi. Tish uzun o‘qiga perpendikulyar o‘lchamlar “gorizontal” (yoki transverzal) deb ataladi.
Qoplama ichi va tashqarisidagi kovaklar. Qoplama ichidagi kovak odatda qutisimon shaklda bo‘ladi va ham tashqi, ham ichki devorga ega bo‘ladi (4.10 rasm). Kichik nuqsonlarni




restavratsiya uchun avaylab tayyorlashda qoplamaning faqat4.15 rasm. Yuqori premolyardagi, amalgama uchun tayyorlangan II toifa bo‘yicha tipik kovak (medial-okklyuziv). 

kichik qismigagina tegiladi, shunga qaramay, tishning to‘qimalari baribir, odatda, zaiflashadi, restavratsiya esa tishning birlamchi mustahkamligini yo tiklashi, yoki tiklamasligi mumkin.


koronkadan tashqari kovak, aksincha, odatda to‘mtoq shaklga ega bo‘ladi, uning devorlari (yoki yuzasi) amalda barcha emal olinishi natijasida shakllangan bo‘ladi. qoplamadan tashqari restavratsiya, u qoplama deb ataladi, tish to‘mtog‘ini o‘rab oladi, qisman uning mustahkamligini tiklaydi. Ushbu kitobda tishlarni qoplama uchun tayyorlash tavsiflanmagan.Tishning anatomik va klinik qoplamasi.
Anatomik qoplama deb tishning emal bilan qoplangan qismiga aytiladi. Klinik qoplama deb tishning og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘rinib turgan qismiga aytiladi.

6.4.Kovaklatasnifi.Kovaklarni joylashuvi, shuningdek, unga bog‘liq davolash turi bo‘yicha tasniflash Blek (Black) tomonidan ishlab chiqilgandi. Blekning original tasnifiga muvofiq, kovaklarning beshta toifasi mavjud. Keyinroq yana VI toifa qo‘shilgan. Bir toifa fissura va chuqurchalardagi nuqsonlarga oid bo‘lib, qolgan beshta toifa – emalning silliq yuzasidagi nuqsonlarga tegishli. Dastlab tasnif asosi etib kariyesning tishning muayyan sohalaridagi joylashuvi chastotasi olingan.






tishning turli sohalaridagi kariyes joylashuvining nisbiy chatsotasi vaqt o‘tgan sari o‘zgargan bo‘lishiga qaramay, Blek tavsiya etgan kovaklar tasnifi hali-hanuz stomatologlar tomonidan faol qo‘llanilmoqda. U, shuningdek, restavratsiyaning joylashuv bo‘yicha turini belgilash uchun ham ishlatiladi (masalan, I toifa bo‘yicha amalgamadan plomba). Mazkur kitobda ham aynan mana shu kovaklar tasnifi qo‘llaniladi.
Ushbu nashrda, shuningdek, tayyorlashning yangi turlarini an’anaviy turlariga qiyoslashga asoslangan tayyorlash turlari tasnifi ham qo‘llaniladi. Tayyorlashning an’anaviy turi asosan amalgamadan foydalanishda keltiriladi va quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo‘ladi:
1) Aksial devorlar va/yoki pulpar devorning bir xil balandligi;
2) Yuzalararo burchak 90ga teng;
3) Kovakning vertikal devorlari okklyuziv konvergensiyasi tufayli kovakning retensiyaviy shakli.
Tayyorlashning yangi usullariga emal qiyaliklarini yuzaga keltirish bilan amalga oshiriluvchi uning an’anaviy uslubiyoti va tayyorlashning modifikatsiyalangan uslubiyoti kiradi, unda aksial devorlar va/yoki pulpar devor chuqurligi balandligi bir xil bo‘lishi shart bo‘lmaydi, vertikal devorlar okklyuziv yuzaga yo‘nalish bo‘yicha konvergatsiyalanmasligi mumkin, kovak yuzasi burchaklari esa, o‘tkirroq bo‘lishi mumkin. Amalgama qo‘llanilishi an’anaviy uslubiyot bo‘yicha tayyorlashni talab qiladi, bu bilan bir vaqtda, kompozitlar restavratsiyasida istalgan uslubiyotdan foydalanish mumkin.

I toifa. Fissura va chuqurchalar sohasidagi barcha kovaklar I toifaga kiradi. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
• Permolyar va molyarlar okklyuziv yuzasi bo‘yicha kovaklar. An’anaviy okklyuziv kovak devorlari, chiziqli va nuqtali burchaklari nomlari 4.12, 4.13, 4.14 rasmlarda ko‘rsatilgan


• Molyarlar vestibular va oral yuzalarining okklyuziv yuzasining uchdan ikki qismini egallab olgan kovaklar. Bu kovaklarning devorlari, chiziqli va nuqtali burchaklari nomlari quyida tavsiflanadigan V toifa kovaklar devorlari va burchaklari nomlariga muvofiq keladi.
• Tepa tishlar tanglay yuzasidagi kovaklar. Bu kovaklar devorlari, chiziqli va nuqtali burchaklari nomlari ham quyida tavsiflanadigan V toifa kovaklar devorlari va burchaklari nomlariga muvofiq keladi.
II toifa. II toifaga yon tishlar kontakt yuzalaridagi kovaklar kiradi. Bu toifaga, shuningdek, medial-okklyuziv (MO), distal-okklyuziv (DO) va medial-okklyuziv-distal (MOD) kovaklar kiradi. Kovaklar elementlari 4.15, 4.16 va 4.17 rasmlarda ko‘rib chiqildi. DO-kovak MO-kovakdagi kabi elementlarga ega, faqat MO-kovak distal devori DO-kovakning medial devorlariga muvofiq kelishi, MO-kovakning distal devoriga oid chiziqli va nuqtali burchaklar DO-kovakning medial devoriga muvofiq kelishi bundan mustasno. MOD-kovak shunday elementlarga ega, faqat medial va distal devorlar, binobarin, ular bilan bog‘liq burchaklari bundan mustasno.
III toifa. Emal chekkalari zararlanmagan frontal tishlar kontakt yuzalaridagi kovaklar III toifa kovaklarga kiradi. III toifa bo‘yicha distal kovaklar elementlari 4.18, 4.19 va 4.20 rasmlarda berilgan. E’tibor bering, bu kovaklardagi vestibulyar chiziqli burchak kesuvchi chekka burchagi deb ataladi (distal-vestibulyar-medial nuqtali burchak – aksio-medial nuqtali burchak deyiladi).




IV toifa. IV toifa kovaklariga old tishlar kontakt yuzalaridagi, kesuvchi chekkasi zararlangan kovaklar kiradi. IV toifa an’anaviy kovaklar devorlari, chiziqli va nuqtali burchaklari 4.21, 4.22 va 4.23 rasmlarda aks etgan.
V toifa. Barcha tishlar vestibulyar yoki oral yuzalaridagi tishosti qismidagi kovaklar V toifa kovaklarga kiradi (I toifa kovaklardan tashqari). Old tishlar V toifa kovaklari elementlari 4.24, 4.25 va 4.26 rasmlarda aks etgan. Yon tishlar kovaklarida kesuvchi chekka insizial (i) elementlarini okklyuziv (o) elementlar deb ataydilar.
VI toifa. VI toifa kovaklariga old tishlar kesauvchi chekkalaridagi va yon tishlar buflari cho‘qqilaridagi kovaklar kiradi. VI toifa kovaklar fissura va chuqurchalar sohasidagi kovaklar bilan bir xil elementlarga ega.
TAYYORLASH BOSQICHLARI
Tishlarni tayyorlash taomillarning tizimli qatoridan tashkil topgan bo‘lib, ular jismoniy va mexanik prinsiplarga asoslanadi. To‘g‘ri tayyorlash uchun tishlarda va uni o‘rab turgan to‘qimalardagi fiziologik va patologik klinik jarayonlarni ajratishni o‘rganib olish, shuningdek turli plomba materiallarining fizikaviy xususiyatlari va imkoniyatlarini bilish zarur. Ushbu omillarning barchasi tayyorlash prinsiplarini tushunish uchun hal qiluvchi sanaladi. Tayyorlash mexanikasiga oid ushbu bazaviy bilim va axborotlarsiz, shuningdek davolashning umumiy prinsiplarini tushunmay turib, tishlarni tayyorlashni to‘g‘ri va samarali amalga oshirish va baholash ilojsizdir.
Avvalda qayd etilganidek, tishlarni tayyorlash tamoili ikki bosqichdan iborat, ularning har birini, o‘z navbatida, bir necha qadamlarga bo‘lish mumkin. Tayyorlashning har bir bosqichini aniq tushunish va har bir qadamni ideal darajada bajarish juda muhim.
Shunga qaramay, ba’zi holatlarda tayyorlashning muayyan qadamlarini o‘zgacha bajarishga to‘g‘ri keladi. Quyida tayyorlash
bosqichlari va qadamlari eng yaxshi natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan tartibda tavsiflangan. Tayorlash taomillarining ikki bosqichga bo‘linishi talabalarning bu bosqichlarni tushunishlarini va to‘g‘ri tayyorlashga qodirliklarini o‘qituvchi tomonidan baholashga ham yordam beradi. Bunda dastlab talabaga tayyorlov birinchi bosqichining uslubiyotini tushuntirish, uni bajarishning to‘g‘riligini baholash, faqat keyingina ikkinchi bosqichga o‘tish zarur.
Tayyorlashning quyidagi bosqich va qadamlari belgilangan:
Tayyorlashning boshlang‘ich bosqichi:
• 1- qadam: boshlang‘ich shakl va chuqurlikni aniqlash.
• 2- qadam: mustahkamlik uchun birlamchi sharoitlarni yaratish (kovakning birlamchi rezistent shakli).
• 3- qadm: retensiya uchun birlamchi sharoitlarni yaratish (kovakning birlamchi retensiyaviy shakli).
• 4- qadam: ishlashning qulay bo‘lishi uchun sharoit yaratish.
Tayyorlashning yakuni bosqichi:
• 5- qadam: fissura va chuqurchalardagi qolgan emalni, infeksiyalangan dentin va/yoki eski plombani yo‘qotish (ko‘rsatmalarga ko‘ra).
• 6- qadam: pulpani himoyaviy qoplamasi (ko‘rsatmalarga ko‘ra).
• 7- qadam: retensiya va mustahkamlik uchun qo‘shimcha sharoitlarni yaratish (ikkilamchi retensiyaviy va rezistent shakl).
• 8- qadam: kovak tashqi devorlariga shakl berish.
• 9- qadam: tayyorlashni yakunlash: tozalash, tekshirish, germetizatsiya.
Yuqorida qayd etilganidek, muayyan holatlarda tayyorlash qadamlarining bajarilish ketma-ketligi o‘zgarishi mumkin. masalan, pulpa patologik jarayoniga qo‘shilib ketishi mumkin bo‘lgan chuqur kariyesda infeksiyalangan dentinni tayyorlash boshida butkul olib tashlash tavsiya etiladi.




Zarur bo‘lganda, ushbu bosqichda davo va/yoki izolyatsiya tagligini qo‘yish ham muhim, ayniqsa pulpani bevosita himoyalash talab etiladigan bo‘lsa. Biroq, aksaryat hollarda, karioz to‘qimalarning asosiy qismi tayyorlashning birinchi bosqichida olib tashlanadi, qolgan infeksiyalangan dentin ikkinchi bosqichda olinadi.
Turli toifadagi kovaklarni tayyorlash uslubiyoti va buning uchun zarur asboblar keyingi boblarda batafsil tasvirlangan. Mazkur bobda asosiy e’tibor tishlarni tayyorlashda qanday tadbir, nima uchun o‘tkazilishiga beriladi, qanday o‘tkazilishiga emas. 
Tayyorlash boshlanishidan oldin restavratsiyani adekvat o‘tkazish uchun zarur barcha sharoitlar tashkil etilishi kerak. aksariyat plomba materiallari operatsiya maydonining quruq bo‘lishini talab qiladi, chunki nam sharoitda ularning fizikaviy xususiyatlari yomonlashadi. Aksariyat holatlarda operatsiya maydonining adekvat izolyatsiyasin kofferdam yordamida ta’minlash mumkin. Ba’zi shifokorlar tayyorlashning dastlabki bosqichi tugallanganidan keyin, aniqroq aytganda, infeksiyalangan dentinni olib tashlash va kovakning ikkilamchi retensiyaviy shaklini yaratishdan oldin qo‘yishni afzal biladilar.
Operatsiya maydoniga yaqin joylashgan yumshoq to‘qimalarni himoya qilish ham restavratsiyaning asosiy shartlaridan biri sanaladi. og‘iz bo‘shliig‘i shilliq qavati, lablar, lunj va til restavratsiyada qo‘llaniladigan moddalarning zararlantiruvchi ta’siridan, shuningdek mexanik travmadan himoyalanishi lozim. Amalga oshiriladigan harakatlar to‘qimalarning noxush reaksiyasiga sabab bo‘lmasligi lozim. Milklarni himoyalash retraksiya ipidan, ponalardan to‘g‘ri foydalanishni, shuningdek milkning sog‘lom to‘qimalarini ta’minlay oluvchi restavratsiya shakllarini yaratishni nazarda tutadi. Avvallari restavratsiya chetlarini milk ariqchasiga olib borish tavsiya etilardi, chunki bu soha ikkilamchi kariyes
rivojlanishidan immunitetga ega deb sanalardi. Hozirda milk ariqchasi ikkilamchi kariyes rivojlanishiga rezistentlikka ega emasligi va milk to‘qimalari milk ariqchasida plomaba materiali mavjudligiga salbiy reaksiyada bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. shu sababli, restavratsiya chegaralari milk usti sohasida joylashishi tavsiya etiladi. Milk to‘qimalari restavratsiya bilan qanchalik kam kontaktda bo‘lsa, ularning zararlanishi ehtimoli shunchalik kam bo‘lishi ochiq-ravshandir. Bundan tashqari, milk ostiga qanchalik kam restavratsiya yoyilsa, shunchalik ko‘proq tish to‘qimalari saqlanib qoladi va tish shunchalik mustahkamroq bo‘ladi. Restavratsiya paytida va undan keyin tishlarni o‘rab turgan to‘qimalar holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi turli omillar keyingi boblarda tavsiflangan.
4.7. 1. Tayyorlashning boshlang‘ich bosqichi
Yuqorida qayd etilgandek, tayyorlashning boshlang‘ich bosqichi karioz to‘qimalarga (yoki nuqson sohasiga) yetib borish, sog‘lom to‘qimalarga erishish (keyinchalik pulpar yoki aksial devorlardan infeksiyalangan dentin olib tashlanadigan holatlardan tashqari), asosan tish uzun o‘qiga parallel yo‘nalgan chaynash yuklamasi ta’sirida tishning sinishi yoki restavratsiyaning parchalanishi oldini olish va plomba materialining retensiyasini ta’minlash (V toifa kovaklardan tashqari) maqsadida kovakni kengaytirish va uning devorlarini muayyan chuqurlikka tayyorlashdan iborat. Kovak fissura va chuqurchalar sohasida dentinga 0,2 mm. (oltin folga bilan restavratsiya qilishda 0,5 mm.)dan, silliq yuzada 0,2-0,8 mm.dan (ildiz yuzasida kovak chuqurligi kattaroq bo‘ladi, 4.1 rasmga qar.) chuqur kirmasligi lozim. Bunda tayyorlashning ikkinchi bosqichida jarohatlangan to‘qimalar ekskavatsiyasida, eski plombani va infeksiyalangan dentinni olib tashlashda qo‘shimcha chuqurlik talab etilishi mumkin.
tayyorlashning boshlang‘ich bosqichida bajarilgan qadamlar tufayli, nuqson sohasiga kirish va ko‘rish yaxshilanadi, bu tayyorlashning ikkinchi bosqichini ancha osonlashtiradi. Biroq, juda chuqur kovaklarda, pulpaning aralashganligini imkon qadar barvaqt bilish va uni yana ham zararlanishidan himoyalash uchun, qadamlar ketma-ketligi buzilishi mumkin. Bu qadamlar alohida taomillar sifatida ko‘rilsa ham, amaliyotda ular ko‘pincha birgalikda bajariladi.
1- qadam. Boshlang‘ich shakl va chuqurlikni yaratish
Demak, boshlang‘ich bosqichning birinchi qadami kovakning boshlang‘ich shakli va chuqurligini aniqlash va yaratishdan iborat.
Ta’rif. Birinchi qadam (1) tayyorlash chegaralarini belgilash va yakuniy kovak chekkalariga muvofiq keluvchi (emal devorlari va chekkalariga ishlov berish bundan mustasno) kovak chekkalarini shakllantirishdan va (2) EDB yoki ildiz yuzasidan pulpaga qarab boshlang‘ich chuqurlikka tayyorlashdan iborat.
Tayyorlashning boshlang‘ich chuqurligi (u qayerda tugashidan qat’iy nazar: tish to‘qimalaridami, havodami, ski plomba yoki karioz to‘qimalarda) 0,2-0,8 mm.dan oshmasligi kerak, emal okklyuziv qatlami qalinligi minimal va restavratsiyaning mustahkamligi uchun chuqurroq tayyorlash kerak bo‘lgan holat bundan mustasno (0,8 mm. gacha tayyorlash kovakning ildiz yuzasigacha borishida qo‘llaniladi). Dentinni tayyorlash boshlang‘ich chuqurligi 0,2-0,5 mm.dan oshmasligi kerak, kovakni chuqurlashtirish keyinroq, retensiyaviy shaklni yaratishda amalga oshiriladi (4.1. rasmga qar.). mexanik aralashuvdan oldin vizual jihatdan tayyorlash chegaralarini baholash lozim. Ba’zida keng karioz nuqson, emalning sinishi yoki boshqa holatlar tayyorlash chegaralarining aniq boshlang‘ich baholanishini o‘tkazishga halaqit beradi, biroq, tajribali shifokor bu vazifani uddalay oladi. Bunday, boshlang‘ich baholash istalmagan, tishning zaiflashuvi va restavratsiyaning estetikasi yomonlashuviga olib keluvchi tayyorlash kengayishining oldini olish imkonini beradi




Tamoyillar. Tayyorlash turidan qat’iy nazar, kovakning boshlang‘ich shaklini yaratishning uchta asosiy tamoyili mavjud:
1) emalning barcha mo‘rt va/yoki zaiflashgan chetlari olib tashlanishi lozim (“Emal chetlari mustahkamligi”ga qar.);
2) tayyorlash chegaralari barcha mavjud nuqsonlarni qamrab olishi zarur;
3) kovak chetlari joylashuvi restavratsiya chetlariga adekvat ishlov berishni ta’minlashi lozim.
Fissura va chuqurchalarda uchinchi tamoyilning qo‘llanilishi silliq yuzalardagi tayyorlashda uning qo‘llanilishidan birmuncha farq qiladi. Omillar. Kovak boshlang‘ich shaklini belgilashda tayyorlash chegarasini ko‘p jihatdan belgilovchi bir qator omillarni inobatga olish kerak bo‘ladi. karioz nuqsonning tarqalganligi yoki eski plombaning o‘lchami kovak shakliga ta’sir ko‘rsatishi tabiiy, chunki tayyorlash sog‘lom to‘qimalarda barcha yo‘nalishlarda o‘tkazilishi kerak, pulpar yo‘nalish (yoki eski, lekin nuqsonsiz plomba chegarasi, masalan, yangi MO-restavratsiya eski, nuqsonsiz DO-restavratsiya bilan kontaktga kirishishi mumkin) bundan mustasno.
Kovak shakliga yana estetik va funksional (okklyuziv) omillar ta’sir ko‘rsatadi. Estetik talablar nafaqat plomba materialini tanlashga, balki tayyorlash chegaralariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tishlarning okklyuziv kontaktlari korreksiyasi ham tayyorlash chegaralari o‘zgarishini talab etishi mumkin, hatto tegiladigan tuzilmalar sog‘lom bo‘lsa ham (masalan, tishlarning tutashuvi yaxshiroq bo‘lishi uchun do‘nglik shaklini o‘zgartirishda). Shu tariqa, qo‘shni tishning shakli kontakt punkti yaratishni ta’minlovchi tayyorlash chegaralarini ko‘rsatishi mumkin. va nihoyat, kovak shakliga uning chekkalari qanday bo‘lishini istash ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, agar qo‘llanilayotgan plomba materiali emal qiyaliklari mavjud bo‘lganda samaraliroq bo‘lsa, kovak chekkalari konfiguratsiyasi bunday qiyaliklarni yaratishi lozim. Bu barcha omillar kelgusi boblarda ko‘rib chiqilgan, unda turli nuqsonlarni restavratsiya qilining klinik uslubiyoti taqdim etilgan.


Belgilari. To‘g‘ri belgilangan kovak shakli va boshlang‘ich chuqurligining oltita tipik xos belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Do‘ngliklar mustahkamligini saqlash.
2. Chekkalar mustahkamligini saqlash.
3. Tayorlash chegaralarining vestibulyar va oral yuzalarga minimal tarqalishi.
4. Enameloplastika o‘tkazilishi.
5. Ikkita yaqin joylashgan (0,5 mm.dan kam masofada) nuqsonlarning birlashuvi.
6. Dentinda tayyorlash chuqurligining fissura sohasida 0,2 mm.ga va aksial devorlar va silliq yuzalarda 0,2-0,8 mm.gacha cheklash (0,8 mm.gacha tayyorlash faqat kovakning ildiz yuzasida gingival tarqalishida amalga oshiriladi).
Keyinroq bu belgilar fissura va chuqurchalar hamda silliq yuzalarda kovaklarga nisbatan ko‘rib chiqilgan.
Fissura va chuqurchalar sohasida kovaklarning shakli va boshlang‘ich chuqurligi. Fissura va chuqurchalar sohasidagi kovaklarning shakli va boshlang‘ich chuqurligi uchta omil bilan belgilanadi: emalning zararlanishi darajasi, fissura sohasida sog‘lom to‘qimalargacha tayyorlash chegaralari va tayyorlashning tishning original yuzasiga nisbatan aniqlanadigan cheklangan chuqurligi(mavjud yoki tasavvurdagi, agar u to‘kilib ketgan bo‘lsa).
Pulpaga farab yo‘naltirilgan tayyorlash chuqurligi 1,5-2,0 mm. bo‘lib, bunda dentinni tayyorlash 0,2 mm.dan oshmaydigan chuqurlikda olib borilishi lozim (4,1 rasm, A va B). Qayd etish joizki, 4.1 A rasmdagi, fissuraning joylashuviga nisbatan o‘lchangan tayyorlash chuqurligi 1,5 mm.ni tashkil qiladi.
Fissura va chuqurchalar sohasida kovak shaklini belgilash qoidalari:
Do`nglik cho`qqisi
1. Tayyorlash chegaralari sog‘lom to‘qimalargacha borishi kerak, osilib turgan va /yoki zaif emal chekkalari olib tashlanishi lozim.
2. Agar kovak chegaralari fissuradan do‘nglikning yonbag‘rining yarmi yoki undan ko‘proq qismiga tarqalsa, do‘nglikni yopish haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Agar kovak do‘nglikning uchdan ikki va ko‘proq qismiga tarqalsa, uni qoplash eng adekvat yechim bo‘ladi, chunki bunda kovak chekkalari eng ko‘p chaynash yuklamas sohasda bo‘lmaydi (4.27 rasm)
3. Tayyorlash chegaralari enameloplastika yordamida olib tashlab bo‘lmaydigan barcha fissuralarni o‘z ichiga olishi kerak (4.28 rasm)
4. Dentinning tayyorlash chuqurligi 0,2 mm.dan oshmasligi kerak (kogeziv tilla uchun tayyorlash bundan mustasno, bu holda dentinni tayyorlashning boshlang‘ich chuqurligi 0,5 mm.ni tashkil qiladi va emal okklyuziv qatlami ingichkalashadi). 
Eng avaylab amalga oshirilgan tayyorlashda tayyorlashning boshlang‘ich chuqurligi okklyuziv yuzada 0,??? mm.dan oshmasligi kerak. Do‘ngliklarning nishabligiga qarab, tayyorlash vestibulyar va oral devorlarga nisbatan odatda 1,5 mm.dan oshadi. Masalar, 4.1 A rasmda ko‘rsatilganidek, vestibulyar va oral devorlarga nisbatan tayyorlash chuqurligi 3 millimetrli bor №245 kallagining uchdan ikki qismi (yoki 2 mm.)ni tashkil etadi, markaziy fissuraga nisbatan esa – bu bor kallagining faqat yarmi (1,5 mm.)ni tashkil etadi. Agar ushbu bosqichda tayyorlangan kovak tubidan chuqurroqda fissura yoki chuqurchaning 50%i joylashgan bo‘lsa, qolgan emal tayyorlashning ikkinchi bosqichida olib tashlanadi (“5- qadam”ga qar.). Agar kovak tubining chuqurligi fissura yoki chuqurchaning 50%idan ko‘proqda joylashgan bo‘lsa, (ushbu bosqichda) kovak tubini dentinda tayyorlash ishlarining maksimal chuqurligigacha (0,2 mm.) chuqurlashtirish kerak bo‘ladi. Shu tariqa, kovak dentin qismi 0,2 mm.ga teng bo‘ladi, qolgan qismi esa emaldan iborat bo‘ladi. Natijada, kovakning amaldagi boshlang‘ich chuqurligi 1,5 mm.dan emal qalinligiga va do‘nglik yonbag‘ri qiyaligining burchagiga qarab o‘zgarishi mumkin. boshlang‘ich chuqurlikkacha tayyorlashda bor kallagi uchi karioz to‘qimalarda, havoda yoki eski plomba qalinligida bo‘lishi mumkin.
5. Agar ikkita kovak 0,5 mm. dan kam masofada joylashgan bo‘lsa, ular orasidagi mo‘rt emal maydonchasini olib tashlash uchun ularni birlashtirib yuborish lozim.
6. kovak shakli va o‘lchamlari kelgusi tayyorlash, plombalash va restavratsiyani qayta ishlash uchun qulaylikni ta’minlashi lozim (“4- qadam”ga qar.).
Plomba materiallarining takomillashuvi va kariyesologiya sohasidagi ilmiy taraqqiyot hozirgi kunga kelib Blekning an’anaviy yondashuviga qiyoslaganda ancha avaylab tayyorlash o‘tkazish imkoniyatini berdi. Shu sababli, yuqorida keltirilgan asosiy qoidalardan tashqari, tayyorlash sog‘lom to‘qimalarni maksimal darajada saqlab qolishni nazarda tutuvchi ayaydigan uslubiyot bo‘yicha o‘tkazilishi lozim. 
Kovak shakli, shubhasiz, tayyorlanayotgan tishning anatomik shakliga bog‘liq bo‘ladi. fissuralarni tayyorlashda yoki fissura va chuqurchalarni birlashtirishda tishlarning okklyuziv yuzasiga kovak chekkalari hech qachon bitta to‘g‘ri chiziqda tushmaydi, aksincha, silliq egri chiziq shakliga ega bo‘ladi, bu do‘ngliklar to‘qimalarini masimal darajada saqlab qolish imkonini beradi (4.32 rasm). Bunday tayyorlashning yana bir namunasi yuqori prmolyarlarda 1 toifa bo‘yicha kovaklarni tayyorlashdir. Bunda kovak markaziy okklyuziv fisurani, medial va distal chuqurchalarni va vestibulyar hamda tanglay fissuralarni o‘z ichiga oladi (8.5 rasmga qar.). Bunda kovak chegaralari kapalak shaklini oladi, bunda eng ingichka qismi do‘ngliklar o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. tayyorlashda okklyuziv yuzada imkon qadar ko‘proq do‘nglik to‘qimalarini qoldirish kerak, bunda tayyorlashning barcha boshqa qoidalariga ham rioya etmoq zarur. Shu tariqa, kovak shakli turli tishlarda turlcha bo‘ladi va yuqorida keltirilgan qoidalarga bo‘ysunadi.
Tayyorlashda molyarlarning okklyuziv yuzasida, imkon qadar enameloplastika, germetizatsiya yoki kompozitlar bilan prolfilaktik plombalashni o‘tkazib, barcha fissuralarni kesib olib tashlash kerak (“Profilaktik kengaytirish”ga qar.). ba’zi hollarda bu tayyorlash chegarasini vestibulyar yoki oral yuzalarga kengaytirishni talab qilishi mumkin (odatda pastki molyarlar vestibulyar yuzasiga va yuqori molyarlar oral yuzasiga). Bu usulbiyot kelgusi boblarda batafsil tasvirlangan.
Yuqori old tishlar tanglay yuzasi va molyarlarning vetsibulyar yoki oral yuzalaridagi chuqurchalarda tayyorlash chegaralarini belgilashdagi asosiy mezonlar nuqsonning keng yoyilgani va minimal kirib borishga imkon yaratish zarurati sanaladi.
Silliq ezalardagi kovaklar shakli va boshlang‘ich chuqurligi. Silliq yuzalardagi kovaklar asosan approksimal yuzalarda va vestibulyar va oral yuzalarning bo‘yincha sohalarida joylashadi (4.2 rasm, B va V). Quyida ikkala joylashuvdagi silliq yuzalarning tayyorlanishi qoidalari alohida ko‘rib chiqilgan.
Approksimal yuzalardagi kovaklar (II, III va IV toifalar). Approksimal yuzalarda tayyorlash kechayotganda yana bir omilni, qo‘shni tish bilan kontakt puntk yaratilishini hisobga olish lozim.
Approksimal yuza kavagi shakllarini belgilash qoidalari:
1. Tayyorlash chegaralari sog‘lom to‘qimalargacha tarqalishi kerak, osilib turgan va/yoki zaif emal chekkalari olib tashlanishi keak (vaholanki, ba’zi hollarda adgeziv materiallar uchun tayyorlashda mo‘rt bo‘lmagan emalning mustahkamlanmagan qatlamini qoldirish mumkin).
2. Kovak chekkalari do‘ngliklar cho‘qqilari kabi balandliklarda joylashmasligi lozim.
3. Tayyorlash chegaralari nuqson sohasiga kira olishni ta’minlashi lozim.
4. Dentinda aksial devorni tayyorlash chuqurligi 0,2-0,8 mm.dan oshmasligi kerak (0,8 mm.gacha – kovaklarning ildiz yuzasida tarqalganida, 0,2 mm.gacha – retensiyaviy punktlar yaratishga ehtiyoj bo‘lmaganda). Odatda bu bosqichda II toifa bo‘yicha kovakning amalgama uchun tayyorlanishida aproksimal retensiyaviy punktlarni yaratishda kesuvchi asbob (bor №245)ni EDBga parallel qo‘yadilar, tahminan 0,3 mm. emal va 0,5 mm. dentin kesiladi (4.1 rasmga qar.) Bunda asbobning bir qismi, tayyorlash jarayonida, havoda (karioz jarayoni tarqalishida yuzaga kelgan bo‘shliqlarda) qolishi mumkin, biroq, EDBdan 0,5mm.dan chuqurroqda joylashgan karioz dentinni olib tashlash mumkin emas.
5. Tayyorlashning milk chegarasi odatda kontakt punktdan apikalroq joylashadi, bunda kovakning milk devoridan qo‘shni tishgacha masofa kamida 0,5 mm.ni tashkil qiladi. Har qanday holda, tayyorlash chegaralari sog‘lom to‘qimalarga o‘tib ketmasligi kerak.
Shu tariqa tayyorlashning vestibulyar va oral chegaralari tegishli tishlararo bo‘shliqlarga yaqinda joylashgan tishlarni ajratish uchun tarqaladi. Bunday ajratishning maqsadi – ko‘rishni yaxshilash, asbob bilan qayta ishlash va restavratsiyani yengillatish uchun kovak chekkasining qo‘shni tishga tegib ketishidan chetlanishdir. Biroq, tajribali shifokor vestibulyar yoki oral kovakni qo‘shni tish bilan kontaktda, ayniqsa II va III toifa kovaklarni kompozitlar yordamida restavratsiya qilishda qoldirishi mumkin. Bunda tayyorlash, plomba materialini matritsadan foydalangan holda applikatsiya qilish va restavratsiyani silliqlashni adekvat darajada o‘tkazish kerak bo‘ladi.
II toifa tarkibiy (ikkita yuzada joylashgan) kovaklari okklyuziv qismini tayyorlashda fissura va chuqurchalar sohasida tayyorlash qoidalariga rioya etish kerak bo‘ladi, qo‘yilma uchun tayyorlashda esa, odatda tayyorlanayotgan approksimal yuza qarshisidagi chuqurcha sohasidagi okklyuziv yuzada qaldirg‘och dumi shaklidagi kovak shakllantiriladi.
III toifa kovaklarni tayyorlashda kovakning insizal chekkasi, ayniqsa estetik materiallar bilan restavratsiya qilishda yoki kesuvchi chekka burchagi saqlab qolingan bo‘lsa, kontakt punkt sohasida joylashishi mumkin. kontakt punktni buzish va tishlarni ajratish uchun sog‘lom emalni olib tashlash kerak emas, faqat busiz tayyorlashni davom etkazi yoki restavratsiya qilish ilojsiz bo‘lsagina, mumkin.
Vestibulyar yoki oral yuzalardagi bo‘yincha sohasi (V toifa). V toifa kovaklarni tayyorlash chegaralari asosan faqat nuqsonning tarqalganligi (chuqurlik bundan mustasno) bilan belgilanadi: medial, distal, gingival, okklyuziv (insizal) yo‘nalishlarda tayyorlash sog‘lom to‘qimalargacha olib boriladi. Kovak chuqurligi boshlang‘ich bosqichda 0,8-1,25 mm.dan oshmasligi kerak. eng kam chuqurlikni (0,8 mm.) emaldan mahrum bo‘lgan milk devori egallaydi (ya’ni, ildiz yuzasida joylashgan, 4.1 A rasm). Okklyuziv (insizal) devor 0,5 mm.ga dentindan iborat bo‘lmog‘i lozim. Chuqurroqda joylashgan karioz dentinni boshlang‘ich bosqichda olib tashlash kerak emas.
Tayyorlash chegaralarini kengaytirish va toraytirish. Kovaklarni tayyorlash chegaralarini toraytirish silliq yuzalarda quyidagi vaziyatlarda amalga oshiradi: (1) ildizning yaqinligi, (2) estetik talablar va (3) kompozitlar uchun tayyorlashda.
Tayyorlash chegaralarini kengaytirish (1) aqliy yoki jismoniy yetishmoqchilikka ega bemorlarni davolashda, (2) keksa bemorlarni davolashda, (3) tishlarni juz’iy protezlarga asoslar uchun yoki shinalash uchun tiklashda, (4) restavratsiyaning retensiyasi va mustahkamligi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish zarurligida va (5) tishlar shakllari o‘zgarishida.Eamelo plastika. Ba’zi hollarda ariqcha yoki tabiiy chuqurliklar juda tor va sayoz bo‘ladi, bu esa, uning chegarasini istalmagan tarzda kengaytirmay adekvat tayyorlashga to‘sqinlik qiladi. Bunday hol fissuralar uchida doim kuzatiladi. Fissura emal chekkalarini kesish va yumaloqlash uni tozalash va qayta ishlash, shuningdek, kovak chekkalarini konservativ uslubda tayyorlash imkonini beradi. Mos keluvchi turbinali asboblar bilan jmal yuzasi konfiguratsiyalarini bunday o‘zgartirish enameloplastika yeb nomlanadi (4.28 rasmga qar.). Enameloplastika kovak o‘lchamlarini kattalashtirmaydi. Plomba materiali (amalgama yoki tilla) qayta tiklangan sohaga qo‘yilmaydi, shu sababli bu yerda restavratsiya qalinligi (yoki tashqi devor chuqurligi) kamayadi. Bu hol enameloplastikani yondosh nuqsonli (karioz, deminerallashgan, rang yoki shakli o‘zgargan) emalni kompozit restavratsiyaga qo‘shib yuborishdan ajratib turadi, chunki keyingi holatda nuqson sohasi kompozit bilan yopiladi.
Eanmeloplastikaga mos keladigan maydonlarni to‘g‘ri tanlay bilish lozim. agar fissura emalga emal qalinligining uchdan biridan ko‘proqqa kirib borsa, bu joyda odatiy tayyorlash amalga oshiriladi. Agar fisura chuqurligi emal qalinligining uchdan biridan katta bo‘lmasa, tayyorlash chegaralarini kengaytirmay, enameloplastika o‘tkazsa bo‘ladi. Enameloplastika, shuningdek, do‘ngliklar yonbag‘irlariga o‘tib boruvchi qo‘shimcha ariqlar (yoki fissuralar)da ham o‘tkaziladi. Agar bunday fissuralarda oddiy tayyorlash o‘tkazilsa, do‘nglikning mustahkamligi kamayadi va uni qoplash (restavratsiyaga qo‘shib yuborish) kerak bo‘lib qolishi mumkin. Agar bu joy enameloplastika yordamida yassiroq va silliqroq qilinsa, do‘nglik mstahkamligini saqlab qolish mumkin.
Enameloplastikani o‘tkazish yana bir holatda tavsiya etiladi – vestibulyar yoki oral yuzaga o‘tuvchi tor fissuraning mavjudligi. Agar bu fissura oddiy usulda kesilsa, kovak tishning ikkita yuzasida joylashib qoladi. Enameloplastika bundan chetlanishga imkon beradi. Pastki birinchi molyardagi uning til yuzasida yakunlanuvchi til fissurasi bunga misol bo‘ladi. bunda oddiy tayyorlash tishning til yuzasidan 2 mm. narida tugaydi. Agar fissuraning qolgan qismining chuqurligi emal qalinligining uchdan biridan oshmasa, enameloplastika o‘tkaziladi. Aks holda kovakni til yuzasiga olib chiqishga to‘g‘ri keladi.
Keyingi boblarda enameloplastika o‘tkazishning ba’zi boshqa ko‘rsatmalari ko‘rib chiqilgan. Bu taomil tayyorlash tavsiya etilmagan boshqa holatlarda ham o‘tkaziladi. Biroq, enameloplastika uchun ko‘rsatmalarni belgilashda katta ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim. uni faqatgina fisurani idish shaklidagi ariqchaga o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan holatlarda, emalni minimal darajada kesib tashlangan va markaziy kontaktlarni saqlab qolingandagina amalga oshirish mumkin. kompozitlar uchun tayyorlashda ba’zida tor fissurani silant yoki mexanik aralashuvlarsiz, kompozit bilan germetiklash tavsiya etiladi.
2- qadam: mustahkamlik uchun (kovakning birlamchi rezistent shakli uchun) birlamchi sharoitlarni yaratish
Sog‘lom to‘qimalargacha tayyorlash vaqtida kovakka muayyan shaklni berish muhimdir. Qo‘llanilayotgan plomba materialiga qarab, ayniqsa I, II va IV toifa kovaklarda, bu boshlang‘ich bosqichda kovakning devorlari restavratsiyaning tish uzun o‘qiga parallel yo‘nalgan yuklamaga barqarorligini, shuningdek, plomba materialining retensiyasini ta’minlaydigan qilib tayyorlanishi lozim.
Ta’rif. Birlamchi rezistent shakl deb restavratsiya va tishning asosan tishning uzun o‘qiga parallel yo‘nalgan chaynash yuklamasiga maksimal barqarorligini ta’minlaydigan kovak shakliga aytiladi (egriyo‘nalgan kuchlar ta’siridan himoya tayyorlashning ikkinchi bosqichida yaratiladi, 7- qadam). Tishning uzun o‘qiga perpendikulyar joylashgan nisbatan yassi pulpar va milk devorlari tishning uzun o‘qqa parallel yo‘nalgan kuchlarga barqarorligiga xizmat qiladi va tishning pona chiqarilganida sinishining oldini oladi (4.29 rasm).
Tamoyillar. Kovakning birlamchi rezistent shaklini yaratishning fundamental tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin: (1) tish uzun o‘qiga parallel ish ko‘ruvchi kuchlarga to‘g‘ri burchak ostida joylashgan (bu okklyuziv yuklamaga qarshi turishga xizmat qiladi) nisbatan yassi tubga ega qutisimon kovakni shakllantirish; (2) do‘ngliklar va chekkalarni mustahkam holda, tagida yotuvchi dentinning yetarlicha miqdorda qoldirib, kovakning tashqi devorlari o‘lchamini cheklash
(3) kovak ichki burchaklarining biroz yumaloqlash, bu tishga bosim konsentratsiyasining oldini olishga imkon beradi; (4) katta o‘lchamdagi kovaklarni tayyorlashda zaif do‘ngliklarni qoplash va tishning mo‘rt qismlarini restavratsiyaga qo‘shish, bu ham tish uzun o‘qiga parallel, ham egri (lateral) yuklama ta’siriga barqarorlikni ta’minlaydi (vaholanki, lateral kuchlar ta’siriga asosiy barqarorlik tayyorlashning ikkinchi bosqichida shakllanadi); (5) plomba materiali qatlamining qalinligi uning siniishining oldini olish uchun yetarli bo‘lishi lozim; (6) plomba materialining tish to‘qimalari bilan ulanishi (adgeziv materiallar qo‘llanilganda). Tayyorlashning an’anaviy uslubiyoti va emal qiyaliklarini shakllantirish uslubiyoti ushbu tamoyillarga bo‘ysunadi. Kichik va o‘rtacha kovaklarni kompozitlarga tayyorlash uchun yaratilgan modifikatsiyalangan uslubiyot pulpar yoki aksial devorlarning unifikatsiyalangan chuqurligi va materialning muayyan qalinligini talab qilmaydi. Shunga qaramay, adgeziv restavratsiyalar yuqori mustahkamlikka ega bo‘ladi.
I va II toifa kovaklarni tayyorlashda kesuvchi asbob kallagi, kovakning nisbatan yassi tubini shakllantirib, muayyan chuqurga kirib borishi kerak (1,5-2 mm. – umumiy chuqurlik, 0,2 mm. – dentinga kirib borish) (4.1. A va V rasm). Pulpar devor okklyuziv yuza va EDB (ular bir-biriga qat’iy parallel bo‘ladi) kabi yassi bo‘lishi lozim. shu tariqa, kovak tubi tishning uzun o‘qiga parallel yo‘nalgan chaynash yuklamasiga perpendikulyar bo‘ladi (4.29 rasm), bu restavratsiyaning barqarorligi va bu kuchlar ta’siriga chidamliligini ta’minlaydi (urib chiqarib yuboruvchi va ag‘daruvch kuchlarning restavratsiyaga ta’siri ehtimoldan yiroq). Xuddi shu tamoyil bo‘yicha II toifa kovak devori (kovak tubi) yassi bo‘lishi va chaynash yuklamasiga nisbatan perpendikulyar bo‘lishi lozimю


Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish